O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet3/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

So'ng esa albatta Otaga.
Bizlarga eslatmish hayotni,
Unutmang hech qachon ustozni.
Sen o'zbek elining farzandi,
Istiqlol yurtining dilbandi...
Vataning g'oyatda keng erur,
Barchaga barobar, teng erur.
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech yerga tegmasin kuraging.
Chiniqtir mayliga sen tanni,
Unutma va lekin Vatanni.
Bolajon, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli buyuksan!
IV. Mustahkamlash.


1. Ota-onalarni e'zozlashingizning sababi nimada?
2. Ota bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
3. Shoir o'gitlari mazmunini ayting.
V.Uyga vazifa: matnni o’qish.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimi baholanadi.
3- mavzu: Qodir boboning orzusi


Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: Vatanning o'tmishi, shu Vatanda yashagan, uni e'zozlagan buyuk insonlar haqida ma'lumot berish orqali vatanni muqaddas bilish va u bilan faxrlanish hissini, Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish, e'tiqodni mustahkamlash. Ravon to'g'ri, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, Lug'at boyligini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

«Savol- javob»

2 daqiqa

2-bosqich. (Refleksiya) ehtiyojlarni aniqlash

Dars shiori ishlab chiqiladi. Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi.



munozara

2 daqiqa

3-bosqich. Darsning borishi.

1. O'tgan darsni so'rab baholash
2. Yangi mavzuning bayoni, uni o'qishga tayyorgarlik.
3. Hikoya muallifi haqida suhbat. Hikoyani o'qituvchi ifodali o'qib beradi.
4. Hikoya yuzasidan suhbat.
5. Lug'at ishi.
6. O'quvchilarga o'qitish. Qismlarga bo'lib o'qitiladi va qayta hikoyalanadi.
7. Tez o'qish musobaqasi.

  1. Topshiriq bilan o'qitish:




Muammoli
izlanish.
Ifodali
o'qish
suhbat
suhbat isohli o'qish musobaqa
Ifodali o'qish musobaqa

  1. daqiqa

  1. daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa
4 daqiqa
4 daqiqa

6 daqiqa


2 daqiqa



4-bosqich. Mustahkamlash

Hikoya yuzasidan savol-javob uyushtirish.
She’riy topshiriqqa javob berish

Suhbat musobaqa

3 daqiqa

2 daqiqa


5-bosqich. Baholash.
Darsni yakunlash

Krossvord yechish
O'quvchilar reytinggi e'lon qili­nadi.
Darslikdagi savollar asosida dars yakunlanadi.

Musobaqa

  1. daqiqa

  2. daqiqa

3 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa. Matnni o'qib, mazmunini aytib berishga tayyorlanish.

tushuntirish

2 daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

QODIR BOBONING ORZUSI


To'lqin Xayit
«Kasbini kim egallarkin?» Keyingi kunlarda shu o'y Qodir boboni xiyla o'ylantirib qo'ydi. Bu yil saksonga to'ladi, umr oqar daryo, ko'z ochib yumguncha, shu yoshga yetib qoldi. Ozod Vatanda, mustaqil yurtda shukronalik bilan qariyalik gashtini suryapti-yu, ammo birgina shu o'y unga tinchlik bermaydi.
Asaka shahrida yengil mashinalar ishlab chiqarish zavodi qurila boshlaganida, hali ancha tetik, baquvvat, bardam edi.
Zavq-shavqqa to'lgan holda yeng shimarib, birinchilar qatori ishga keldi. Endi bizning ham o'z avtomobillarimiz bo'ladi, degan shirin o'y unga qanot bag'ishlab, bir quvonchiga o'n quvonch qo'shdi. Birinchi o'zbek avtomobillari -«Tiko», «Damas», «Neksiya»larning zavoddan turna qator chiqayotganini ko'rganda esa o'zini dunyoda eng baxtli odamdek his etgani esida. Mustaqillik shunday imkoniyat va quvonch berganidan juda-juda mamnun edi.
U rasm chizayotgan nevarasiga qaradi. Ishini kirn davom ettiradi endi? Katta o'g'li iqtisod yo'lidan ketdi, ikki qizi - o'qituvchi. Yana bitta o'g'li bo'lganda, balki ota kasbini egallarmidi?! Odam degani qariganida ham xotirjam yasholmas ekan-da...
U beixtiyor nevarasi tomon egildi.
— Nimalarning rasmini chizyapsan, Po'latjon?
— O'zimizning mashinalarni! Mana bunisi - «Neksiya», bunisi - «Matiz»!
Qodir boboning tomog'idan bir narsa sirg'alib o'tdi.
— «Kasbimni shu nevaram egallarmikan?!» - deya o'ylarkan, qog'ozdagi rasmlarga qarab yuragi yana entikdi.
— O'xshabdi! Chiroyli chizibsan!
— Siz ham shunaqa mashinalar chizganmisiz, bobojon?
Qodir bobo horg'in nafas oldi:
—Yo'q, bolam, men bunaqa rasmlar chizmaganman. Yoshlik paytim ocharchilik yillariga to'g'ri kelgan. Bir burda non topish ilinjida erta-yu kech mehnat qilganman! - U gapni boshqa yoqqa burdi.
— Bu rasmlarni nima uchun chizding, bolam?
— Katta bo'lsam, bobojon, zo'r mashinalar yasayman!
Qodir bobo, yuragi go'yoki o'z qolipiga tushgandek, birdan xotirjam tortdi. Kutgani shu emasmidi?! U beixtiyor nevarasini bag'riga bosib, yuz-ko'zlaridan o'pdi.
— Yasha, bolam! Kelgusida shunday zo'r mashinalar yasa-ginki, hamma qoyil qolsin!
— Bobo, yangi chiqqan mashinaning nomi nimaydi?
— «Spark», bolam, «Spark»!
— Meniki «Samo» bo'ladi, bobojon!
Qodir bobo uni bag'riga yanada mahkamroq bosdi.
— Orzuga ayb yo'q, bolam, «yaxshi niyat - yarim davlat!»
O'zbekning zo'r mashina ixtirochisi bo'lgin! Sen yaratgan mashinalar butun dunyo odamlariga xizmat qilsin!
— Meni Asaka zavodiga olib boring, bobojon!
— Bo'pti, ta'tilga chiqqaningda, senga zavodni ko'rsa-taman. Ungacha «besh»larni ko'paytiraver!
Po'latjon shu kunlarda a'lo baholarga o'qib, tezroq ta'tilga chiqishni kutmoqda.
IV. Mustahkamlash.
Savol-javob o’tkazaman.

1. O'zbekistonda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi?


2. Ularning boshqa avtomobillardan farqi nimada?

1. Vatanimiz mustaqilligi bayramini nima uchun nishon-laymiz?


2. O'zbekistonning gerbi va bayrog'ida nimalar tasvirlangan?
3. O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yodla-ganmisiz? Undagi «Serquyosh», «hur o'lka», «elga baxt, najot» kabi so'z va iboralarning ma'nosini qanday tushunasiz?
4. «O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat» deganda nimalarni tushunasiz?
5. Mustaqillik o'zbek xalqiga qanday erkinliklar berdi?
V.Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish