O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet140/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

132- dars

Mavzu: Do’stlik. X.To’xtaboyev


Maqsad: a) ta’limiy: mavzu haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy: insonparvarlik, do’stlik kabi tuyg’ularni tarbiyalash.
c) rivojlantiruvchi: matnni hikoya qilish malakasini rivojlantirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi. Savol- javob.
Darsning jihozi. Mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga hozirlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Mavzu yuzasidan 3-4 o’quvchini og’zaki hikoya qildiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. Shoira nima uchun o'rtog'inikiga borib, uy ishlariga yordam berishini onasidan yashirdi?
2. Qutbining buvisi Shoirani nega maqtadi?
3. Shoira onasiga qanday va'da berdi?
4. Shoiraning qaysi xususiyati sizga yoqdi?
Hikoyadan Shoiraning fazilatlari tasvirlangan o'rinlarni topib o'qing.
Shoiraning sifatlarini klaster usulida tasvirlash vazifasi beriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.

DO'STLIK
Xudoyberdi To'xtaboyev


Abduqodir Vovaga yozayotgan xatini boshidan o'qib chiqqan edi, o'ziga yoqmadi: nuqul keraksiz so'zlarni yozibdi-yu, muhimlari qolib ketibdi. Yangitdan yozmoqchi bo'lib, «esingdami, Vova», deb boshladi. Boshladi-yu, yana yoza olmay derazadan olmazor bog'iga tikilganicha xayolidan o'tgan davr kecha boshladi.
... Bir kuni kosadagi sutni to'kib qo'yib oyisidan qochib chiqqan edi. Ko'chalarda bekor aylanish joniga tegdi. Keyin nima gaplar bo'layotganini bilish uchun maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko'chib kelgan rus tili o'qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla sochli bolaga ko'zi tushib qoldi. Abduqodir yaqinroq borib begona bolaning harakatlarini kuzata boshladi. Lekin Vova unga o'girilib qaramadi ham. Bu Abduqodirga alam qildi. Engashib Vovaning chelagi bilan kurakchasini oldi-da, ura qochdi. Bir mahal orqasiga burilib qarasa, Vova uni quvlamabdi, hatto o'rnidan turmabdi ham, orqasiga qaytdi.
— Kerak bo'lsa olaver, — dedi to'satdan o'zbekchalab Vova, — menda ko'p.
O'sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tanishib oldi. Malum bo'lishicha, Vovaning oyisi rus tili o'qituvchisi, dadasi traktorchi, o'zi esa uchinchi sinfni o'zbek maktabida bitirgan ekan. Yana shu narsa ham ma'lum bo'ldi, Vovalar «Katta dovon» qishlog'idan ko'chib kelayotganlarida ularning yettita quyonlari o'sha yerda qolib ketibdi. Bu yerga ona quyonni keltirishibdi, xolos.
Hademay o'qishlar ham boshlanib ketdi. Ikkovlari bir sinfda o'qiy boshladilar. Endi ular birga dars tayyorlashar, birga o'ynashar, bo'sh vaqtlarida esa Vovaning quyonlariga o't keltirish uchun dalalarga chiqishar edi. Bir kun ikkovlari adir tomonda adashib ham qolishgan. Bu voqea 4- sinfda 0'qiyotganlarida yuz bergan edi. Ular olma keltirish uchun bog'ga borishdi. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshlagan, hammayoqda o't-o'lanlar ko'karib, zilol suvli ariqlar bo'yida chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib, endigina orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yonginasida bir qu-yon bolasi sakrab, o'ynoqlab qoldi:
— Q u y o n , — deya qichqirdi Vova va ortidan quvlay boshadi. Abduqodir ham yugurdi. Quyon bolasi o'ynoqlab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong'i tushib, ko'z ko'rmay qolguncha quvlashdi, qancha adir, qancha maydonlar ortda qolib ketdi. Ammo quyon tutqich bermay, yo'qolib qoldi.
— Rasvo quyon ekan, — dedi Vova entikib.
— Esizgina, chiroyli edi-da! — dedi Abduqodir. Shu payt ikkovlari ham yo'ldan adashganlarini, noma'lum joyga kelib qolganlarini sezib, qo'rqib ketishdi.
— Vova, seningcha bizning uy qaysi tomonda? — tashvishlanib so'radi Abduqodir.
— Menimcha janub tomonda bo'lsa kerak.
— Seningcha janub qaysi tomonda? — yana so'radi Abduqodir.
— Janubmi? — o'ylanib qoldi Vova, — janub shimolning qarshi tomonida bo'ladi-da...
Shu payt yaqinginada chiyabo'rining chaqaloqning ingalashiga o'xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham cho'chitib yubordi...
— Vova, — dedi Abduqodir o'zidagi qo'rquvni bosish uchun ataylab qattiq tovush chiqarib, — sen katta bo'lsang quyonchi bo'lmoqchimisan?
— Albatta, — dedi Vova tovushini undan ham baland qilib.
— Men bobomga o'xshab bog'bon bo'lsam kerak, bobom qarib qoldim, o'rnimga seni qoldirmoqchiman, deydilar.
...Bir nafasdan so'ng xat ham tayyor bo'lgan edi. Abduqodir velosipedining orqasiga posilkani mahkam bog'ladi-da, pochta tomon yo'l oldi.
IV. Mustahkamlash.
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
Rollarga bo’lib o’qishni mashq qildiraman.
Topshiriq:
1. Abduqodir bilan Vova qanday qilib do'stlashib qolishdi?
2. Daftaringizga do'stlik haqidagi maqollarni yozing.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish