V.Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash
VI.Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
120- dars
Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish
Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish.
Darsning maqsadi: O'quvchilarga tug'ilib o'sayotgan, Kindik qoni to'kilgan joy Vatan ekanligini tushuntirish, unga mehr uyg'otish.
Darsning jihozi: Ona diyorimiz tasvirlangan rasmlar. Hamda Ozbekiston ramzlari tasviri. ("G'uncha" jurnali, 9-son, 1997, 8-9-bet). Gulxan jurnalidan matnlar.
Darsning borishi: Xalq yaratgan "Ochil dasturxon" ertagi yuzasidan dasturxon atrofida o'tirish odobi haqidagi o'quvchilar tushunchalari
O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman:
1. Jimjiloq tuyaning qornidan qanday qutuldi?
2. U bo'rini qanday jazoladi?
Topishmoqlar
• Og'zi yo'q,
Tishi ko'p. (Arra)
• Kelib og'zini ochar,
Tishlab olib qochar. (ombur)
Mehnat qurollari haqida topishmoqlar ayttiraman.
III.Yangi mavzu bayoni.
Sinfdan tashqari o’qish
VATAN MEHRI NIMADAN BOSHLANADI? (1 s)
savollar orqali mustahkamlanadi.
IV. Yangi mavzu: "Vatan mehri nimadan boshlanadi" Dastlab o'quvchilarga Vatan haqida tushuncha beriladi. Vatan (arab so'zi-dan olingan bo'lib, ona yurt) Kishining yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug'ilib o'sgan joyi. Vatanparvar esa shu yurtni sevib, unga mehr bilan qarovchi kishi.
So'ngra Polat Mo'minning "Vatan - bu" she'ridan parcha o'qib berish:
Vatan degani bu -yurak deganim,
Yurakka vatanim...
Kerak deganim...
Aslida Vatan, bu
Tug 'ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Etganim poyim...
O’zbek xalqining vatani keng, uni O’zbekiston deydilar. O’zbekistonda viloyat, tuman va qishloqlarda yashaydiganlarning tug'ilgan joylari O'zbekiston butun o'zbek xalqining vatani ekanligini, uni mehr bilan ardoqlash lozimligini tushuntirish. BoboKalonlarimiz o'z tug'ilgan joylarini taxallus qihb olganlar. Ismoil al-Buxoriy, al-Xorazmiy, al-Samarqandiy haqida qisqacha ma’lumot.
So'ngra bolalarning Vatanlari, uni sevish va ardoqlash kerakligi haqida gapirib Odil Abdurahmonning "O’zbek elim" she'ri qo'shiq qilib aytiladi.
O 'zbek elim,
Bek elim,
Senga nasib
Erk elim,
Peshonanga nur
Tegib,
Kamol topgin
Baxt etib,
Bobo Temur
Suygan xalq.
Dunyo uzra
Endi balq.
Aqliy hujum.
— Vatan nima? U qanday ma'noni bildiradi?
l-o'quvchi: Vatan — biz tug'lib o'sgan, kindik qonimiz to'kilgan, ajdodlarimiz yashab o'tgan tabarruk joydir. Bizning Vatanimiz O'zbekiston deb ataladi. Odam borki, uning hayoti Vatan bilan to'kis. Haqiqiy farzand hamisha kindik qoni to'kilgan o'z Vataniga kamol tilaydi, uning tinchligi, ravnaqi yo'lida umrini baxshida etishni o'z burchi deb biladi.
2-o'quvchi: Vatan qulog'ingizga aytilgan azon, bolaligimiz o'tgan tuproq ko'chalar, turli mevalarga to'la jannatmakon bog'lar, ariqlarda oqqan zilol suvlardir.
Vatan mening onamsan, issiq quchoging,
Olamda yagonasan, aziz tuprog'ing.
Kelajaging buyukdir, yashna doimo,
Vatanim, seni bugun tanidi dunyo!
Gulxan jurnalidan hikoyalar, she’rlar o’qittiraman.
Uyga vazifa: sinfdan tashqari o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |