121- dars
MAVZU: YAXSHIDAN BOG' QOLADI
O'quv materiali: Erkacholning o'rigi. Xudoyberdi To'xtaboyev.
Darsning maqsadi. 1. Xudoyberdi To'xtaboyevning yoshlik yillari va bobosining elga qoladirgan bog'i va nomi haqida ma'lumot berish.
2. O'quvchilarda o'z hayotlarida yuz beradigan muhim va qiziqa-rli voqeaiar haqida hikoyachalar yozishga rag'bat uyg'otish.
3. Ajdodlarini eslash va ularning mehnatini qadrlash ruhida tarbi-yalash. Ularning ongiga yaxshilik, ezgulik kabi fazilatlari singdirish.
4. O'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish va bog'lanishli nutqini o'stirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish darsi. Dars metodi. Suhbat, mustaqil ish, tarmoqlash metodi. Dars jihozi. O'rikzor bog'dagi mehnat tasvirlangan rasmlar, yozuvchi portreti. Darsning borishi.
I. O'rganilgan «Fasllar ko'rki» she'ri yuzasidan o'quvchilar bi-limini aniqlash va mustahkamlash.
1. She'rni yod ayttirish. 2. She'r matni ustida ishlash: She'rda bahor haqida nimalar deyilgan? Maysalarning bosh ko'tarishi bilan majnuntolning bosh ko'tarishi nimani anglatadi. She'rda bahor kelganidan darak beruvchi yana qanday o'xshatishlar bor? Shoir bahor faslini nima uchun «fasllar ko'rki» deb atagan?
Yangi mavzu ustida ishlash.
1. O'quvchilarni hikoyani o'qishga tayyorlash. «O'rik» she'ri o'qib beriladi.
Tanishaylik Yeging kelsa
O'rikman, Ko'k g'o'ra
G'aynoliga Bahor chog'ida
Sherikman So'ra... (Do'stjon Matjon)
— Bugungi darsimizda nima haqidagi hikoyani o'qir ekanmiz? O'qituvchi doskaga («Erkacholning o'rigi». Xudoyberdi To'xtaboyev) yoziladi.
Yozuvchi haqida suhbat. Xudoyberdi To'xtaboyev kim? Uning qaysi " n hikoyalarini o'qigansiz? («Xatosini tushungan bola» hikoyasini)
2. Hikoya matni bilan tanishtirish. 4 o'quvchi oldindan ifodali qilib o'qib berishga tayyorlab qo'yiladi. Ular o'z qismlarini ifodali qilib o'qib beradilar.
3. Matn yuzasidan dastlabki suhbat. Hikoya nima haqida ekan? til Hikoya voqealari kimning tilidan bayon qilingan? Hikoyani nega qismga bo'lib o'qidik?
4. Hikoya topshiriq asosida qismlarga bo'lib o'qitiladi. 1-qismni o'qing. Mazmunini qayta hikoyalab bering. 2-qismini o'qing. X. To'xtaboyevning yuragining xapriqib ketish sababini ayting. 3-qisinni o'qing. Yozuvchining bolalik xotiralarini gapirib bering. 4-qismni rollarga bo'lib o'qing: Bola, bobo va muallif nutqini belgilab oling. Ifodali o'qishda qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oling.
5. Matn yuzasidan suhbat: Hikoya nima uchun «Erkacholning o'rigi» deb nomlangan? Asarga nima uchun «voqeiy hikoya» deb qo'yilgan? Yozuvchi nima uchun yoshlar orasida ko'proq bo'lishni istaydi? Yozuvchining «Erkacholning o'rigi» hikoyasini yozishga nima turtki bo'ldi?
6. Ichda o'qish. Topshiriq. «Qoraqandak» o'rigiga xos xususiyat-larni aniqlang, (og'izda erib ketadi. Quruq, suvsiz yerni xohlaydi, quriganda rangi qorayib qoladi.) Erkacholning tashqi ko'rinishi tasvirlangan o'rinni aniqlang, yoshi yetmishlarga borib qolgan, baland bo'yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho'ziq yuzli, ser-zarda, eng muhiini, tinib-tinchimas bir kishi edi). Yozuvchi bobo-siga ergashib yurishini nimaga o'xshatadi? (Sutga to'ymagan qo'zi onasining orqasidan qolmagandek). Hikoyadan yozuvchining eng ayanchli ahvoli bayon qilingan parchani aniqlang. (Otam olamdan o'tgach, yigirma voshida beva qolgan onam ikki-uch yildan so'ng turmushga chiqdi, mening tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi). Yozuvchi o'rik eyayotgan kishilarni qanday tasvirlaydi? Shu o'rinni aniqlang. (Suhbatdoshlarimga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko'zlarida yeyotgan o'riklardan olayotgan huzuridan o'zga ifodani sezmayman.) O'quvchilar savollarning javobini qalamda belgilab beradilar va matndan o'qib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |