Mavzu: Bo’lim yuzasidan umumiy takrorlovchi dars.
Dars shakli: Noan'anaviy dars.
Asosiy masalalar. O'quvchilarning kuz tabiati, kuz faslida poliz mahsulotlarini yig'ib olishning tartib-qoidalari, dehqonchilik, xalq an'analari haqidagi tushunchalarini boyitish, o'qish malakalarini takomillashtirish.
Tayanch tushunchalar. Sep, qirov,tuyoqli jonivorlar, chug’urchuqlar, uzunqanotlar, ko’kqarg’alar.
Darsda foydalaniladigan ta'limiy vositalar: turli meva, sabzavotlar rasmlari, poliz mahsulotlarini yig'ib olish tasviri, test topshiriqlari.
Dars metodi: izohli o'qish, ifodali o’qish, tarmoqlash, muammoli o'qitish metodi.
Darsning maqsadi: 1. O'zbekistonda oltin kuz tabiati haqida o'quvchilar bilimini boyitish. 2. O'quvchilarda ona-yurtimiz boyliklarini asrash, xalq an'analarini hurmatlash va davom ettirish hissini tarbiyalash. 3. Lug'atini boyitish, nutqini o'stirish, o'qish malakalarini takomillashtirish.
Identiv o'quv maqsadi:
1. Hikoya matnini to'g'ri, o'quv sur'atiga mos, ongli va ifodali o'qish.
2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni yakka va juft bo'lib bajarish.
3. Matn mazmunini qayta hikoyalash.
Darsning borishi
I. Da'vat bosqichi.
1. „Dehqon” she'ri ifodali yod ayttiriladi va o'qitiladi.
2. O'qituvchi o'quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida kuz haqida, uning noz-ne'matlari haqida suhbat o'tkazadi.
– O'lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin?
— „Oltin fasl" matnidan tabiat tasvirini topib o'qing.
— Kuzda qaysi sabzavot va mevalar pishadi?
— Stol ustidagi uzum rasmlarini olib, nomini ayting (kishmish, husayni, hasayni, charos, ...).
— Siz olmaning qaysi navlarini bilasiz?
— Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko'rsating. Namuna:
III. Anglash bosqichi:
O’qituvchi hikoyasi:
OLTIN KUZ
Kuz... Ona diyorimizga oltin kuz sepini yoygan. Kechalari salqin. Ertalab shudring tusha boshlaydi. Tog'lardagi qoyalarda qirov. Paxta dalalarining ko'rinishi o'zgacha. Lo'ppi-lo'ppi ochilgan paxtalar quyosh nurida tovlanadi. Bu manzara kuz kelganidan darak beradi.
Kuzning birinchi oyida nok, olma, shaftoli, uzum, anjir va anorlar g'arq pishadi. Sabzavot va qovun-tarvuzlar serob bo'ladi. Yig'im-terim ishlari boshlanadi.
Tuyoqli jonivorlarning hayotida ham o'zgarish bo'ladi. Ular ko'k o'tlar bilan birga, don ozuqasi, yovvoyi urug'lar, mevalarni iste'mol qiladilar. Bu ularning qishga kuch to'plab olishiga yordam beradi.
Kuz kelib, havo soviy boshlaganda turnalar, chug'urchiqlar, qaldirg'ochlar, uzunqanotlar, ko'kqarg'alar yurtimizdan issiq tomonlarga uchib ketadi.
IV. Fikrlash bosqichi:
l. Matndan kuz manzarasiga oid parchani toping va o'qing.
2. Matnda kuzning birinchi oyi haqida nima deyilgan?
3. Kuzda tuyoqli jonivorlar hayotida qanday o'zgarishlar ro'y beradi?
4. Qaysi qushlar issiq tomonlarga uchib ketishadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |