Mavzu: Nazorat ishi. Test.Oltin kuz.
1. “ Oltin fasl deganda qaysi faslni tushunasiz?
A) Bahor B) kuz C) qish
2. Qaysi qushlar birinchi bo’lib uchib ketishadi?
A) qaldirg’ochlar B) Uzunqanotlar C) A va B
3. “ Hosil yig’ib olinar, qishga zamin solinar” misralari qaysi she’rdan olingan?
A) Sh. Sa’dulla “ Kuz” B) Q.Hikmat “ Bahor”
C) T. Adashboyev “ Qish”
4.. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi hikoya qahramonlari?
A) “ Qovun sayli” B) “ Musicha” C) “ Buzilmagan uya”
5. “ Qovun sayli” hikoyasining muallifi kim?
A) Sh. Sa’dulla B) M. A’zam C) N.Norqobilov
6. “Dehqon” she’rining muallifi kim?
A) S. Rahmon B) Sh. Sa’dulla C) A.Oripov
7. Qovun nomlari berilgan qatorni toping.
A) Bo'rikalla, doniyor, bosvoldi
B) Qo'zivoy, ko'kalampish, umrboqi
C) Charos, qizilurug', daroyi
8. Uzum nomlari berilgan qatorni toping.
A) Charos, buvaki, qo'zivoy
B) Hasayni, chillaki, kishmishi
C) Qizilurug', Ko'kalampish
9. Kuzda pishadigan mevalarni toping:
a) gilos, olma, anor
b) nok, anjir, xurmo
c) shaftoli, o’rik, anjir.
10. G'afur G'ulomning "To'ni silliq tuki yo'q...." deb boshlanuvchi topishmoqda kim javob bergan?
A) Gulnor B) Mamlakat D) Qunduz
11. Malta tukli, sap-sariq,
Murabbosi mazali... Bu topishmoqning javobi nima?
A) Anor B) Behi D) Tarvuz
24-dars
Mavzu: Salomlashish odobi.
Ta`limiy maqsad: o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, mantiqiy fikrlashga, aniq ravon so`zlashga va ifodali o`qishga o`rgatish, salomlashishning hosiyati haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, mehr-oqibatli, sahovatli insonlar bo`lib kamol topishiga hissa qo`shish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`qish malakalarini, dunyoqarashini , xulqi, odobini, mukammal insoniy fazilatlarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning uslubi: noan`anaviy, suhbat-munozara, aqliy hujum.
Darsning jihozi: ko`rgazmali qurollar, mavzuga oid rasmlar, test topshiriqlari.
Darsning tashkiliy qismi :
O`qituvchi: - Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O`tib olsak sinovdan
Bu hammmadan yaxshidir.
Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo`ladi?
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi
Marhamat!
O`quvchi: - Bugun hafta kunining
Beshinchisi bo`libdi.
Olloh ushbu kunga
Katta nazar solibdi
Yaxshilik farishtasi
Yer yuziga qo`nibdi
Barcha yaxshi yumushlar,
Ezgu niyat, orzular
Ushbu kunning o`zida
Ijobat ham bo`libdi.
Sinfimizda 18 ta o`quvchi bor. Hamma o`quvchilar darsda qatnashmoqda.
Uy vazifasini so`rash:
O`qituvchi o`quvchilar bilan turli mavzularda savol-javob o`tkazadi . Savol- javob tugagach, uy vazifasi so’rab, baholanadi. O’quvchilar “ Dehqon “ she’rini yoddan aytishadi. Salomlashish haqida suhbat o’tkaziladi.
O’tgan mavzuni mustahkamlash.
Savol- javob orqali mavzuni mustahkamlayman:
1) Til nima?
2) Til odobi haqida nimani bilib oldingiz?
3) O’zbekistonda “ Davlat tili to’g’risidagi Qonun” qachon qabul qilindi?
Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi bolalar yordamida yaxshilikning turli ko’rinishlarini xattaxtaga yozadilar va ularga izoh beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |