bronxofoniyani kuchayishi qayd etiladi. Absessning subfebril joylashishida plevra
ishqalanish shovqini eshitilishi mumkin.
Qon tahlillarida leykotsitar formulaning chapga to mielotsitlargacha siljishi
bilan yaqqol namoyon bo‘lgan leykotsitoz – 15,0 – 20,0 – 10
9
/l (15000 – 20000 1
mkl da), ECHT ortishi aniqlanadi. Rentgenda zararlangan bo‘lakda ba’zan zotiljam
o‘chog‘i sifatida baholanadigan chegaralari noaniq bo‘lgan
yirik gomogen
qorayish sohasi ko‘rinadi.
O‘pka absessining birinchi davri bir necha kundan 2–3 haftagacha davom
etishi mumkin (ko‘pincha 7–10 kun).
Ikkinchi davri absess bo‘shlig‘i yorilib bronx orqali balg‘am ko‘chishi bilan
boshlanadi. Yuqori tana harorati va intoksikatsiya manzarasida bemor to‘satdan
«og‘zi to‘lib» ko‘p miqdorda (1 l va undan ko‘p) yirinli balg‘am tupura boshlaydi.
Bunda odatda tana harorati tushadi, sekin-asta
bemor ahvoli yaxshilana
boradi, qon tahlillaridagi o‘zgarishlar me’yoriga qayta boshlaydi.
Ammo o‘pka absessining birinchi va ikkinchi davri orasidagi tafovutlar
hamisha yaqqol ko‘rinmaydi. Ba’zan (ayniqsa drenirlovchi bronx kichik kalibrda
bo‘lganda) balg‘am ko‘chishi dastlab juda kam bo‘lib keyinchalik uning miqdori
oshib borishi mumkin. O‘pka absessida balg‘am ko‘pincha badbo‘y hidli bo‘lib
ba’zan boshqa bemorlarni ular bilan birga umumiy xonada yotishini ilojsiz qilib
qo‘yadi. Ko‘p turib qolganda balg‘am uch qavatga bo‘linadi
- pastkisi ushoq
ko‘rinishidagi to‘qima – detritli quyuq kulrang, o‘rtadagisi – ko‘p miqdorda
tupurg‘ichli suyuq yiringli, yuqoridagisi – ko‘pikli seroz suyuqlik. Balg‘am
mikroskop yordamida tekshirilganda ko‘p
miqdorda leykotsitlar, eritrotsitlar,
elastik tolalar, xolesterin va yog‘ kislotalari kristallari topiladi.
Absess yorilib ichi bo‘shalgandan so‘ng bemorlarni fizikal ko‘rsatkichlari
ham o‘zgaradi. Yirik va yuzaki joylashgan bo‘shliq hosil bo‘lganda perkussiyada
timpanik tovush paydo bo‘ladi, bronxial va (juda kamdan-kam) amforik nafas,
baland ohangli nam xirillashlar eshitilishi mumkin. Rentgenda o‘pka to‘qimasining
kichrayib borayotgan infiltratsiyasi manzarasida dumaloq
shakldagi suyuqlikli
bo‘shliq aniqlanadi.
Kechishi va asoratlari. Ijobiy kechganda shakllangan bo‘shliq atrofida
saqlanib turgan infiltratsiya sekin-astalik bilan so‘riladi, bo‘shliq o‘lchamlari
kichrayadi, to‘g‘ri va dumaloq shaklni yo‘qotadi va nihoyat umuman
aniqlanmaydi. Bemor odatda 6–8 haftadan so‘ng sog‘ayadi biroq bu muddat bir
necha oygacha cho‘zilishi mumkin. 15–20 % bemorlarda o‘pka
absessi surunkali
shaklga o‘tadi.
Kasallikning asoratlariga jarayonning yiringli plevrit va piopnevmotoraks
rivojlanishi bilan plevral bo‘shliqqa o‘tishi, o‘pkadan qon ketishi, sog‘lom o‘pkada
yangi absesslarni paydo bo‘lishi, miyada, jigarda, buyrakda ikkilamchi absesslar
(ba’zan ko‘plab) bilan kechuvchi sepsis rivojlanishi, bakteriologik shok kiradi.
Aytib o‘tilgan asoratlarni hisobga olganda o‘pka absessidagi o‘lim holatlari ancha
yuqori bo‘lib, 5–10 % tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: