soat).Kuchli bosh ogrigi,xarorat kutarilishi 39-40 S.O‘nga ko‘krak shikastlangan
soxasidagi og‘riq kushiladi.
Ba’zida ko‘krak qafasi pastki yoyida korinda o‘tkir appenditsit stimulovchi
jigar kolikasi yuzaga keladi.Dastlab quruq yo‘tal,1-2 kundan keyin konda
balg‘am paydo bo‘ladi. Kasal avjiga chiqqan bosqichida(kizil va kulrang
jigarlanish bosqichi) bu shikoyatlarga :xansi-rash, yurak tez urib ketishi,
uykuning
buzilishi, alaxsirash, gallyutsinatsiya kiradi. Ku-pincha A/Bning
keskin tushib ketishi bilan kuzatiladigan tomir yetishmovchiligi paydo bo‘ladi.
Tomir kollapsi kuchining kamayishi, xarorat pasayishi, kuchli xansirash, puls
tezlashishi
bilan kuzatiladi, Kutarilgan xarorat agar davolash antibiotik yoki
sulfanilamid preparatlari bilan boshlangan bo‘lsa, 9-11 kun davom etadi va
continua tipida bo‘ladi. Krupoz pnevmoniyada xaroratning pasayishi kritik
xolati 12-14 soat ichida yoki 2-3 soat ichida bo‘ladi.
Tiklanish bosqichida bemor xolati yaxshilanadi, balg‘am miqdori kamayadi
yoki pasayadi.
V. Anamnesis morbi, vitae.
Anamnezda yuqorida keltirilgan omillarga axamiyat beriladi: sovkotish,
ko‘krak
qafasi travmasi, o‘tkazilgan infeksiyalar, yurak yetishmovchiligi,
o‘pkadagi turg‘un jarayonlar, zararli odatlar (chekish, alkogolizm), mexnat
sharoiti, organizmning immunobiologik reaksiyasi, bemor oziklanishi.
S. Ko‘zdan kechirish.
Kasallikning boshlarida bemorni ko‘zdan kechirganda,
umumiy xolati
og‘ir, majburiy xolat (kasal tomonda) yotadi. Kasallangan tomonda yonoq
giperemiyasi, sklera sariqligi, herpes labialis et nasalis, nafas aktida ko‘krak
qafasining bir tomoni orqada qolishi, xansirash kuzatiladi.
Kasallik avjiga
chiqqanda bemorning xolati og‘ir, nafas aktida o‘pka bir bo‘lagining
qatnashmasligi, umumiy intoksikatsiya, tezlashgan yuza nafas (30-40 marta),
sianoz, alkogoliklarda «Belaya goryachka» kuzatiladi. Tuzalish bosqichida
bemor axvoli yaxshilanadi.
D. Palpatsiya
Kasallikning boshlang‘ich bosqichida ovoz dirillashi kuchaygan. Og‘riq
sindromi xisobiga kasallangan ko‘krak qafasi tomonida rigidlik kuzatiladi.
Kasallikning avjlanish bosqichida zararlangan bo‘lakda ovoz dirillashi
susaygan yoki umuman yo‘qolgan. Bu bronx utkazuvchi yullari ekssudat bilan
to‘lganda,
ekssudativ plevritda, massiv krupoz pnevmoniyada kuzatiladi.
Ko‘krak qafasida o‘pka to‘qimasining zichlanishi xisobiga regidlik bo‘lishi,
sog‘ayish davrida ovoz dirillashi asta-sekin me’yoriy xolatga o‘tadi
Ye. Perkussiya.
Kasallikning boshlanishida zararli o‘pka bulagida perkutor tovush
qisqargan timpanik va o‘pka pastki chegarasi ekskursiyasi kamaygan.
3. Kasallik avjiga chiqqanda o‘pkada bo‘g‘iqlik va o‘pka pastki chegarasi
xarakatchanligi kamaygan. Tuzalish davrida bo‘g‘iqlik va tempanik tovush
kamayadi va asta-sekin me’yorga keladi.
F. Auskultatsiya.
Kasallikning boshlanishi bosqichida o‘pkada susaygan vezikulyar nafas
boshlangich
krepitatsiya, bronxofoniya kuchaygan. Kasallik avjiga chiqqan
bosqichida vezikulyar nafas eshitilmaydi. Ekssudativ plevrit yeki massiv krupoz
pnevmoniyada bronxlar ekssudat bilan to‘lishi xisobiga plevritning ishqalanish
shovqini paydo buldi. Bronxofoniya kuchaygan.
Tuzalish bosqichida bronxial nafas susaygan, susaygan vezekuler nafas
paydo bo‘ladi, shuningdek kam jarangli xirillashlar va krepitatsiya eshitiladi.
Krupoz pnevmoniyada yurak kon-tomir tizimsida o‘zgarishlar
kuzatilishi
mumkin ,va toxsikordiya ,sistolik shovqin eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: