Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqa-
rish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan birmuncha murakkab-
roq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan, aholisi 50000
kishidan iborat bo'lgan shahardan barcha 13- uylami topish aholisi
5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13-uylarni topishga nisbatan
ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun
turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffitsiyenti
qo‘shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi.
Berilganlaming saqlanishi: ketma-ket, agar foydalaniladigan be
rilganlar xotirada ketma-ket joylashgan bo‘lsa, u holda xotiraning
navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi
manzil qidirilmasdan, kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.
Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so‘ng o'zining davomi qayerda joylashganligi haqidagi ma’lumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo'ladi va bu ma’lumot tahlil qilinib, berilganlarning davomi ko'rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.
Indeksli-ketma-ket, buning indeksli boshqarishdan farqi, berilganlar
davomi ko'rsatilgan joydan bir emas, balki bir nechta berilganlar
birligidan iborat ketma-ketlik ko'rinishida beriladi.
Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo‘lishi
kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo‘ladi. Har qanday OS o‘z tarkibiga kirgan dasturlami himoyalashi ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Biroq bu himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish, odatda tashqi aralashuv natijasida sodir bo‘ladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo'yiladi. Albatta, bunday taqiqni malakali foydalanuvchi «aylanib» o‘tishi mumkin, biroq bunday usul tavsiya qilinmaydi.
Samarali joylashtirish. Berilganlarni joylashtirish tartibi sistema-
ning mukammal ishlashi omili bo'ladi. Berilganlar pog'ona-pog'ona
joylashtiriladi. OS shunday qurilganki, berilganlar bir-biriga yaqin
joyda joylashadi. Bunda ko‘p ishlatiladigan berilganlar oldingi «fon»da,
kamroq ishlatiladiganlari esa keyingi bo'limlarda joylashtiriladi. Albatta,
joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o'rtasida bo‘sh joy qoldir-
maslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo‘sh joy hosil
bo'lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlaming saqlanishining
ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni samarali joylashtirish
uchun shunga o'xshash holatlami hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |