Xotirani boshqarish OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida
bajariladi. Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda, sistema uchun qabul
qilingan hajmdagi xotira ajratiladi yoki, topshiriqiar tilida ko'rsatilgan-
dek, joy ajratiladi. Shuni aytish kerakki, OS asosini tashkil qiluvchi
dasturlar xotirada doim saqlanib turadi, uning uchun xotirada maxsus
joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish OS himoya
dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuv-
chi ishlatadigan (yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bo'ladi.
Yordamchi dasturlar hajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi.
Bu holda yordamchi dasturlar qancha ko‘p bolsa, shuncha yaxshi
deyish noto‘g‘ri, chunki dastur qancha ko‘p bo‘lsa, ularni saqlash,
qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bo‘ladi. Shu sababli aktiv
holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab, zarur bo'lmagan resurslarni
arxiv holatda saqlash va kerak bo‘lganda ularni tiklash tavsiya qilinadi.
Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan
birga, uni nazorat qiluvchi dastur ham mavjud bo‘ladi. Bu dastur
protsessorga topshirilgan vazifa qay darajada bajarilayotganligi va to‘liq-
ligini tahlil qiladi. Har bir boshqaruv bajarilgandan so‘ng holat kodi
nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni tahlil qilib, berilgan
topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot
boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog’lanish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘langan. Bu bog'lanishlar tashqi va ichki bo‘ladi.
Tashqi bog‘lanish bevosita OS boshqarish dasturi bilan bog‘lansa,
ichki bog‘lanish real bajarilayotgan dasturlarning ishini ta’minlash
uchun yordamchi dastur bo‘ladi.
Bundan tashqari, hodisa bog'lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan
aniqlanadi. Ya’ni bu holda har bir hodisaning bajarilish sharti tahlil
qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa
bajarilishi talab qilinadi.
OS da, yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari, yana quyidagi
yordamchi dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
— qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
— dasturlarga- parallel xizmat qilish;
— umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
— sinxron jarayonga xizmat;
— kritik resurslarni aniqlash;
— lokal va umumiy berilganlami aniqlash hamda boshqarish va
h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |