Kompyuter bilan muloqot. OS ning ayrim resurslarida kompyuter
bilan muloqot ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o‘z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo'lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo'lgan holatdan boshqa holatga o‘tish yo‘lini foydalanuvchi tavsiyasiga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo‘lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko‘zda tutilgan bo'lib, foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko'zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni «bilmaydi» va noayon holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo‘lmagan resursni talab qilishi mumkin. Muloqot tashabbuskori foydalanuvchi bo'lganda, sistema kutish holatiga o'tadi va foydalanuvchining buyrug‘iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtinchalik yoki umuman to‘xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash. Kompyuterning quril-
malari normal ishlashi uchun ma’lum shart-sharoitlar bajarilishi talab
qilinadi. Bular elektr manbayi parametrlari, tashqi muhit temperaturasi
va boshqalardir. Bu shart-sharoitlardan chetga chiqish kompyuter
apparaturasida uzilishga yoki uning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi. OS
da apparatura noto‘g‘ri ishlashi natijasida paydo bo‘ladigan xatolikni
inkor qiluvchi dastur mavjud bo‘lib, zarurat tug‘ilganda sistema
tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo‘lgan xatolikka ishlov
beradi. Bundan tashqari, dasturiy resurslar noto‘g‘ri ishlashi natijasida
xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda dastuming to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday
uslublardan biri quyidagicha. OS tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va
bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan
so‘ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig‘indisi tekshiriladi, agarda
hosil bo'lgan kod avaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng
bo‘lsa, u holda dastur to‘g‘ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin
qilinadi. Odatda, OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona
kod tanlanadi, masalan, barcha bitlar nolga tenglashtirib olinadi.
Buning uchun dasturning oxirgi buyrug‘idan keyin nol kodiga
to'ldiruvchi bo‘Igan kod tanlanadi va bu kodning dastur kodlari bilan
yig'indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishon-
chliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o‘zgarishi
dastur uchun aniqlangan kontrol yig‘indida boshqa kod hosil qiladi.
Bu holatlami aniqlash va ularni tahlil qilish uchun OS tarkibiga
maxsus dasturlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |