Eisenia foetida
turi bilan tamaki bargi, fosfogips
va qo„y go„ngidan tayyorlangan noan‟anaviy o„g„it va Compo Sana standart komposti
turli xil nisbatlarda aralashtirilib o„tkazilgan chuvalchang testlarida tamaki noan‟anaviy
o„g„it va standart noan‟anaviy o„g„itning 1:2,6 nisbatida chuvalchanglarning massasi va
avlod berishi eng yuqori bo„lishi aniqlangan. Bu me‟yor Zarafshon vohasining magniy
karbonatli sho„rlangan sug„oriladigan o„tloqi tuproqlarida qo„llash tavsiya etilayotgan
me‟yordan bir necha o„n marta yuqori bo„lib, tavsiya qilinayotgan me‟yor tuproq
organizmlari uchun ekologik jihatdan salbiy ta‟sir ko„rsatmaydi.
7.
Noan‟anaviy o„g„itlar yarim chirigan go„ng va mineral o„g„itlar kabi butun
o„sish davri davomida makkajo„xori o„simligida azot, fosfor va kaliyning yalpi
konsentratsiyasini sezilarli oshiradi, ya‟ni o„simliklarning oziqlanishiga ijobiy ta‟sir
ko„rsatadi. O„suv davri oxirida don hosili va makkajo„xori yer ustki qismi bilan oziq
moddalarining olib chiqib ketilishi o„g„itsiz va mineral o„g„itlar fonida noan‟anaviy
o„g„it qo„llanilishi hisobiga ham ishonarli ortadi.
8.
Mineral o„g„itlardan oziq moddalarning o„zlashtirilishi organik o„g„itlardagidan
yuqori bo„ladi. Tamaki chiqindisi, go„ng shaltog„i va fosfogipsdan tayyorlangan
noan‟anaviy o„g„itdagi oziq moddalarning o„zlashtirilishi o„g„itsiz fonda azot uchun
20,5%, fosfor uchun 18,04%, kaliy uchun 20%, mineral o„g„it fonida tegishlicha 25,56;
16,95; 22,84
%
ni tashkil etadi. Noan‟anaviy o„g„it me‟yori 30 t/ga dan 60 t/ga ortishi
ulardagi oziq moddalarning o„zlashtirilishini sezilarli pasaytiradi. Keyingi yillarda
kompostlardagi oziq moddalarning o„zlashtirilish koeffitsiyenti ishonarli ortadi.
Mineral o„g„itlar noan‟anaviy o„g„itdagi oziq moddalarning o„zlashtirish koeffitsiyentini
sezilarli oshiradi.
9.
Tamaki chiqindisi, fosfogips va go„ng shaltog„idan tayyorlangan noan‟anaviy
o„g„itlar magniy karbonatli sho„rlangan sug„oriladigan o„tloqi tuproqlarda don uchun
ekilgan makkajo„xorining o„sishi, barg hosil kilishi va rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta‟sir
qiladi. Bunda poya balandligi, bitta o„simlikdagi barg soni sezilarli ortadi.
10.
Noan‟anaviy o„g„it ta‟sirida makkajo„xori don hosili uning faqat o„zi
qo„llanilganda
nazoratga
nisbatan
18,94
s/ga,
mineral
o„g„itlar
fonida
15,37 s/ga oshadi. Noan‟anaviy o„g„itning makkajo„xori don hosiliga ta‟siri
yarim chirigan go„ng bilan bir xil darajada bo„ladi.
11. Noan‟anaviy o„g„it ta‟sirida dondagi oqsil, yog„, kletchatka va kul miqdori
ortadi, kraxmal miqdori kamayadi. Bu holat o„g„itsiz va mineral o„g„itlar fonida ham
kuzatiladi.
Keltirilgan ma‟lumotlardan quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, yuqori hosil olish uchun faqat mineral o„g„it berish shart emas.
Ikkinchidan, mineral o„g„itni go„ng bilan birgalikda qo„llash katta samara
beradi.
Uchinchidan, go„ng kam bo„lgan sharoitda uning o„rniga chuchuk suv loyqasi
yoki daraxt barglarini ham o„g„it sifatida ishlatish mumkin.
77
To„rtinchidan, go„ng, chuchuk suv loyqasi va daraxt barglari o„g„it sifatida
qo„llanilganida, paxta hosilining tannarxi arzon bo„ladi.
Beshinchidan, noan‟anaviy o„g„itlar qo„llanilganda, tuproqlar organik modda,
azot va boshqa elementlar bilan boyiydi, ularning fizikaviy xossalari, suv, havo, oziqa
tartibotlari yanada yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |