Tamaki chiqindisi va fosfogipsdan tayyorlangan noan’anaviy o‘g‘itni 0-30
sm qatlam tuproqdagi ammoniy shaklidagi azot miqdoriga ta’siri, mg/kg tuproqda
Mineral o„g„itlar qo„llanishi natijasida tuproqda ammoniy shaklidagi azot miqdori
keskin oshgan. Lekin vaqt o„tishi bilan uning miqdorining tez kamayishi kuzatilgan, ya‟ni
mineral o„g„itlarning ta‟siri organik o„g„itlarga nisbatan qisqa ekanligi aniqlangan. Tajriba
natijalarining ko„rsatishicha, o„g„it qo„llanilmagan variantda nitratlar kam hosil bo„ladi.
O„g„it qo„llash natijasida tuproqdagi N-N0
3
miqdori sezilarli darajada ortgan. Bunda
go„ng va kompost qo„llanilgan variantlar o„rtasida sezilarli farq kuzatilmagan.
Masalan, birinchi yilgi tajribada nazoratda 20-aprelda N-N0
3
miqdori 20,5; 1-mayda
24,8; 10-mayda 25,7; 20-mayda 23,3; 4-iyunda 20,2 mg/kg bo„lgan bo„lsa, 30 t/ga go„ng
variantida tegishlicha 26,3; 29,3; 32,3; 30,4; 29,5 va 30 t/ga noan‟anaviy o„g„it variantida
– 27,6; 31,3; 34,6; 33,7; 31,2 mg/kg ga teng bo„lgan. Organik o„g„itlarni mineral
o„g„itlar fonida qo„llash ham tuproqdagi N-N0
3
miqdorini sezilarli oshiradi. Bunda
NPK+30 t/ga go„ng va NPK+30 t/ga noan‟anaviy o„g„it variantlari o„rtasida sezilarli farq
qayd etilmagan.
Mineral o„g„itlarning o„zi alohida qo„llanilganda, faqat oziqlantirish natijasidagina
N-N0
3
miqdori nazoratdagiga nisbatan oshadi va o„sish davrining oxiriga kelib yana bu
ko„rsatkich nazoratdagiday bo„ladi.
Demak, sanoat chiqindilaridan tayyorlangan noan‟anaviy o„g„itlar ham
makkajo„xori yetishtirilayotgan magniy karbonatli sho„rlangan o„tloqi tuproqlar oziqa
rejimini sezilarli ravishda yaxshilaydi. Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, o„g„it
qo„llanilmagan variantda tuproqda harakatchan fosfor kam miqdorda bo„ladi. Masalan,
2005-yilgi nazoratda harakatchan fosfor 18,4-22,2 mg/kg atrofida bo„lgan. Organik
o„g„itlarni qo„llash ham tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini sezilarli oshiradi. Bunda
go„ng va noan‟anaviy o„g„it variantlari o„rtasida katta farq kuzatilmaydi.
74
Nazoratda tuproqdagi almashinuvchan kaliy miqdori analiz muddatlariga qarab
210-360 mg/kg atrofida o„zgaradi. Organik o„g„itlarni qo„llash natijasida tuproqda
almashinuvchan kaliy miqdori keskin ortadi. Bunda go„ng va noan‟anaviy o„g„itlarning
ta‟siri deyarli bir xil bo„ladi.
Noan‟anaviy o„g„itning o„tloqi tuproq tarkibidagi karbonatlar va singdirilgan
kationlar miqdori hamda tuz rejimiga ta‟siri bo„yicha olingan natijalarga ko„ra
go„ng,
noana‟anaviy o„g„it, fosfogips va mineral o„g„itlarning qo„llanilishi natijasida tuproq
tarkibidagi karbonatlar miqdorining kamayishi kuzatiladi; tuproq singdirish kompleksida
singdirilgan kalsiyning miqdori ortib, magniyning miqdori kamayib boradi.
Go„ng, tamaki chiqindisi, go„ng shaltog„i, fosfogips va noan‟anaviy o„g„it
tarkibidagi og„ir metallar va ftor (Cr, Zn, Co, Pb, Mn, Cd, Mo, Cu, As, Sn, Ni, F) analiz
qilinganda, asosiy og„ir metallar kompost komponentlaridan fosfogips tarkibida ko„p
miqdorda bo„lishi kuzatiladi. Bularga Sg, Zn, Co, Pb, va Ni kiradi.
Go„ng, noan‟anaviy o„g„it, fosfogips va mineral o„g„itlar qo„llash natijasida
makkajo„xori poyasining balandligi keskin ortadi. O„simlik o„sishi va rivojlanishining
yaxshilanishi, o„z navbatida, hosildorlikning oshishiga olib keladi. Makkajo„xori
hosildorligiga noan‟anaviy o„g„itning ta‟siri go„ngnikidan kuchliroq bo„ldi (18-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |