Faollashtiruvchi savollar:
Adabiyotshunoslik hamda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining vazifasi ortasida qanday farq bor?
Mumtoz adabiy asarlarda adabiy ta’lim haqida qanday qarashlar ifodalangan?
3. Jadidchilik davrida ta’lim-tarbiya sohasida qanday ijobiy o’zgarishlar yuzaga keldi?
Tayanch so‘zlar: adabiy ta’lim, Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi, jadidchilik davri, qo‘llash, tizim, metod, ta’rif, badiiy tafakkur, pedagogik jarayon.qarashlar, rivojlanish tarixi, Mustaqillik yillari, metodist olimlar, yaratish,
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani qachon paydo bo‘lgan? degan savolning o‘rtaga qo‘yilishi tabiiydir. Bu savolga dabdurustdan javob berish qiyin. SHu narsa aniqki, badiiy adabiyot paydo bo‘lganidan keyin, uni boshqalarga, zamondoshlarga, shuningdek, keyingi avlodga yetkazish, yetkazganda ham ularni boshqa insonlar qalbiga ta‘sir qila oladigan darajada yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lganligini his etish mumkin. Yaqin-yaqinlargacha ham o‘zbek adabiyotini o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi asosan Oktabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilgani sir emas. Mustaqilligimizning sharofati bilan barcha fanlar
rivojlanishning to‘g‘ri o‘zanlariga tushib oldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlariday: “Amudaryo bilan Sirdaryo o‘rtasida joylashgan hamda Movarounnahr yoki Turkiston nomlari bilan mashhur vatanimiz asrlar mobaynida jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan. Buyuk ipak yo‘lidagi bog‘lovchi markaziy halqa, Sharq va G‘arb uchrashadigan, ularning faol savdo – iqtisodiy va ma’naviy hamkorligi tug‘iladigan joy bo‘lgan”1. Mana shunday holatda bu yerda ko‘plab fanlar qatorida adabiyotshunoslikning, tarbiyashunoslikning, ular qatorida esa adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasining muayyan o‘rni bo‘lganligini tasavvur etish mumkin. Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni tushunish, sevish, e’zozlay bilishni, adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda, bularning barchasini boshqalarga yetkazishni ham o‘zi uchun odat deb bilgan. Buni biz uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mumkin. Metodika tarixini bilish esa zamonaviy ta’lim texnologiyalari mohiyatini teranroq ilg‘ash imkonini beradi. Zero,
Adabiy asarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki qaydlar Avesto yod-gorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O‘rxun-Enasoy yodgor-liklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani o‘tmishdagi boy
tajribalarni o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lgan. Cho‘lponning «Adabiyot yashasa, mil-lat yashar» degan fikri bejiz emas. Ammo uni o‘qitish birdaniga hozirgi holatga kelma-gan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o‘qitish an‘analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta‘lim-tarbiya, o‘qituvchi faoliyati xususida alohida to‘xtab o‘tishgan. Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning, ta‘lim va tarbiyaning ahamiyati haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytib o‘tganlar. O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e‘tibor beradi. U «Ilmlarning kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san‘at ekanligini aytadi. Uning ta‘kidlashicha, hikoyachilikda (o‘qishda) o‘tkir ta‘sirli bo‘lgan, ana shu san‘atda o‘ziga munosib o‘rin egallagan kishilar hakim deyiladi va u o‘qishni, notiqlikni egallagan san‘atkor, faylasuf, donishmand bilan tengdir. Forobiy har bir kishining o‘ziga xos, individual xususiyatga ega bo‘lishini, ta‘lim-tarbiya jarayonida bu xususiyatlarga e‘tibor berish shart ekanligini alohida uqtiradi: «Kishilar jismoniy va tug‘ma qobiliyat, kuch-quvvatda bir-birlaridan ortiq-kam bo‘ladilar»2. Forobiyning ta‘kidlashicha, «Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloqli-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq bo‘lsin»3. Bugina emas, «Rohatlanish, dard chekish va qayg‘urish asosiy ta-biiy xislatlar hisoblanadilar, ular tufayli fazilatlar va illatlar o‘zlashtiriladi. Va, nihoyat, balog‘at va bilimlarga, ya‘ni rivojlanishga tarbiya va mashq orqali erishiladi»4. Tarbiyaning buyuk imkoniyati shundaki, u orqali inson yaxshi va yomon, foydali va zararli narsalarni ajratishga erishadi. «Tarbiya oqil-likni vujudga keltiradi. Kishining tarbiyasi bo‘lmasa, u bema’nilikni xush ko‘radi»5. Forobiy komil insonlar haqida gapirganida ularning bevosita nutqiga, so‘zni tushunish va tushuntirish imkoniyatlariga ham e’tibor beradi. Uning yozi-shicha, u suhbatdoshining so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur, ...u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur»6. Forobiyning bevosita san’at hamda adabiy ta’lim haqida ham bir qator jiddiy kuzatishlar olib borganligi yaxshi ma’lum. Forobiy she’r tuzilishi, uning mohiyati, eng muhimi, she’r vositasida badiiy adabiyotni o‘rganish va o‘rgatish usullari haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Mutafakkir ritm va vazn haqida gapirib, jumladan, shunday deydi: «She’r ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, bu bo‘laklar (oldinma-ketin) bab-baravar vaqtda o‘qiladigan bo‘lishi lozim. She’r tabiati–tuzilishida boshqa qonun-qoidalarga rioya qilish unchalik zaruriy sanal-magan, vaholanki, bu qonun-qoidalarga rioya qilishning o‘zi she’rning eng afzal va ulug‘vor bo‘lishiga sabab bo‘lgan»7. Forobiy badiiy ijodning o‘ziga xos xususi-yatlarini qiyosiy usulda ko‘rsatib beradi: «Demak, bundan ma’lum bo‘lishicha, is-botda ilm, tortishuvda ikkilanish, ritorikada ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, she’riyatda ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo‘ladi»8. Mutafakkirning asarlarida ayrim tur va janrlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash, shu asosda ularni o‘quvchilarga tushuntirish borasida ham qiziqarli mulohazalar bildirilgan. Jumladan, yunon adabiyoti haqida to‘xtar ekan, olim Gomerning «Ilia-da»sini, shuningdek, tragediya, drama, komediya, difirimbi, satira, epos, ritorika, poema kabi janrlar haqida to‘xtab o‘tadi. Ularning har biriga xos bo‘lgan tasvir usuli, ifoda tarzlari, mavzu va tili, shakliy-poetik xususiyati h-da ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |