Muhokama uchun savollar:
1. Yirik epik asarlarni o’rganishni yuqori sinflarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish qanday rejalashtirilgan rejalashtirilgan.
2. Epik turga mansub asarlar matni ustidagi ish adabiy ta’limda qanday qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Epik asarlarni o’quvchilarga zamonaviy usullarda o’rgatishning pedagogik imkoniyatlari haqida ma’lumot berish
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Ta’limda usullarning to’g’ri tanlanishining pedagogik imkoniyatlari haqida so’zlaydi.
2. Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati to’g’risida ma’lumot beradi.
3. Adabiy ta’limda zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish asosida o’quvchi shaxsini shakllantirish mumkinligini izohlaydi.
2- asasiy savolning bayoni:
Ta’limda usullar to’g’ri tanlansa, ko’zlangan natijaga qisqa yo’l bilan erishish mumkin. Ta’lim-tarbiya sohasining to’xtovsiz takomillashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi umumta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qitish usullarini muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda.
O’rgatish usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining xarakterini, o’qish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O’qitish usullari o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan nazarda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Demak, o’rgatish usullari pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro birgalikdagi faoliyatini ko’zda tutadi. Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining turi, usuli o’rgatiladigan ma’lumotning xarakteriga qarab belgilanadi. Aynan mana shu holat ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.
Badiiy adabiyot jamiyat rivojlanishiga bog’liq holda unga mos taraqqiy etar ekan, uning o’qitilishida ham shunday moslashuv bo’lishi talab etiladi. Umumta’lim maktablarida adabiy ta’lim o’quvchilarga adabiyot tarixiga oid ma’lumotlarni bildirish uchungina emas, balki ularni milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g’oyalarini tushunib, shular vositasida ma’naviy kamol topdirish uchun yo’lga qo’yiladi. Chunki adabiyot inson ruhiyati, qalbi va ma’naviyatini boyitish manbai sifatida o’quvchi shaxsi shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan ruhiy-ma’naviy kuchdir. Adabiy ta’limda zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish asosida o’quvchi shaxsini shakllantirish, deganda badiiy asarlarda tasvirlangan hayotiy voqealar, aks etgan huzur va baxt, shodlik va qayg’u, iftixor va afsus, kuyinchaklik va loqaydlik kabi ruhiy kechinmalar orqali o’quvchida o’z ma’naviyatiga oid mezonlar ishlab chiqilib, ularning jamiyatdagi mavjud qonunlarga muvofiqligiga rioya qilishga tayyorlash ko’zda tutiladi.
Bugungi yoshlarning hayotda rioya qilinishi lozim bo’lgan ma’naviy me’yorlarga muvofiq tarbiya topishi va shuning ta’sirida jamiyat ma’naviyatining shakllanishida darslikdagi epik asarlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ushbu jarayonni samarali tashkil etish ulkan qimmatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |