NAVRO`Z
Navro’z — quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy, an’anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka, ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Xivada «Navro’z» bayrami shodiyonasini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro`z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro`z bayramini o’tkazish o’troq dehqonlarda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar utishi bilan turli xalqlarda Navro`z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan.
Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro`zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro`z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalklari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navro`z bayramini o’tkazish yana rasmiy tus olgan.
NON HIKMATI
Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo‘liga non tutqazgan.
Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.
(«Oltin sandiq ochildi» kitobidan).
MAHALLAM - FAXRIM
Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko'chadan o'tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko'cha tomoniga tok ekib, so'ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko'k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o'sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o'z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko'chaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi.
Mahalla haqida X asrda yashab o'tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" so'zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko'pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz.
Mahalla - asosan O'zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan bog'langan.
E'tibor bergan bo'lsangiz, mahallalarda ko'pincha katta ko'cha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan ko'chalar, torko'chalar, berk ko'chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O'qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o'q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o'sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g'oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o'zini-o'zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o'sha yerning o'zida hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |