Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg‘aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo‘ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng hamda n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko‘ngil – bitta tovush, senga - ikkita tovush.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentabr B) 1995-yil 24-avgust C) 1996-yil 6-may D) 1992-yil 3-sentabr
2. “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlangan sanani ko‘rsating.
A) 1995-yil 21-dekabr B) 1993-yil 2-sentabr C) 1995-yil 24-avgust D) 1996-yil 6-may
3. Qaysi so‘zlar tarkibidagi j harfi til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalagan?
A) jurnal, ajdar, gijda B) joriy, garaj, ijod C) jo‘ja, jahon ajdar D) jon, rivoj, juda
4. Jurnal, ajdar, gijda. Ushbu so‘zlar tarkibidagi j tovushi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi undosh tovush B) til oldi, jarangli, qorishiq undosh tovush C) til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovush D) til oldi, jarangli, portlovchi undosh tovush
5. Qaysi qatorda so‘zlar alifbo tartibida berilgan?
A) sim, g‘isht, o‘zbek, cho‘pon B) ko‘ngil, sevgi, ulug‘, ziyo C) chashma, g‘alayon, past, shodlik D) baxt, go‘zal, nargis, lochin
6. Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosining o’ziga xos xususiyati to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) ayrim harflar shaklining o’zgarganligi B) harflar sirasi (qatori) ning o’zgarganligi C) barcha javoblar to’g’ri D) ayrim undoshlarning ikki harf birikmasi orqali ifodalanganligi
7. Qaysi yozuv turida so‘z va qo‘shimchalar qanday aytilsa shunday yoziladi?
A) morfologik yozuv B) fonetik yozuv C) tarixiy-an’anaviy yozuv D) shakliy yozuv
8. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) og‘zi, yasha, sanoq B) bag’ir, o‘g‘li, taroq C) bog‘cha, qishloqqa, singli D) tuzum, o‘quvchi, ishtiroki
9. Qaysi yozuv qoidasida so‘z va qo‘shimchalar talaffuziga e’tibor berilmaydi?
A) shakily yozuv B) fonetik yozuv C) morfologik yozuv D) tarixiy-an’anaviy yozuv
10. Qaysi qatordagi so‘zlar morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) sanoq, ata, tarqoq B) do‘st, tog‘ga, tuzsiz C) tank, teatr, soldat D) qo‘rqoq, bilim, bank
Do'stlaringiz bilan baham: |