Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet152/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Tayanch so’z va iboralar: Ko’chirma gap, muallif gapi, ko’chirma gap va muallif gaplarining o’rinlashish tartibi, o’zlashtirma gap, ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirish usullari, o’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap.
O`ZGANING NUTQI
Muallif o`z nutqida boshqa kishi ifodalagan fikrdan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikr ko`chirma gap, o`zlashtirma gap, dialog shaklida beriladi. Ko`chirma gap. O`zganing hech o`zgarishsiz berilgan gapi ko`chirma gap deyiladi. Ko`chirma gapda ikki xil gap bo`ladi: ko`chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda ko`chirma gapli qo`shma gapni hosil qiladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so`radi, deb javob berdi, gapirdi, so`zladi, aytdi kabi fe’l bilan ifodalanadi. Ko`chirma gap so`zlashuv va badiiy uslubda ko`p ishlatiladi. Ko`chirilgan gap muallif gapidan avval, keyin, uning ichida yoki ikki tomonida kelishi mumkin: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom. 2. Cho`pondan so`radik: “Bu qo`ylar kimning qo`yi?” 3. “Men, - dedi u, – ertaga kelaman”. 4.Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo`q, – dedi. Ko`chirma gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirsa, ko`chirma gap to`ldiruvchi vazifasini oladi: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom (qo`shma gap). Bobom mehnat ishtaha ochishini aytdi (sodda gap). 2. Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo`q, – dedi (qo`shma gap). Bosh injener bosiqlik bilan bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo`qligini aytdi (sodda gap).
KO`CHIRMA GAPDA TINISH BELGISI. Ko`chirilgan gap qo`shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarda esa tire bilan ajratib beriladi. Ko`chirma gapda, ko`chirilgan gapning o`rniga qarab, tinish belgisining ishlatilishi turlicha: 1) ko`chirilgan gap darak gap bo`lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo`yiladi: “Yuring, men o`sha tomonga boraman”, – dedi Komila (badiiy asarlarda birinchi qo`shtirnoq o`rnida tire ishlatiladi, yopilgan qo`shtirnoq bo`lmaydi). So`roq va undov belgisi qo`shtirnoq ichida qoladi; a) ko`chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Ma’ruzachi bunday dedi: “O`sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak”; b) muallif gapi ko`chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo`yiladi: - ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo`lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo`lsa, bu belgi tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: “Bizning qishlog`imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi “.; - ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so`ng nuqta qo`yish lozim bo`lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so`ng esa nuqta qo`yiladi: “Havo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir. – Har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar”. Ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so`ng so`roq yoki undov belgisi qo`yish lozim bo`lsa, muallif gapidan avval o`sha belgi va tire qo`yiladi, muallif gapidan so`ng nuqta va tire qo`yilib, ko`chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: “Bu qaysi jamoa xo`jaligining mashinasi? – qorachagina bir qiz so`radi. – Meni ham olib ketsangiz”. – ko`chirilgan gap muallif gapining o`rtasida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo`yiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismi oxiriga ikki nuqta qo`yilib, ko`chirilgan gap qo`shtirnoq ichiga olinadi; ko`chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo`yilib, muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”, - dedi. 2) ko`chirilgan gap so`roq yoki his-hayajon gap bo`lsa, uning belgisi qo`shtirnoq ichida bo`ladi: O`qituvchimiz : “Sen qaysi badiiy kitoblarni o`qib chiqqansan?” – deb so`radilar. 3) ko`chirma gap dialog tarzida ifodalanganda, yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo`yiladi. Bu luqmada muallif gapi bo`lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? – Yo`q.
Ko’chirma gapda tinish belgilari. Ko’chirma gaplar doim qo’shtirnoq ichida yoziladi. Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yshtadi. Ko’chirma gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi: U mendan so’radi: «Xushsurat ekansan. Hisobni bilasanmi?» (Oybek).

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish