Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet153/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

S xemasi:
Ko’chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, ko’chir gaqdan so’ng vergul va tire qo’yiladi: “Chapanichasiga gaylashaylik”, Dedi Nasim («Sharq yulduzi»).


S xemasi:


Muallif gapi ko’chirma gap o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:
1 .Ko’chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuktali vergul, ikki nuqta qo’yilgan bo’lsa yoki hyech qanday tinish belgilari bo’lmasa muallif gshti har ikki tomonidan vergul va tire bilan ajratib yoziladi: «Yefim tog’am, -dedi Po’latjon, -hamma vaqt bayroqdor bo’lganlar» (H.Nazir).




Sxemasi:

2.Ikki sodda gapdan tuzilgan ko’chirma gapning birinchisidan so’ng nukta qo’yilgan bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqga va tire ko’yiladi. Ko’chirma gapning davomi bosh xarf bilan yoziladi: «Mana shu bo’rsiq Mirzacho’lda yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, -deb ta’kidladi bobom. -Mening nomimdan hayvonot bog’iga berib yubor» (G’ayratiy).


S xemasi:


Z.Agar ko’chirma gapning uzilgan yerida so’rok yoki undov belgisi bo’lsa, muallif gapidan oldin tire, muallif gapidan keyin esa nuqta va tire qo’yiladi. Ko’chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi:
«Falanga shumi? -deb so’radi bir bola. -Juda xunuk bo’lar ekan» (Yo.Shukurov).
S xemasi:

Ko’chirma gap muallif gapi orasida kelsa, muallif gapining uzilib qolgan qismidan so’ng ikki nuqta qo’yiladi; ko’chirma gap bosh harf bilan yozilib, qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ko’chirma gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, muallif gapining davomi yoziladi:


Qalandarov bosh silkib: «Zulfiqorov yaxshi brigadir», -dedi (A.Qahhor).


Sxemasi:


O`ZLASHTIRMA GAP

O`zganing shakli o`zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o`zlashtirma gap deyiladi. O`zlashtirma gap ko`chirma gapga aylantirilishi mumkin bo`lgan gap: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (o`zlashtirma gap) – Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman “ (ko`chirma gap). So`roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko`chirma gap o`zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.





Ko`chirma gap

O`zlashtirma gap

Bu qanday bino, nimaga mo`ljallaysiz? – dedi O`ktam.

O`ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo`ljallanishini so`radi

O`zlashtirma gapda ko`chirma gapdagi kirish so`z tushib qoladi, undalma vositali to`ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2- shaxslarni ko`rsatuvchi so`z 3- shaxsga aylantiriladi:





Ko`chirma gap

O`zlashtirma gap

1. – Xo`sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? – so`radi O`ktam. 2. – Men ketdim, - dedi ukasi.

1. O`ktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borligini so`radi. 2. Ukasi o`zining ketayotganini aytdi.

O`zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so`ramoq, undamoq (demoq fe’lidan tashqari) so`zi bilan ifodalanadi.




O’zlashtirma gaplarning xususiyatlari. O’zganing gapi ba’zan so’zlovchi tomonidan o’zlashtirilib aytiladi. Nutq jarayonida aytilgan yo aytilishi shart bo’lgan fikrni qayta takrorlab o’tirishga deyarli hojat kolmaydi. Natijada o’zlashtirma gapga murojaat qiladi O’zlashtirma gap ko’chirma gap beradigan fikrning asosiy mazmujni saklab. grammatik, leksik xususiztlarmni o’zlashtirib bayoi qiladi: Komiljon kitob kishini kup narsaga o’rgatishini aytdi. Mazkur o’zlashtirma gapning negizada tubandagi ko’chirma gap mavjud: «Kitob kishini ko’p narsaga o’rgatadi», -dedi Komiljon.
O’zlashtirma gapdagi fe’l tushum kelishigida kelib, ko’chirma gapda bayon etilgan fikrning yig’indisi, jamini ifodalaydi.
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilishi bilan uning aniq sintaktik chegarasi, so’z tartibi, intonasiyasi, modalligi, so’zlovchi nutqining xususiyati o’zgaradi.
Ko’chirma gap bir ko’shma gagtdan iborat bo’lsa yoki uyushiq kesimli bo’lsa, o’zlashtirma gapda ularning kesimlarn o’ziga xo-? O’zgarishlarga uchraydi va ular o’zlashtirma gap ichida birgina fe’l kesim bilan beriladi: U boshidan o’tgan voqyealarni ipga tizgandek birma-bir
gagtira bonshadi. Diloromni sevgani bormi, unga akasi uylangani bormi, jaxl bilan uydan ketib qolib, akasi o’lgandan keyin qishloqqa qaytib kelgani bormi, hammasini dshtirib berdi
(S.Ahmad).
● Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantyrishda quyidagi grammatik tuzilishini kuzatish mumkin:
1.Ko’chirma gapning kesimi o’tgan zamon fe’li bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirishda gan+lik+i+ni (-ganligini) affiksi bilan almashtiriladi. Bu vaqtda ko’chirma gapning egasi qaratqich shaklini oladi. Muallif gapining kesimi ham boshqa so’z bilan almashadi: «Toshkentda chindan ham qadamim kutlug’ bo’lib ketdi», -dedi O’ktam hayajon bilan (Oybek). O’ktam hayajon bilan Toshkentda chindan ham qadamining qutlug’ bo’lib ketganligini aytdi.
2.Ko’chirma gapning kesimi -yotir, -yap bilan yasalgan hozirgi zamon fe’li bo’lsa, zamon shakli -yotgan affiksiga aylantiriladi, so’ng -lik+egalik affiksi+-ni ko’shiladi: Ma’ruzachi o’z nutqida: «Butun dunyodagi tinchliksevar xalqlar tinchlik uchun kurashayotir», -dedi («O’zbekiston ovozi»). Ma’ruzachi o’z nutkqda butun dunyodagi tinchliksevar xalklarning tinchlik uchun kurashayotganligini aitdi.
3.Ko’chirma gap kesimi -a(-y) bilan yasalgan kelasi zamon fe’li bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirishda bu zamon yasovchisi -ajak bilan yoki harakat nomi shakli -(i)sh bilan almashtiriladi, so’ngra egalik affiksi+-ni qo’shiladi: «Urug’likni o’z paxtamizdan o’zimiz tayyorlaymiz», -dedi jiddiyat bilan Tansiq (Oybek). Tansiq jiddiyat bilan urug’likni o’z paxtalaridan o’zlari tayyorlayajaklarini aytdi.
4.Ko’chirma gap kesimi buyruq fe’li bo’lsa, tuslovchi o’rniga harakat nomining -(i)sh affiksi+egalik affiksi+kerak (loznm, zarur) ~lik+egalik affiksi+-ni qo’shiladi: «O’g’it g’o’zaning tomir-tomiriga singsin!» -dedi Anor(Oybek). Anor o’g’it g’o’zaning tomir-tomiriga singishi kerakligini aytdi.
5.Ko’chirma gap kesimi bor, yo’q so’zlari bilan ifodalansa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda unga -lik+egalik affiksi+~ni qo’shiladi: «Bizning g’azalimiz el orasida bir qadar shuhrat topganligi hakida rivoyatlar bor», -dedi Navoiy kamtarinlik bilan (Oibek), Navoiy kamtarinlik bilan el orasida o’z g’azallarining bir qadar shuhrat topganligi haqida rivoyatlar borligini aytdi.
6.Ko’chirma gap kesimi ot kesim bo’lganda, bu kesimga ekan--lik+egalik affiksi+-ni qo’shiladi: «Bog’ chiidan go’zal, -dedi atrofiga qarab Binoiy, -chiroyli manzara!» (Oybek). Binoiy atrofiga qarab, bog’ning chindan go’zal, manzaraning chiroyli ekanligini aytdi.
7.Ko’chirma gap -mi yuklamasi bilan tuzilgan so’roq gap bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda bu gapning kesimi -gan+magan+-lik^-egapik affiksi+-ni shaklini oladi: «Sport bilan muntazam shug’ullanish» kerakligini unutmadingizmi?- deb so’radi Nasiba («Sharq yulduzi»). Nasiba sport bilan muntazam shug’ullanish kerakligini unutgan-unutmagashshgini so’radi.
8.Ko’chirma gap tarkibida undalma bo’lsa, uni o’zlashtirma gapga aylantirganda undalma chikish kelishigi qo’shimchasini olib, vositali to’ldiruvchiga aylanadi: Rais nima uchun boshqalar koloq? -dedi u («O’zbekiston ovozi»). U raisdan nima uchun boshqalar qoloq
ekanligini so’radi.
Badiiy adabiyotda ko’chirma va o’zlashtirma gaplarning aralash holda ishlatilishi ham uchrab turadi.
Bunday holatda ham ko’chirma va o’zlashtirma gaplar o’z mustaqilliklarini saqlab qoladi: Yigit bu gap noto’g’ri, u o’n besh so’m berganini, bu pulni Bo’rixo’ja amaki, «o’zim go’rkovga beraman» deganini darhol nafasi tiqilib aytdi (Mirmuhsin).
Xullas, ko’chirma gap oldin, o’zlashtirma gap keyin shakllanadi.
O’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap. O’zganing gapi ko’chirma gap bilan o’zlashtirma gap oralig’idagi holatda bo’ladi. Bunda o’zganing fikri muallif gapisiz-so’zlovchining ishtirokisiz bayon qilinadi, ya’ni muallif ko’chirma gapdagi so’zlovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday gaplar o’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap hisoblanadi: Maktuba chelakdagi chigitni mashina kutisiga ag’darar ekan, Anvarning rangi quv uchib ketdi. Axir bu kiz-u, ertalab ko’rgan o’sha sohibjamol-ku! Ajabo endi korjomada ham o’sha! (M.Qoriyev). Bu gapda ko’chirma gapning so’zlovchisi (Anvar) nomidan muallifning o’zi gapirgan. Uning gapi -Axir bu qiz-u, ertalab ko’rgan o’sha sohibjamol-ku! Ajabo endi korjomada ham o’sha! -hyech o’zgarishsiz semantik, grammatik, leksik xususiyatlari deyarli saqlangan holda keltirilgan. Bu jihati ko’chirma gapga o’xshaydi. Lekin bunda muallif gapining yo’qligi bilan ko’chirma gapdan farq qiladi.
Uziniki bo’lmagan ko’chirma gaplar ko’proq badiiy asarlarda uchraydi. Bunda muallif personaj tilidan gapirib, voqyeaga o’z munosabatini bildiradi: Salimboyvachcha ko’zlari ola-kula bo’lib, yuzidagi go’shtlari pirilladi, bu qanday gap? Bir xizmatkor unga qichqirsa, «sen» desin, «ablah» desin! (Oybek).



Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish