Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan gap…
A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) murakkab qo‘shma gap D) ko‘chirma gapli qo‘shma gap
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi ko‘chirma gap…
A) so‘zlovchining gapi B) mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap C) birovning aynan keltirilgan gapi D) tinglovchining gapi
3. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelgan qatorni aniqlang.
A) “Biz tinchlik daraxtini ekdik, uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan asrashimiz kerak”, – deydi Muhammad Ali. B) Donolar deydi: “Bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo‘lmaydi”. C) “Millatlarni, elatlarni, – deydi M.Ulug‘ova, – buyuk do‘stlik birlashtiradi”. D) Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: “Hoy, bolam senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a”, – der edi.
4. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelgan qatorni aniqlang.
A) “Biz yagona daraxtning butoqlaridek bir butun bo‘lgan taqdirdagina kuch qudrat kasb etamiz”, – deydi O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva. B) Abdulla Oripov kelajak haqida shunday deb yozadi: “Ertangi kunimiz bugundan ham go‘zal bo‘ladi”. C) “Intilganga tole yor”, – deydi xalqimiz. D) A va C
5. Muallif gapining kesimi qaysi fe’llar bilan ifodalanadi?
A) bordi, aytdi, yozdi, qaytdi B) dedi, so‘zladi, gapirdi, buyurdi C) so‘zladi, hikoya qildi, uyg‘ondi D) keldi, ketdi, ajablandi
6. Ko‘chirma gap muallif gapining orasida kelgan qatorni aniqlang.
A) Kampir oyoq ostida o‘sgan o‘tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: “Ma, jonvor, ma!” B) “So‘z san’atining qudrati shundaki, – deydi Asqad Muxtor, – u hayotda aynan bo‘lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”. C) Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: “Hoy, bolam senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a”, – der edi. D) B va C
7. “Navbatdagi safarga hozirlik ko‘ryapmiz” – dedi Zokirjon aka. Ushbu qo‘shma gap turini aniqlang.
A) ko‘chirma gapli qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
8. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar doimo necha qismdan tashkil topadi?
A) ikki qismdan B) uch qismdan C) ikki va undan ortiq qismdan D) uch va undan ortiq qismdan
9. Qanday holatda ko‘chirma gapdan so‘ng qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi?
A) ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelsa B) ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa C) muallif gapi ko‘chirma gapning oldida kelsa D) A, B
10. Ko‘chirma gap orasida kelgan muallif gapi qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?
A) Muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajatiladi. B) Muallif gapidan oldin vergul, muallif gapidan keyin vergul va tire qo‘yiladi. C) Muallif gapidan oldin tire, muallif gapidan keyin vergul va tire qo‘yiladi. D) Muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |