Ona tili va adabiyot fanidan


g‘azal so‘zining lug‘aviy ma’nosi, janrning mumtoz she’riyatda tutgan o‘rni, ya’ni atama arabcha so‘z bo‘lib, “ayollarni maqtash, ta’riflash” ma’nosini berishi



Download 1,44 Mb.
bet46/208
Sana06.09.2021
Hajmi1,44 Mb.
#166569
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

g‘azal so‘zining lug‘aviy ma’nosi, janrning mumtoz she’riyatda tutgan o‘rni, ya’ni atama arabcha so‘z bo‘lib, “ayollarni maqtash, ta’riflash” ma’nosini berishi, bu janr qadimdan eng ahamiyatli va e’tiborli she’r shakli bo‘lib kelganligi, deyarli barcha shoirlar unga murojaat qilganliklari to‘g‘risida tushuncha beriladi;




  1. g‘azalning shakliy tuzilishi, ya’ni baytlardan tashkil topishi, matla’, maqta’ va shoirning taxallusi asosan maqta’da berilishi darslikdagi bir g‘azal misolida

tushuntiriladi;




  1. qofiyalanishi, radif to‘g‘risida: asosan a-a, b-a, v-a, g-a... tarzida qofiyalanishi, mazkur harflar bilan belgilanishining ma’nosi olingan g‘azal misolida izohlanadi;




  1. g‘azalda qalamga olinadigan mavzularga to‘xtaniladi, bu she’r

shaklida barcha mavzular: ijtimoiy-siyosiy, didaktik, peyzaj, narsabuyumlar ta’rifi, biror voqea yoki shaxslarga tavsif va hokazolar talqin qilinishi mumkinligi, lekin etakchi mavzu ishq-muhabbat ekanligi uqtirib o‘tiladi;




  1. g‘azal asosan ishqiy mavzuda yozilganligi bois bosh obrazlar: oshiq, ma’shuqa, raqib to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir.

6-7-sinflarda g‘azal vazni – aruz to‘g‘risida tushuncha berilmaydi. Mumtoz she’rlar shu she’riy tizimda yozilganligini qayd etib o‘tish kifoya.


G‘azalning to‘laqonli o‘quv tahlili 8- va 9-sinflarda o‘tkaziladi. Tahlil quyidagi tartibda olib boriladi:


  1. Avvalo g‘azal o‘qituvchi tomonidan maromiga etkazib (imkon qadar yoddan) o‘qib eshittiriladi.




  1. G‘azalni tinglagach, birgalikda uning qanday mavzuda yozilganligini aniqlash lozim.




  1. G‘azal qofiyasi aniqlanadi.




  1. G‘azalda ishtirok etayotgan asosiy obrazlar aniqlanadi. Ishq-muhabbat mavzusida asosiy uch obraz bor: oshiq, ma’shuqa (yor), raqib. Obrazlarga qarab g‘azalning tasvirga ko‘ra turi aniqlanadi.




  1. Asosiy obrazlar aniqlab olingach, har bir bosh obraz atrofida guruhlangan ikkilamchi obrazlarni ajratib olmoq kerak.




  1. Voqelikni majoz va haqiqat yo‘li bilan tasvirlashga ko‘ra o‘rganilayotgan g‘azalning qaysi guruhga mansubligi belgilab olinadi.

40

7. Shundan so‘ng har bir bayt alohida olinib o‘qiladi, mazmuni sharhlanadi.




    1. Agar o‘qituvchi bungacha aruz vazni to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuncha bergan bo‘lsa, bu g‘azal vaznini topishni topshiriq qilib bersa bo‘ladi.




    1. Tahlil tugagach, adabiyot muallimi o‘quvchilaridan g‘azaldan olgan taassurotlarini so‘raydi.




    1. Vaqt bo‘lsa, bir necha o‘quvchiga g‘azalni ifodali o‘qitib ko‘rish kerak. O‘qishda ularning vazn talablariga rioya qilayotganliklari muhim.


Ruboiy Sharq adabiyotida keng tarqalgan, qalam ahli orasida baland nufuzga ega janrdir. O‘zbek mumtoz shoirlarining bir qanchasi bu janrda barakali ijod etganlar. Shu sababli adabiy ta’limda ruboiyda ilgaridan davomli tarzda o‘qitib kelingan. Mustaqillik yillari turli dasturlar asosida yaratilgan 5-10-sinf darsliklaridan (8-sinf darsligi bundan mustasno) Navoiy, Bobur, Umar Xayyom, Pahlavon Mahmud, Munis, Ogahiy ruboiylari joy olgan. Joriy dasturga ko‘ra 5-sinfda Bobur ruboiylari o‘rganiladi.
O‘quvchilar 5-sinfda ilk bor ruboiy bilan tanishar ekanlar, janrning o‘ziga xos belgilari to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar beriladi. Bu sinfda she’rlarni o‘rganishga kirishishdan oldin ruboiy atamasi arabcha bo‘lib, to‘rtlik ma’nosini berishi, lekin har qanday to‘rtlik ruboiy bo‘lolmasligi, buning uchun u aruz vaznidagi hazaj bahrining axram va axrab tarmoqlarida yozilishini qayd etib o‘tish bilan kifoyalaniladi. Shu o‘rinda fanlararo bog‘lanish – integratsiyadan foydalanish o‘rinli bo‘lishini biz tajribalarimiz davomida kuzatdik. Mazkur nazariy bilimlarni berishda geometrik shakllar, ular to‘g‘risidagi tushunchalardan foydalanish darsda qulaylik tug‘diradi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinfdayoq kvadrat to‘g‘risida tushuncha olganlar va uning qoidasini yoddan biladilar. 5-sinf o‘quvchisining to‘rtburchak va kvadratning farqini bilishi oddiy to‘rtlik va ruboiy farqini to‘g‘ri anglatishda qo‘l keladi. Masalan, kvadrat va ruboiyni quyidagicha solishtirish mumkin. Avval o‘quvchilarga shunday savollar beriladi:


  1. Kvadrat nima va to‘rtburchak nima?

  2. Har qanday to‘rtburchakni kvadrat deya olamizmi?

Javob olingach, ruboiy ta’rifiga o‘tiladi. O‘qituvchi ruboiy haqida darslikdagi nazariy ma’lumotlarni quyidagicha qoida shakliga keltirib, o‘quvchilar daftariga yozdirib qo‘yadi: to‘rt misradan iborat, ibratli fikrlar, shoirning ichki kechinmalari, o‘y-mulohazalari bayon etilgan, aruz vaznidagi hazaj bahrining axram va axrab tarmoqlarida yoziladigan she’r shakliga ruboiy deyiladi.


So‘ng ikki – geometrik va adabiy tushuncha yonma-yon qo‘yilib shunday qiyoslanadi:
Kvadrat to‘rtburchakdir, lekin har qanday to‘rtburchak kvadrat emas. Kvadrat bo‘lishi uchun to‘rtburchakning to‘rtala tomoni teng bo‘lishi kerak. Ruboiy to‘rtlikdir, lekin har qanday to‘rtlik ruboiy emas. Ruboiy bo‘lishi uchun to‘rtlik aruzdagi hazaj bahrining axram va axrab tarmoqlarida yozilishi kerak8. Buni sinf taxtasida yoki vatmanga chizilgan ko‘rgazmali qurolda yoxud texnika vositalardan


  1. Свинина Н.Г. Жизненный опыт учащихся в контексте личностно-ориентированного образования // Педагогика 2001, №7

41

foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan maktablarda proektor orqali quyidagicha aks ettirish mumkin:





Kvadrat










Ruboiy











Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish