Joriy dasturga ko‘ra g‘azal 6-sinfdan o‘qitiladi. Mustaqillikning dastlabki yillari qabul qilingan dasturga ko‘ra ham g‘azallar 6-sinf darsligidan joy olgan edi. Avaz O‘tar “Til” g‘azali ifodaning uncha murakkab emasligi, bugungi adabiy tilga yaqinligi, o‘zlashgan so‘zlarning kamligi, didaktik mazmuniga ko‘ra o‘spirinlarning yosh xususiyatlariga, bilim va ko‘nikmalari darajasiga mosligi bilan adabiyot muallimlarini qoniqtirgan edi. Shuning uchun oxirgi dasturga Avaz O‘tar she’rlari sirasida g‘azallarining berilganligi maqsadga muvofiq bo‘lgan deyish mumkin.
6-sinfda g‘azal haqida nazariy ma’lumot berilmaydi. Lekin ularni o‘qish, tahlillash davomida o‘quvchilar janrning tuzilishi (baytlardan iboratligi), qofiyalanish tartibi bilan tanishadilar, ifodali o‘qish asnosida unga xos bo‘lgan musiqiylikni tuyadilar. Eng asosiysi, g‘azalni misrama-misra, baytma-bayt tahlil qilish, ma’nosini, badiiyatini sharhlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlanadi. Bu sinfda tushunilishi qiyin so‘zlar, murakkab sintaktik qurilmalar izohi berilishi o‘ziga xos bo‘ladi. Ya’ni o‘quvchiga osonlashtirish maqsadida leksik birliklar bilan birga so‘z birikmalari, jumlalar va hatto misralar vaziyatdan kelib chiqib lug‘atda yaxlit izohlanishi mumkin. Masalan, “Til” she’rining birinchi bayti ikkinchi misrasi bo‘lmish “Til vositai robitai olamiyondur” jumlasi darslikning shu sahifasi ostidagi lug‘atda “Til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasidir” tarzida butunicha, ikkinchi baytdagi “g‘ayr tili” birikmasi “chet tili”, “sa’y qiling” so‘zi “g‘ayrat qiling” deya izohlanashi kerak. Ayrim forscha izofalar izohlanmaydi. Masalan, uchinchi baytdagi “Bilmakka ani g‘ayrat eting foydayi kondur”, to‘rtinchi baytdagi “Onda o‘qiganlar bori yaktoyi zamondur” misralaridagi izofa va inversiyalar ma’nolari berilmaydi. Bolalar o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari yordamida ularning
7 Щербак А.М. К истории узбекского литературного языка древнего периода. –сб. «Академику В.А.
Гордлевскому к его 75-летию», М., 1953. –с. 320.
39
“Bilmoqqa g‘ayrat qilinglarki, koni foydadir”, “Unda o‘qiganlarning barchasi zamon yagonasidir” mazmunida ekanligini intuitsiya – ichki sezgi, fahm yordamida anglab oladilar. Umuman adabiyot o‘qituvchisi har qanday asar tahlilida shogirdlarida ana shu fazilatni - matndagi so‘z, birikma, jumlalarni ichki sezgi bilan idrok etish qobiliyatini o‘stirib borishi lozim.
Joriy dasturga ko‘ra 7-sinfda Turdining “Tor ko‘ngullik beklar”, Uvaysiyning “Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman” g‘azallari o‘rganiladi. 6-sinfda janr bilan tanishgan, dastlabki namunasini yod olgan o‘quvchiga bu sinfda nazariy ma’lumotni tushuntirish bir muncha oson kechadi. Alohida soat ajratilmaganligi bois shu sinfda birinchi o‘rganiladigan g‘azal (dastur bo‘yicha Turdining “Tor ko‘ngullik beklar”) tahlili darsida dastlabki o‘n daqiqada bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga etkazish o‘rinli bo‘ladi yoki alohida qo‘shimcha dars o‘tkazish mumkin. Nazariy ma’lumotda quyidagi tushunchalar beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |