Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

46-dars


160
Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga uch soat televizor tomosha qiluvchi inson bir yilda 45 
sutkani, aytaylik, u 75 yil umr ko‘rsa, shundan naq 9 yilini televizor ekraniga termilib 
o‘tkazadi.
Bugun yangi multimedia platformalarining umumlashtirilishi biz odatlangan televideniya 
iste’moli o‘rnini ham egallab bormoqda: endi ayrim odamlar har hafta serialning yangi 
qismi chiqishini kutish o‘rniga, butun bir mavsumni bittada tomosha qilib tugatib qo‘ya 
qolyapti. Netflix xizmati, hatto buning uchun yangi atama ham o‘ylab topdi: “binge-racer” 
(qaram poygachi).
Xo‘sh, “binge-racer” kim? Bunday odam dastur yoki serial qismlarini ketma-ket tomosha 
qilgan holda hatto tunlarini uyqusiz o‘tkazadi. Ya’ni uning ashaddiy giyohvanddan deyarli 
farqi qolmaydi.
Netflix ma’lumotlariga ko‘ra 2013 yilda bunday foydalanuvchilar soni qariyb 8,4 million 
kishini tashkil etgan.
Agar bu raqam kundan kunga ortib borayotganini hisobga olsak, afsuski, bugun butun 
boshli “zombi” avlodlar yetishmoqda, deb aytish mumkin.
Seriallarning mafkuraviy ta’siri
Hukmron siyosiy elita va uning fikri teleseriallarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buni biz 
tomosha qilayotgan turk seriallari misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda hukmron 
partiya – AKP (Adolat va taraqqiyot partiyasi) vakillari Turkiya Respublikasini Usmonli 
imperiyasidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi, deb bilishadi.
Ularning fikricha, Turkiya – Usmonli imperiyasining davomidir. Shuning uchun Usmonli 
imperiyasining ulug‘vorligi, ustunligi va umumiy merosini bot-bot eslatib turishadi va 
ular bugun Usmonlilar ruhini tiklashga harakat qilishmoqda. Ushbu neo-usmonizm 
konsepsiyasiga parallel holda so‘nggi o‘n yillikda ko‘plab film va seriallar suratga olindi. 
“Tirilish: Ertug‘rul”, “Muhtasham yuz yil”, “Fotih” kabi seriallar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash joizki, inson dunyoqarashi va mafkurasiga xorijiy seriallarning ta’siri salmoqli. 
Chunki ular kishiga giyohvand moddaday ta’sir ko‘rsatib, uni haqiqiy hayotdan uzib qo‘yadi.
Ayon haqiqat shuki, bugungi kunda kino industriyasi pardasining ortida turganlar faqat 
reyting yoki pul ishlash uchungina film suratga olishmaydi. Shubhasiz, ularning boshqa 
bir maqsadi bor. Shuning uchun ham aksar seriallarda ijtimoiy qadriyatlarning umumiy 
negiziga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan mavzular targ‘ib etiladi.
BBC siyosiy muharriri Xardiman Skott ta’kidlaganidek: “Siyosatchilar televideniyaning 
qudratini yaxshi bilishadi va undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilishadi”. 
Xususan, seriallarda siyosiy qarashlar va mafkuraviy gegemonizm konsepsiyasi turli 
yashirin tashviq-da’vatlar, manipulyatsiyalar orqali “eksport” qilinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, og‘u singdirilgan qand zarqog‘ozga o‘ralgan holda taqdim 
etiladi. Natijada esa jamiyatning ijtimoiy tuzilishi asta-sekinlik bilan tanazzulga yuz tutadi. 
Tili, dini, madaniyati g‘orat qilingan millatni esa osonlik bilan yengish mumkin.
Seriallarning psixologik ta’siri
Serialning yangi qismini tomosha qilish va miyadagi mukofot tizimi o‘rtasida bog‘liqlik 
borligi aniq. Kataloniya universiteti nevrologi Diyego Redolarning fikricha, oldinda bemalol 
ko‘rsa bo‘ladigan seriyalarning mavjudligi asab tizimiga yordam beradi, chunki asab tizimi 
kutishga, faollikka va serialga qaram bo‘lib qolishga toqat qilolmaydi. Keyingi qismni 


161
tomosha qilolmaslik bezovtalikni keltirib chiqaradi va kundalik hayotdagi boshqa vazifalar 
haqida o‘ylashni qiyinlashtiradi.
Bir o‘tirishda serialning juda ko‘p qismlarini tomosha qilish esa kognitiv va psixologik 
zararning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bunday xatti-harakatlar oxir-oqibatda 
yakkalanishga va hatto kundalik shaxsiy hayotning qadrsizlanishiga ham olib kelishi 
mumkin. Shuningdek, serial tomoshasidan so‘ng jismoniy charchoq va hissiy tushkunlikka 
tushish holatlari ham ko‘p kuzatiladi. Shu bois olimlar har qanday serialni tomosha 
qilishdan oldin bu haqda obdon o‘ylab ko‘rishni maslahat berishadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, seriallar, ayniqsa, yoshlarning axloqi, ruhiy-ma’naviy 
dunyosiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ular bolalarning o‘z ota-onalari bilan o‘zaro 
munosabatiga, ularning o‘qishi va fikrlashining chegaralanishiga, madaniy begonalashuvga, 
tilning buzilishiga, bolalik va beg‘uborlikning erta yo‘qotilishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, 
Angliyadagi bir maktab-internatda 13 – 16 yosh toifasidagi bolalarni ikki guruhga bo‘lgan 
holda tadqiqot o‘tkazildi. Birinchi guruh 15 kun davomida hajviy va ijtimoiy dasturlarni, 
ikkinchi guruh esa zo‘ravonlik aks etgan dastur va seriallarni tomosha qildi. Qizig‘i shundaki, 
ushbu tadqiqot natijalari birinchi guruhdagi bolalarda bag‘rikenglik va kirishimlilik, ikkinchi 
guruhdagilarda esa aksincha, jismoniy zo‘ravonlik, axloqiy buzilishga moyillik ortganini 
ko‘rsatdi.
kun.uz

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish