Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

Mustaqil bajaraman
TOBLANMOQ — TOVLANMOQ
TOBLANMOQ.
 
Issiqda, o‘tda 
kuydirilmoq. Ko‘chma. Qiyinchiliklarda 
yanada irodali bo‘lib chiqmoq.
TOVLANMOQ.
 
Quyosh nurida, 
yorug‘likda yaltiramoq, yalt-yult etmoq.
ASIL — ASL
ASIL.
 
Eng sifatli, "toza". M: Asil 
kiyimlardan oling.
ASL.
 
Eng dastlabki, haqiqiy. M: 
Asl nusxa. Asl maqsad.
MATN MUALLIFINING NUQTAYI NAZARIGA BAHO BERISH


159
Topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o‘qing. 
SERIALLAR VA BIZ
Istanbul universiteti doktoranti, kinoshunos Otabek Tillayevning maqolasidan parcha
Oppoq qog‘ozdagi dog‘...
Atrofingizga sinchiklab nazar soling, g‘arbona dunyoqarash va madaniyatimizni sintez 
qilishga urinish bizning ham qadriyatlarimizni yo‘q qilmoqda. Endilikda nafaqat bolalar va 
o‘spirinlar, hatto kattalar ham ekranda ko‘rganlarini o‘z hayotlariga olib kirishga harakat 
qilishmoqda.
Ammo gap bolalar haqida borar ekan, masalaning naqadar og‘riqli va dolzarb ekani 
yanada oydinlashadi.
Bu – barchamizni sergak va hushyor torttirishi lozim. Chunki bolalar bamisoli oppoq 
qog‘oz. Ammo, afsuski, bu oppoq qog‘ozga bugun ajnabiy seriallarning dog‘i va nuqsi 
urmayapti, deb hech kim ayta olmaydi.
Seriallarning yoshlar ongi va ruhiyatiga, ma’naviy dunyosiga jiddiy raxna solishi ko‘plab 
ilmiy misollar bilan isbotlangan. Nottingem universitetining bolalar psixologi, professor 
Elizabet Nyusonning aytishicha, bola balog‘at ostonasiga qadam qo‘ygach, o‘zi uchun 
namuna izlaydi. Ushbu model uning o‘z oila a’zosi yoki biron san'atkor va hatto u tomosha 
qilgan filmlardagi zo‘ravonlik timsoli ham bo‘lishi mumkin. Bola o‘zi intilgan ushbu modelga 
beixtiyor taqlid qilishga urinadi.
Endi yaqin o‘tmishimizga qaytamiz. Esingizda bo‘lsa kerak: “Ramayana” seriali 
namoyish etilganda, aksar bolalar Ram va Lakshmanga aylanib, kamon-paykon bilan 
bir-birining ko‘zini chiqargan, “Jumong” namoyish etilganda esa o‘zicha qilich yasashga 
tushib ketgandi. Bu – bizning xulosa chiqarishimiz kerak bo‘lgan, yosh avlod o‘zining boy 
tarixi bo‘lgani holda o‘zga yurtning o‘tmishi va madaniyatiga mahliyo bo‘lib o‘sgan yaqin 
tariximizdir.
Xo‘sh, bugun-chi, bugun? Bolalarimiz nimalarni tomosha qilib ulg‘ayyapti? Kunning 
necha soatini ijtimoiy tarmoqlar yoki televizor qarshisida o‘tkazyapti? Maktab darsliklaridan 
tashqari oxirgi marta qaysi kitobni o‘qidi?
Qancha umrimiz yelga sovurilmoqda?
Aslida, barcha seriallarning mushtarak bir xususiyati bor: serialning har bir qismi, 
odatda, eng kulminatsion nuqtada yakunlanadi va “Keyingi qismda nima bo‘larkin?” degan 
savol tomoshabin miyasida aylanaveradi... Bu holda u keyingi qismni eng kamida bir kun, 
ba’zan esa haftalab yurak hovuchlab kutishiga to‘g‘ri keladi. Bunga esa hammaning ham 
sabri dosh bera olmasligi aniq va tabiiyki, endi uyda, ko‘cha-ko‘yda va hatto ishxonada 
ham serial muhokama mavzusiga aylanadi.
Ya’ni qiziqish maroqqa, maroq hayajonga, hayajon esa telbavor tutqunlikka aylanadi. 
Kunlar shu yo‘sin o‘taveradi, oltinga teng umr esa yelga sovurilaveradi.
Agar bugun televizor, internet va ijtimoiy tarmoqlarda kechirayotgan vaqtimiz hisoblab 
chiqilsa, ishonaveringki, labimizga uchuq toshiradigan darajadagi dahshatli raqamlar 
paydo bo‘ladi.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish