1. Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi ishtirok etgan?



Download 18,46 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi18,46 Kb.
#719769

1. Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi ishtirok etgan?
A)Dushman bilan tortishayotganingizda ham mardlarcha fikr bildiring.
B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi, biz esa ularni kuzatib qoldik.
C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada tezroq yuguradi.
D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi, Jamila esa oyga termilib zavqlanardi.
2. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?
A) yugurib, harsillab, shoshib
B) arang, mardlarcha, jim
C) dir-dir, kuyinib, yumshoq
D) olg‘a, qiynalib, ko‘p
3. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A) G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi.
B) U raisga muammoni yotig‘i bilan
tushuntirdi.
C) Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga
shogirdlikka beraman.
D) Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi.
4. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A) Keyin bozorga olib boribdi.
B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
5. Qaysi javobda ravish qatnashgan?
A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman.
B)Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim.
C) Mana mavsum ham oxirlab
qoldi. Mashina terimi tugay deb
turibdi.
D)Ular hozircha kovlab kirolmabdilar,
lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
6. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.
B) Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan
yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi.
C) Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi.
D) Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.
7. Tarkibida sifatdan yasalgan sodda yasama ravish qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yarim tunda ko‘zi ilingan ayol tong saharlab junjikib uyg‘onib ketdi, osmon oqarib kelardi.
B) U sevinchini ichiga sig‘dirolmay
hamma bilan qadrdonlarcha ko‘risha
boshladi.
C) Onaxon Mutribni pinhoniy bir mehr bilan suyadi, unga hamisha qalban intiladi.
D)G‘ulomjon keyingi vaqtlartda tanholikni yoqtiradigan bo‘lib qoldi.
8. Men ikkoviga uchtadan hil-hil pishgan shaftoli berdim.
Mazkur gapda qatnashgan taqsim son
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Taqsim son qo‘shimchasi tarkibida lab undoshi ishtirok etgan.
B) Taqsim son tarkibida faqat jarangli
undoshlar ishtirok etgan.
C) Taqsim son imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi.
D) Taqsim son asosi yopiq bo‘g‘indan iborat.
9. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ко‘m-ко‘k,
sariq gullar o ‘sib yotardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini bajargan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
10. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash maroqli.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida
berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga qo‘shilishi kuzatiladi.
B)Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga qo‘shilishi kuzatiladi.
D)Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan.
11. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) jonga; 3) shtanga; 4) bordingiz; 5) yengildi; 6) osmonga.
A) 1, 4, 5
B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5
12. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud emas?
A) Bu fikrimizni sinfdoshlarimiz to‘liq tastiqlaydi.
B) She’rni tarixiy va badiiy jihatdan sharhlashga urining.
C) Cholning chapdas, chaqqon o‘g‘li bor ekan.
D) Ko‘rganlar bunday holatdan, albatta, tajjublanardi.
13. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A) Bu voqea barchaning boshini xam qildi.
B) Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband sher.
C) Doktorxona deganda uning ko‘z oldiga izvosh va oqpodshoning sur’ati solingan 25
so‘mlik pul kelar edi.
D) Nodon odamlar bilan suhbatdosh bo‘lgandan ko‘ra yolg‘iz o‘tirgan afzal.
14. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko‘chishining turini
toping.
A) metafora
B) sinekdoxa
C) metonimiya
D) ma’no ko‘chmagan
15. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z
ishtirok etgan?
A) hissa, tegish, ulush
B) husn, chiroy, ko‘rk
C) ayyor, quv, mug‘ombir
D) o‘jar, qaysar, sezgir
16. Navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan hiyobonlarni oralab, tabiat
va hayotdagi o‘zgarishlar ustida fikir qilib, kechinmalar, xislarga to‘lib
yurarkan, navkar kelib, safar uchun otni tayorlab qo‘yganini bildirdi. Ushbu
gapda nechta so‘z imlosida xatolik bor?
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 5 ta
D) 2 ta
17. Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi?
A) tob…ra, mutl…q, muhok…ma
B) muloq…t, mab…do, muz…kara
C) mutl…q, munos…bat, far…von
D) taq…zo, muom…la, taassur…t
Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan qo‘shma so‘zlarni aniqlang.
1) Oq // saroy; 2) oq // bilak; 3) erk // sevar; 4) sof // dil; 5) oliy // janob; 6) havo
// rang; 7) sher // dil; 8) xush // ovoz.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
B) 1, 2, 4, 7
C) 1, 3, 5, 8
D) 1, 3, 4, 6, 7
18. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z
ishtirok etgan?
A) iqbol, tole, saodat
B) bezak, ziynat, ko‘rkam
C) belamoq, bulg‘amoq, qormoq
D) beg‘ubor, sof, musaffo
19. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang.
A) xatto, muxojir, zaxmatkash
B) hatto, muhojir, zaxmatkash
C) hatto, muhojir, zahmatkash
D) xatto, muhojir, zahmatkash
20. A) ommabop B) vafoli
C) basavlat D) o‘yla
Download 18,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish