160
Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga uch soat televizor tomosha qiluvchi inson bir yilda 45
sutkani, aytaylik, u 75 yil umr ko‘rsa, shundan naq 9 yilini televizor
ekraniga termilib
o‘tkazadi.
Bugun yangi multimedia platformalarining umumlashtirilishi biz odatlangan televideniya
iste’moli o‘rnini ham egallab bormoqda: endi ayrim odamlar har hafta serialning yangi
qismi chiqishini kutish o‘rniga, butun bir mavsumni bittada tomosha qilib tugatib qo‘ya
qolyapti. Netflix xizmati, hatto buning uchun yangi atama ham o‘ylab topdi: “binge-racer”
(qaram poygachi).
Xo‘sh, “binge-racer” kim? Bunday odam dastur yoki serial qismlarini ketma-ket tomosha
qilgan holda hatto tunlarini uyqusiz o‘tkazadi. Ya’ni uning ashaddiy giyohvanddan deyarli
farqi qolmaydi.
Netflix ma’lumotlariga ko‘ra 2013 yilda bunday foydalanuvchilar soni qariyb 8,4 million
kishini tashkil etgan.
Agar bu raqam kundan kunga ortib borayotganini hisobga olsak, afsuski, bugun
butun
boshli “zombi” avlodlar yetishmoqda, deb aytish mumkin.
Seriallarning mafkuraviy ta’siri
Hukmron siyosiy elita va uning fikri teleseriallarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buni biz
tomosha qilayotgan turk seriallari misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda hukmron
partiya – AKP (Adolat va taraqqiyot partiyasi) vakillari Turkiya
Respublikasini Usmonli
imperiyasidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi, deb bilishadi.
Ularning fikricha, Turkiya – Usmonli imperiyasining davomidir. Shuning uchun Usmonli
imperiyasining ulug‘vorligi, ustunligi va umumiy merosini bot-bot eslatib turishadi va
ular bugun Usmonlilar ruhini tiklashga harakat qilishmoqda.
Ushbu neo-usmonizm
konsepsiyasiga parallel holda so‘nggi o‘n yillikda ko‘plab film va seriallar suratga olindi.
“Tirilish: Ertug‘rul”, “Muhtasham yuz yil”, “Fotih” kabi seriallar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash joizki, inson dunyoqarashi va mafkurasiga xorijiy seriallarning ta’siri salmoqli.
Chunki ular kishiga giyohvand moddaday ta’sir ko‘rsatib, uni haqiqiy hayotdan uzib qo‘yadi.
Ayon haqiqat shuki, bugungi kunda kino industriyasi pardasining ortida turganlar faqat
reyting yoki pul ishlash uchungina film suratga olishmaydi. Shubhasiz, ularning boshqa
bir maqsadi bor. Shuning uchun ham aksar seriallarda ijtimoiy qadriyatlarning umumiy
negiziga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan mavzular targ‘ib etiladi.
BBC siyosiy muharriri Xardiman Skott ta’kidlaganidek: “Siyosatchilar televideniyaning
qudratini yaxshi bilishadi va undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilishadi”.
Xususan, seriallarda siyosiy qarashlar va mafkuraviy gegemonizm
konsepsiyasi turli
yashirin tashviq-da’vatlar, manipulyatsiyalar orqali “eksport” qilinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, og‘u singdirilgan qand zarqog‘ozga o‘ralgan holda taqdim
etiladi. Natijada esa jamiyatning ijtimoiy tuzilishi asta-sekinlik bilan tanazzulga yuz tutadi.
Tili, dini, madaniyati g‘orat qilingan millatni esa osonlik bilan yengish mumkin.
Seriallarning psixologik ta’siri
Serialning yangi qismini tomosha qilish va miyadagi mukofot tizimi o‘rtasida bog‘liqlik
borligi aniq. Kataloniya universiteti nevrologi Diyego Redolarning fikricha, oldinda bemalol
ko‘rsa bo‘ladigan seriyalarning mavjudligi asab tizimiga yordam beradi, chunki asab tizimi
kutishga, faollikka va serialga qaram bo‘lib qolishga toqat qilolmaydi. Keyingi qismni
161
tomosha qilolmaslik bezovtalikni keltirib chiqaradi va kundalik hayotdagi boshqa vazifalar
haqida o‘ylashni qiyinlashtiradi.
Bir o‘tirishda serialning juda ko‘p qismlarini tomosha qilish esa kognitiv va psixologik
zararning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bunday xatti-harakatlar oxir-oqibatda
yakkalanishga va hatto kundalik shaxsiy hayotning qadrsizlanishiga ham olib kelishi
mumkin.
Shuningdek, serial tomoshasidan so‘ng jismoniy charchoq va hissiy tushkunlikka
tushish holatlari ham ko‘p kuzatiladi. Shu bois olimlar
har qanday serialni tomosha
qilishdan oldin bu haqda obdon o‘ylab ko‘rishni maslahat berishadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, seriallar, ayniqsa, yoshlarning axloqi, ruhiy-ma’naviy
dunyosiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ular bolalarning o‘z ota-onalari bilan o‘zaro
munosabatiga, ularning o‘qishi va fikrlashining chegaralanishiga, madaniy begonalashuvga,
tilning buzilishiga, bolalik va beg‘uborlikning erta yo‘qotilishiga sababchi bo‘ladi. Masalan,
Angliyadagi bir maktab-internatda 13 – 16 yosh toifasidagi bolalarni ikki guruhga bo‘lgan
holda tadqiqot o‘tkazildi. Birinchi guruh 15 kun davomida hajviy va ijtimoiy dasturlarni,
ikkinchi guruh esa zo‘ravonlik aks etgan dastur va seriallarni tomosha qildi. Qizig‘i shundaki,
ushbu tadqiqot natijalari birinchi guruhdagi bolalarda bag‘rikenglik va kirishimlilik, ikkinchi
guruhdagilarda esa aksincha, jismoniy zo‘ravonlik, axloqiy buzilishga moyillik ortganini
ko‘rsatdi.
kun.uz
Do'stlaringiz bilan baham: