Ona tili o‘qitish metodiкasi


Buyruq-istak mayli qo‘shimchalari ustida ishlash



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

1. Buyruq-istak mayli qo‘shimchalari ustida ishlash. 
Bu 
yo‘nalishda nuqtalar o‘rniga 
-ay, -gan, -sin, -aylik, -ing, 
qo‘shimchalarini qo‘yish, berilgan buyruq-istak maylidagi fe’llarni 
tuslash singari topshiriqlardan foydalaniladi.
 
2. Buyruq-istak maylidagi fe’llarning gap mazmuniga ta’siri 
ustida ishlash. 
Bu xabar maylidagi kesimlarning shaxs-son, zamon 
qo‘shimchalarini buyruq-istak maylidagi qo‘shimchalar (masalan, 
-ay,
-gin, -sin, -aylik, -ingiz, -lar
) bilan almashtirish, qo‘shimcha o‘zgarishi 
bilan gap mazmunida bo‘ladigan o‘zgarishni sharhlash, gaplarni 
o‘zaro qiyoslab ma’no farqini tushuntirish singari ijodiy - amaliy 
topshiriqlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. 
3. Buyruq-istak maylidagi fe’llar haqida umumlashma hosil 
qilish. 
Bajarilgan ijodiy-amaliy topshiriqlar o‘quvchilarni 
«So‘zlovchining bayon etayotgan fikrini buyruq, tilak, istak sifatida 
ifodalashi buyruq-istak mayli sanaladi» degan xulosaga olib keladi 
hamda bu kesimlarning imlosi, talaffuzi, ma’nosini bilib olish 
imkoniyatini yaratadi. 
«Buyruq-istak mayli» mavzusi o‘rganilgandan so‘ng buyruq 
matni ustida ishlash foydalidir. 
«Shart mayli» mavzusini o‘rganishda avvalo o‘quvchilar e’tibori 
bu mayl qo‘shimchalariga qaratiladi. Ular nuqtalar o‘rniga -
sa, -san, -
sang, -sangiz, -salar, -san 
qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni 
ko‘chirish, shu qo‘shimchalar bilan tugagan gaplar ro‘yxatini davom 
ettirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlar orqali shart maylidagi 
kesimlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalarni bilib oladilar. 
Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar e’tibori bu qo‘shimchalarning gap 
ma’nosiga ta’siriga qaratiladi. Shart maylini hosil qiluvchi har bir 
qo‘shimchaning gap ma’nosiga qanday ta’sir etayotgani bu gaplarni 
o‘zaro qiyoslash orqali aniqlanadi. 
Shart maylidagi fe’llarni birlik va ko‘plik, shaxs, son bilan 
tuslayotganda o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchilar e’tiborini qanday 
holatda qaysi qo‘shimchaning qo‘shilishiga, qo‘shimchaning gap 
ma’nosiga ta’siriga, ularning imlosiga qaratadi. 


258
Mazkur mavzuni o‘rganishda berilgan gaplarda shart maylidagi 
fe’l-kesimning boshqa gapda ifodalangan ish-harakat va holatning 
shartini yoki paytini ifodalab kelishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish
kesimi shart maylli fe’l bilan ifodalangan gaplarga 
agar 
bog‘lovchisini qo‘shib ko‘rish, qanday ma’no ifodalanganda shart 
maylli fe’l 
agar 
bog‘lovchisi bilan bemalol bog‘lana olishi xususida 
xulosa chiqarish, ko‘shma gaplar tarkibida qo‘llanilgan shart maylli 
gaplarni va sodda gaplarni alohida-alohida ko‘chirish singari ijodiy-
amaliy topshiriqlar bajariladi. 
«Xabar mayli» mavzusini o‘rganishda kesimi ot-kesim va fe’l-
kesim bilan ifodalangan gaplarda ish-harakat yoki holat qaysi 
zamonda kelganligini aniqlash, kesim tarkibida zamon ma’nosini 
ifodalovchi qo‘shimchalarni yoki shakllarni topish, kesimi o‘tgan 
zamon bilan ifodalangan hikoyalarni hozirgi va kelasi zamonga 
aylantirib yozish (va aksincha) singari topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. 
Fe’llardagi xabar mayli zamon shakllarining qo‘shimchalari va 
tuslanishini jadval orqali berish ma’qul. O‘quvchilarni har bir zamon 
shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish ularning nutqiy 
faoliyatini rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir. 
Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi va talaffuzi ustida ish 
olib borilar ekan, 
-di 
qo‘shimchali o‘tgan zamon fe’l shaklini hosil 
qilish, uni shaxs va sonda tuslash, berilgan fe’llardan hozirgi va kelasi 
zamonning bo‘lishsiz shaklini hosil qilish singari ijodiy-amaliy 
topshiriqlar bajariladi. 
O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda zamon shakllarining 
qo‘shimchalari ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar -
di,
-
b, -ib, -gan, -ardi, -gandi (-gan edi) 
qo‘shimchali kesimlarning 
ma’nosi ustida ishlaydilar (masalan, 
Men ovqat pishirdim, 
pishiribman, pishirganman, pishirarman, pishirgan edim
), ularning 
ma’no nozikligini sharhlaydilar. 
O‘quvchilar so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari ustida ish olib 
borar ekanlar, ot-kesimlarning zamon shakllari bilan ham tanishadilar. 
Ma’lumki, ot-kesimlarda ham zamon shakli mavjud bo‘lib, ularning 


259
o‘tgan va kelasi zamonlari bog‘lama vositasida hosil bo‘ladi. Masalan, 
«Opam–shifokor»
gapidagi kesim hozirgi zamonni ifodalasa, 
«Onam 
shifokor edi», «Opam shifokor bo‘ladi»
gaplaridagi 
«shifokor edi»
o‘tgan zamon va 
«shifokor bo‘ladi
» kesimlari esa kelasi zamonni 
ifodalaydi. 
К
eyingi bosqichda 
«Akam–tikuvchi», «Rasm–chiroyli»
tipidagi 
gaplarni boshqa bo‘laklar bilan kengaytirib, kesimning zamonini 
aniqlash, berilgan qoliplar asosida gaplar tuzib, ot-kesimning zamoni 
qanday hosil bo‘lganligini sharhlash, «
Otam–muhandis»
va 
«Otam 
muhandis edi»
singari gap juftlarini o‘zaro qiyoslab ma’noviy farqini 
topish kabi ijodiy-amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar. Bu singari 
ishlar 8–9-sinfda «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini 
o‘rganish uchun mustahkam poydevordir. 
«
К
esimlik so‘zlari» mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi 
shart, 
kerak, zarur, joiz 
so‘zlarining vazifasi ustida ishlash, 
-niki 
qo‘shimchasining ma’nosi va imlosi ustida ishlash orqali 
o‘quvchilarni zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi. 
Xullas, so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari (egalik 
qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari, kesimlik shakllari, bog‘lama, 
kesimning tuslanishi, mayl shakllari) morfologiyadan ko‘ra ko‘proq 
sintaksis bo‘limiga aloqadordir. Shuning uchun mazkur bo‘lim
7-sinfda «Sintaksis»ni boshlashdan oldin o‘rganiladi va bu bo‘limni 
o‘rganish uchun moddiy zamin hozirlaydi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish