126
К
iyim - Oziq -
Uy
Qurilishga
San’atga
kechakka ovqatga jihozlariga oid so‘z va oid so‘z va
oid so‘z oid so‘z oid so‘z va atamalar
atamalar
va
va
atamalar
atamalar
atamalar
Darslik materialini to‘ldirishga xizmat qiladigan yana bir vosita
rasmli albomlar va rasmli tarqatma materiallardir.
Rasmlar
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish,
o‘rganilayotgan til hodisasini amalda qo‘llab matnlar yaratish, tasvir,
rivoya, muhokama insholar o‘tkazishda muhim o‘rin egallaydi.
Ona tili mashg‘ulotlarida rasmlardan foydalanishga muayyan
talablar ham qo‘yiladi. Bular
rasmning yuksak badiiyligi,
o‘rganilayotgan mavzu talabiga mosligi, sinf o‘quvchilarining yoshi
va bilim saviyasiga muvofiqligi, rasmda rassom maqsadining
ifodalanganligi, nutq o‘stirishga muvofiqlik darajasi kabilar bo‘lib
sanaladi.
Rasmlardan so‘z tanlashda, so‘z
birikmalari va gaplar qurishda,
ijodiy diktantlar yozishda, og‘zaki va yozma matnlar tuzishda, insho
o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
ijodiy matn
tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’limning asosiy
maqsadlaridandir. Shuning uchun ham, ayniqsa, keyingi yillarda ona
tili darslarida mustaqil va ijodiy ishlarni bajarishga katta e’tibor
qaratilmoqda. O‘quvchida ijodiy ish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun
esa turli vositalar, usul va manbalardan foydalanish mumkin.
Tasviriy ko‘rgazma vositasida o‘tkaziladigan ijodiy ishlardan
maqsad o‘quvchilarda tasvirlangan voqea-hodisani, holatni yozma
yoki og‘zaki bayon, tavsif etish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’limning ma’lum davridan boshlab, rasm
asosida matn tuzishni o‘rganadilar. 5-sinf o‘quvchilari «Yil fasllari»,
«Bog‘da», «Gulzorda» kabi tabiat manzaralariga bag‘ishlangan
rasmlarda nimalarni ko‘rayotganliklarinigina emas, balki ko‘rish
127
orqali nimalarni
his qilayotganliklarini, tasvir ularda qanday ichki
kechinmalar uyg‘otganligini ham ifodalay bilishlari kerak.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturida ko‘rsatilgan «Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari» sirasi
ikkinchi bosqichida «...ona tili mashg‘ulotlarida og‘zaki va yozma
tasvir uchun izohli albom, ishlatilishi lozim bo‘lgan zarur so‘zlar,
berilgan rasm-tasvirlar va h.k. bilan to‘ldirilishi lozim»
deb qayd
etilgan. Ijodiy ishning bu ko‘rinishi uchun tavsiya qilinadigan rasmlar
quyidagi talablarga javob berishi:
a)suratlar rangli tasvirda bo‘lishi;
b)tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi (o‘quvchining ma’naviy
dunyosini boyitishi, go‘zallikni ko‘rishga, his qilishga o‘rgatishi va
his-tuyg‘ularni so‘zlar vositasida ifodalay olishi kabilar ko‘zda
tutiladi);
v)san’at asarlarining turlari, janrlari va mualliflari bilan tanishish
imkoniyatini berishi;
g)chegaralanmagan ijodiy erkinlik berishini nazarda tutishi kerak.
Rasm asosida ijodiy matn yaratishga
tayyorgarlik jarayoni
bosqichli ravishda tashkil qilinishi kerak: birinchi bosqichda, matn
yaratishdan avval surat asosida suhbat o‘tkazilib, lug‘at tuzish,
ikkinchi bosqichda lug‘atdagi so‘zlar ishtirokida lug‘at diktanti
o‘tkazish (so‘z zaxirasini boyitish va savodxonlikni oshirish
maqsadida) kerak. Yakunlovchi uchinchi bosqichda lug‘atdagi
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni iboralar,
ularning
ma’nodoshlari bilan almashtirish, uyadoshlar qatorini tuzish yuzasidan
mustaqil ish tashkil qilish.
«Qovun sayli» yoki «Qovun bozori» mavzusida quyidagicha
amaliy - ijodiy ish o‘tkazish mumkin:
1-bosqichda umumiy suhbat natijasida yaratilgan lug‘at:
Do'stlaringiz bilan baham: