Ona tili o‘qitish metodiкasi


ONA TILI TA’LIMINING VOSITALARI



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

 
ONA TILI TA’LIMINING VOSITALARI
 
Tayanch tushunchalar: 
Darslik, ona tilidan qo‘shimcha vositalar: chizmalar 
(transporantlar), o‘quv filmlari va diafilmlar, ovozni yozib olish 
vositalari, slayd - jadvallar, portret, peyzaj, ma’rifiy matnlar, rasmli 
albom, televideniya ko‘rsatuvlari, lug‘atlar: «O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi», «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «Imlo lug‘ati», 
«O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati», «O‘zbek 
tili morfem lug‘ati», «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati», «O‘zbek tili 
sinonimlarining izohli lug‘ati», «O‘zbek tili omonimlarining izohli 
lug‘ati», «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati», «Paronim 
so‘zlar lug‘ati», «Geografik nomlar lug‘ati», «O‘zbek tilining qisqa 
etimologik lug‘ati»; o‘quv lug‘atlari: «O‘zbek tilining so‘z tarkibi 
o‘quv lug‘ati», «O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati», 
«O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining 
so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati», «O‘zbek tilining zid ma’noli 
so‘zlar o‘quv lug‘ati», «Qo‘shib yoziladimi, ajratib», «O‘zbek tilining 
shakldosh so‘zlar o‘quv lug‘ati», «O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar 
o‘quv izohli lug‘ati». 
Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari
. Ilk bosqichda: 1. Ona tili 
o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklar. 2. O‘zbek tili bo‘yicha 
lug‘atlar: «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining uyadosh 
so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek 
tilining shakldosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining zid ma’noli 
so‘zlar lug‘ati».
Ikkinchi bosqichda bu vositalar sirasi «O‘zbek tilining so‘z yasash 
lug‘ati», o‘zbek tilidagi ensiklopediya, ona tili mashg‘ulotlarida 


121
og‘zaki va yozma tasvir uchun izohli albom, ishlatilishi lozim bo‘lgan 
zarur so‘zlar berilgan rasm-tasvirlar va h.k. bilan to‘ldirilishi lozim. 
Ta’lim usuli, asosan, induktivdir. Shuning uchun mashg‘ulotda 
faol ishlovchi o‘quvchining o‘zidir. Har bir mashg‘ulot taxminan 
to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: 1. Takrorlash. 2. Berilgan material-
larning o‘quvchilar tomonidan tahlili. 3. Berilgan materiallarni 
o‘qituvchi yordamida umumlashtirish va hukm chiqarish. 4. Hosil 
qilingan umumiylikni amalda qo‘llash va sinash, o‘quv topshiriqlarini 
bajarish.
Darslik Davlat ta’lim standartlari talablariga mos, o‘rnatilgan 
tartibda tasdiqlangan fanning o‘quv dasturi asosida mavzularni to‘liq 
yoritgan va fanning asoslarini o‘rganishga yordam beruvchi nashr 
hisoblanadi.
Maktabda o‘rganiladigan barcha sinflar uchun yaratilgan 
darsliklar bir-biriga bog‘liq holda tuziladi va ta’limning uzviyligiga 
amal qiladi. Darslik davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Darslik nafaqat bilim va ma’lumot beruvchi, balki o‘quvchini 
o‘ziga jalb etadigan, qiziqtiradigan noyob kitob bo‘lishi shart. 
O‘quvchi darslik orqali shu predmet, shu fan olamiga kirib boradi. 
Darslikning mukammalligi, o‘quvchining didiga mosligi ta’lim 
samaradorligining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ona tili darsligi–ta’limning muhim vositasi. Maktab ona tili 
darsligi o‘quvchilar uchun bilim olishning asosiy manbai bo‘lib, u 
DTS talablari va unga muvofiq tuzilgan dastur asosida yaratiladi. 
Darslik zimmasiga asosan quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
– o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha 
nutqning og‘zaki va yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish 
uchun zarur bo‘lgan ilmiy -amaliy ma’lumotlar berish; 
– o‘quvchilarni o‘zbek tilida to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, 
imlo va punktuatsiyaning asosiy qoidalari bilan qurollantirish; 
– fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish yo‘llari bilan 
tanishtirish; 


122
– muayyan bir xabar yoki ma’lumotni turli shakllarda berish 
usullarini o‘rgatish; 
– o‘quvchilarda milliy ong va milliy mafkurani tarbiyalash; 
– kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan ish qog‘ozlarini yuritish. 
Ona tili darsligida ona tili ta’limining maqsadi voqelanadi. 
Modomiki, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarni 
ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va 
yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini 
shakllantirish va rivojlantirish ekan, bu maqsad darslikda o‘z ifodasini 
topadi.
Ona tili darsliklari bosqichli ketma-ketlik tamoyilida tuzilgan 
bo‘lib, tilshunoslik bo‘limlari o‘zaro zich aloqadorlikda berilgan. 
Shuning uchun «Ona tili» o‘quv dasturining «Uqtirish xati»da qayd 
qilinganidek, 5-sinfning birinchi yarim yilligida sintaksis va 
punktuatsiyadan–sodda va qo‘shma gap, gapning markazi, gap 
bo‘laklari, undalma va uyushiq bo‘laklar, ko‘chirma gap, ulardagi 
tinish belgilari, leksikadan–so‘zning ma’nosi, o‘z ma’no va ko‘chma 
ma’no, ma’nodosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar, zid ma’noli so‘zlar, ibora 
va tasviriy ifodalar, morfologiyadan–o‘zakdosh so‘zlar, mustaqil va 
yordamchi so‘z turkumlari, o‘zak, qo‘shimcha, shakl yasovchi va so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar o‘rganiladi. «Muqaddima» deb nomlangan bu 
bo‘lim keyingi bosqichlarda butunni bo‘laklarga ajratib o‘qitish uchun 
zamin hozirlaydi va bo‘limlararo uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi. 
Ona tili darsligidagi materiallar xususiylikdan umumiylikka qarab 
boradi. O‘quvchilar darslikda berilgan bir qator ilmiy-amaliy 
topshiriqlarni bajargandan so‘ng umumlashma va xulosa chiqaradilar. 
Darslikda «Bilib oling», «Esda tuting» singari ko‘rsatkichlar(shartli 
belgilar) orqali berilgan ma’lumotlar o‘ta zaruriy tushuncha va 
ta’riflarni o‘z ichiga oladi. 
Darslik o‘rganilganlarni mustahkamlash va takrorlashni ham o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Har bir mavzu yoki bo‘limning oxirida 
berilgan ijodiy-amaliy ishlar (savol va topshiriqlar, matn yaratish
«Topqirlar bellashuvi» o‘tkazish, berilgan test topshiriqlariga javob 


123
qaytarish) o‘quvchilarning egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini 
mustahkamlaydi. 
Darslik o‘quvchi uchun bilim manbayi bo‘lsa, o‘qituvchi uchun 
o‘quv qo‘llanmasidir. Chunki ko‘p hollarda dars darslik qolipi asosida 
quriladi. 
Darsni darslik qolipi asosida qurish faqat darslikda berilgan o‘quv 
topshiriqlaridan foydalanish emas, albatta. O‘qituvchi darslikdan 
ijodiy foydalanadi. Zaruriyat tug‘ilganda mashq shartiga qo‘shimcha 
shartlar kiritadi, berilgan shartni yangi shart bilan almashtiradi, lozim 
topsa, darslikdagi mashq o‘rnida o‘zi tuzgan mashqdan foydalanadi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish