Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Muqaddima» bo‘limining mazmuni



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«Muqaddima» bo‘limining mazmuni. 
«Muqaddima» bo‘limi 
o‘quvchilarni sintaksis va punktuatsiya, fonetika, mustaqil hamda 
yordamchi so‘zlar va leksikani alohida-alohida bo‘lim sifatida 
o‘rganish uchun dastlabki zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan 
qurollantiradi.
 
O‘quvchi «Muqaddima» bo‘limi orqali ona tilidan o‘rganiladigan 
bilimlarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini, har bir mavzu bir halqa 
bo‘lib, bu halqalar bilim zanjirini hosil qilishini uqib olishi shart. 
O‘quvchi har bir mavzuni puxta o‘rganishi va o‘z «shaxsiy mulki»ga 
aylantirishi kerak. Bilim, malaka va ko‘nikmalar halqalardan iborat 
zanjirga o‘xshashini, har kun olinadigan yangi bilim halqalari oldingi 
halqalarga bog‘lanishi lozimligini o‘quvchi teranroq anglab etmog‘i 
lozim. 
«Sintaksis» bo‘limini o‘rganishda eng muhim masalalardan biri 
«kesim–gap markazi» degan tushunchani o‘quvchilar ongiga 
singdirishdir. Buning uchun ular 
bordi, yozdik, oladilar, bajaramiz
singari so‘zlar tanlab, bu so‘zlarni shaxslar bo‘yicha tuslab, shaxsga 
ishora qiluvchi qo‘shimchani aniqlaydilar (masalan, 
o‘qidim

men 
o‘qidim
), so‘z o‘zagiga shaxs, son, zamon qo‘shimchalarini qo‘shib 
kesimlar hosil qiladilar, shaxs olmoshlarining ma’nolarini 
tushuntiradilar. 
Ikkinchi bosqichda ixcham gaplarning egasini tiklash va ularni 
sodda yig‘iq gaplarga, uchinchi bosqichda ikkinchi darajali bo‘laklar 
qo‘shish orqali sodda yoyiq gaplarga aylantirish ustida ish olib 
boriladi. 
«Muqaddima» bo‘limi gap bo‘laklari xususida ma’lumot berishni 
ham ko‘zda tutadi. Dastur talabiga ko‘ra avval hol, keyin to‘ldiruvchi 
va so‘ngra aniqlovchi o‘rganiladi. Chunki kesimdan savol berganda 
hol va to‘ldiruvchi hisobidan sodda yig‘iq gaplar kengaytiriladi. 


141
Aniqlovchi esa gap kengaytiruvchisi emas, balki so‘z kengay-
tiruvchisidir. 
Gapni berilgan qoliplar asosida kengaytirish nutqni rivojlan-
tirishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar «Gap qoliplari» 
mavzusini o‘rganish jarayonida ikki xil gap qolipiga duch kelishadi: 
1. So‘roqlar yordamida berilgan gap qoliplari (masalan, qanday? 
nima? qachon? nima qildi? kabi). 
2. Ramzlar orqali berilgan gap qoliplari. 
«So‘z birikmasi» mavzusini o‘rganishda aniqlovchili birikmalar
to‘ldiruvchili birikmalar, holli birikmalar hosil qilish yoki aralash 
qolda berilgan birikmalarni muayyan birikmalarga ajratish, so‘z 
birikmalaridagi hokim va tobe so‘zni aniqlash singari ijodiy-amaliy 
ishlar o‘quvchilar nutqini rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir. 
«Undalma» mavzusini o‘rganishda asosiy e’tibor undalmalarning 
gapdagi o‘rni, ularning imlosi va ohangi ustida ishlashga qaratiladi. 
«Uyushiq bo‘laklar» mavzusini o‘rganishda berilgan so‘roq 
gaplar yordamida uyushiq bo‘lakli darak va undov gaplar hosil qilish
uyushiq egalar, uyushiq hollar, uyushiq to‘ldiruvchilar, uyushiq 
aniqlovchilardan foydalanib matnlar hosil qilish, uyushiq bo‘laklarda 
qo‘llaniladigan tinish belgilari va bunday gaplarni o‘qish ohangi 
ustida ishlashga e’tibor kuchaytiriladi. 
«Muqaddima» bo‘limining 2-qismi mustaqil va yordamchi 
so‘zlarga oid bo‘lib, bu bo‘limni o‘rganish natijasida o‘quvchilar 
so‘zlarni fe’llar, otlar, sifatlar, sonlar, ravishlar, olmoshlar; 
ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar kabi guruhlarga ajrata 
oladigan bo‘lishlari lozim. 
Yordamchi so‘zlarning o‘quvchilar nutqida tez-tez qo‘llanilishini 
nazarda tutib, mazkur bo‘limni 5 - sinfda o‘rganish ma’qul. Mazkur 
mavzularni o‘rganishda asosiy e’tibor bu so‘zlarni gap tarkibida 
qo‘llashga qaratiladi. Ayniqsa, sodda gap juftlarini bog‘lovchilar yoki 
yuklamalar vositasida bog‘lab, ularni bir gapga aylantirish, gaplarning 
mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish (masalan, 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish