Lug‘atlar
–
ona tili ta’limining muhim vositasi.
Maktab ona tili
ta’limining konseptual asoslarida uning zaruriy vositasi ikkita ekanligi
ta’kidlanadi: darslik va lug‘atlar. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini
va nutqini o‘stirishning zaruriy omillaridan biri lug‘atlar ustida
ishlashdir. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil
fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda
131
ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so‘z
zaxirasini vujudga keltiradi.
Ona tili mashg‘ulotlarini lug‘atlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ona
tili mashg‘ulotlarida lug‘atlardan keng foydalaniladi.
Lug‘at bilim manbai va o‘qitish vositasidir. So‘z ma’nosini
sharhlash, ma’lum bir so‘zning imlosini bilib olish, yo‘l qo‘yilgan
imloviy xatoni bartaraf etish, so‘z guruhlarini mustaqil davom ettirish,
berilgan so‘zga ma’nodosh, uyadosh, qo‘shimchadosh so‘zlar tanlash
singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarishda lug‘atlardan keng
foydalaniladi. Ehtiyoj tutilganda o‘quvchining birinchi maslahatchisi
lug‘atdir.
К
eyingi yillarda o‘zbek lug‘atchiligi katta muvaffaqiyatlarni
qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 12 tomli «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»
( Toshkent, «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyoti, 2004.), 5 tomli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»
(Toshkent, «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyoti, 2007), «Imlo lug‘ati» (Toshkent, «O‘qituvchi»,1995),
«O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo
lug‘ati»(Tuzuvchilar: T. Tog‘ayev, G. Tavaldiyeva, M. Akromova.
Toshkent, «Sharq», 2004.), «O‘zbek tili morfem lug‘ati»
(A. G‘ulomov va boshqalar.Toshkent, «O‘qituvchi»,1977), «O‘zbek
tilining frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent,
«Qomuslar» Bosh tahririyati,1992.), «O‘zbek tili sinonimlarining
izohli lug‘ati»(A.Hojiyev. Toshkent, «O‘qituvchi»,1974), «O‘zbek
tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent,
«O‘qituvchi» 1984), «O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati»
(H. Berdiyorov, R. Rasulov. Toshkent, «O‘qituvchi», 1984), «O‘zbek
tili antonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent,
«O‘qituvchi»,1980), «Paronim so‘zlar lug‘ati» (Z.Ma’rupov.
Toshkent, «O‘qituvchi»,1971), «Geografik nomlar lug‘ati»
(S.Qorayev. Toshkent, «O‘zbekiston»,1978), «O‘zbek tili
etnografizmlarining izohli lug‘ati» (N. Mirzayev. Toshkent, «Fan»,
1991), «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati»(III) (Sh. Rahmatullayev.
Toshkent, «Universitet» 2009), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (Sh.
132
Rahmatullayev, A. Hojiyev. Toshkent, «O‘qituvchi», 2011),
shuningdek, joy nomlari lug‘ati, turli sohaga oid atamalarning izohli
lug‘atlari (masalan, paxtachilik atamalarining izohli lug‘ati, matematik
atamalarning izohli lug‘ati, savdo-sotiqqa oid atamalarning izohli
lug‘ati kabi)ning chop etilganligi o‘zbek lug‘atchiligining
taraqqiyotidan dalolat beradi. Ammo bu lug‘atlarning ko‘pchiligi
akademik lug‘atlar bo‘lib, maktabda ulardan foydalanish ancha
qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun bugungi kunda maktab
o‘quvchilariga mo‘ljallangan va ular uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv
lug‘atlari yaratildi va yaratilmoqda. Bunday lug‘atlar qatoriga
«O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati» (B. Mengliyev,
B. Bahriddinova. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining ma’nodosh
so‘zlar o‘quv lug‘ati»(O. Shukurov, B. Boymatova. Toshkent, 2006),
«O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati» (B.
Mengliyev,
M. Xudoyberdiyeva. Toshkent, 2009), «O‘zbek tilining so‘zlar
darajalanishi o‘quv lug‘ati»(I. Islomov, Sh. Bobojonov. Toshkent,
2006), «O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv lug‘ati» (U.
To‘rayeva, D. Shodmonova. Toshkent, 2006), «Qo‘shib yoziladimi,
ajratib» (T. Jumayev, T. Valiyev. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining
shakldosh so‘zlar o‘quv lug‘ati» (X. Suvonova. Toshkent, 2006),
«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»
(Yo. Hamrayeva. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar
o‘quv izohli lug‘ati» (X. Norxo‘jayeva. Toshkent, 2006), «O‘zbek
tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati» (B. Mengliyev, B. Bahriddinova,
O‘. Xoliyorov. Toshkent, 2008), «O‘zbek tilining o‘quv toponimik
lug‘ati» (T. Nafasov, V. Nafasova. Toshkent, 2007), «O‘zbek tilining
talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» (T. Nafasov, V. Nafasova.
Toshkent, 2007), «Ona tili. Qomus» (B. Mengliyev, O‘. Xoliyorov.
Toshkent, 2010).
Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur
malakalarga ega bo‘lishi lozim. Ana shu malakalardan eng muhimi
alifbo tartibini puxta bilishdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi
lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun
o‘quvchilarning alifbo tartibini yaxshi bilishlariga erishish lozim.
133
O‘quvchi qanday sharoitda qaysi lug‘atdan foydalanish kerakligini
ham bilishi lozim.
O‘quvchi yoshlarning mustaqil fikrlash faoliyatlari nutqiy
(yozma, og‘zaki) jarayonda so‘zlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchi
so‘z boyligining holati so‘zlarni o‘rnida qo‘llash masalasi kabi muhim
omillar fikr va nutq birligini ta’minlaydi. Ona tili darslarida
o‘quvchining mustaqil fikrlash malakalarini hosil qilish maqsadida,
eng avvalo, ularning lug‘at boyligiga e’tiborni qaratish lozim.
O‘quvchining so‘z boyligi uning o‘qigan badiiy asarlari, turli ilmiy-
ommabop adabiyotlar, darsliklar, ommaviy axborot vositalari,
to‘plangan ma’lumotlari orqali belgilanadi. So‘z boyligi yillar
davomida ongli va ongsiz tarzda to‘planadi. Ona tili darslarida
o‘quvchi xotirasida to‘plangan so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni
talaffuz qilish, xatosiz yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.
Nutqni rivojlantirish bilan birga bugungi kunning eng dolzarb
muammolaridan biri savodxonlik–imloviy xatolarni kamaytirishga
ham erishish mumkin.
Agar «Imlo lug‘ati» va boshqa lug‘atlar bilan ishlash shu tarzda
yo‘lga qo‘yilsa, biz ona tili ta’limidagi uzluksizlikning bir jihatini
ta’minlashga erishamiz. «Ona tili ta’limidan asosiy maqsad
«o‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy
vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli
foydalanish
ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish
malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va
barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun
so‘z boyligi omili davlat standartida muhim o‘rin egallashi lozim»,–
deya mutaxassis olimlar o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda
lug‘atlar bilan ishlash omilining muhimligini bayon qiladilar.
1
O‘quvchilarni lug‘atlar bilan ishlashga o‘rgatishni ko‘p hollarda
5-sinfdan boshlash lozimligi ta’kidlanadi. Bizningcha esa, lug‘at bilan
ishlashga o‘rgatishni tizimiy bir shaklda boshlang‘ich ta’limdayoq
boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu davrda lug‘atlardagi
1
Ne'matov H., Gulomov A., Ziyodova T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda o‘quvchilar so‘z boyligini
oshirish. T.: "Xalq merosi", 2000, 7-b.
134
umumiste’molda eng ko‘p qo‘llanuvchi, talaffuzi qiyin so‘zlarga
e’tibor qaratgan ma’qul. Umuman olganda, o‘quvchilarning lug‘at
ustida ishlashi, lug‘atlar darsliklarning ajralmas qismiga aylanishi,
lug‘atlar umumta’lim maktablaridagi har bir dars, mashg‘ulotlarning
tarkibiy qismi bo‘lib qolishi lozim. Buning uchun, avvalo, har bir fan
o‘qituvchisi o‘z sohasi doirasida lug‘at daftari yuritishni tashkil qilishi
juda muhimdir. Buning boshqa bir jihati ham borki, bunda o‘quvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |