Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplari



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplari. 
O‘qituvchi ona 
tilining umumdidaktik prinsiplari bilan bir qatorda, uning o‘ziga xos 
prinsiplarini ham yaxshi bilishi va ta’lim jarayonida unga qat’iy amal 
qilishi lozim. 
Ilmiy–metodik adabiyotlarda ona tili o‘qitishning o‘ziga xos 
prinsiplari xususida turli xil fikrlar, qarashlar mavjud. Ayniqsa, bu 
turli-tumanlik prinsiplarning nomlanishida, tushunchalarni izohlashda 
ko‘proq namoyon bo‘ladi. 
Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplari shu tilning o‘z 
tabiatidan kelib chiqadi. Modomiki shunday ekan, tildan 
o‘rganiladigan bilimlarning manbayi ham o‘zbek tilshunosligi fani 
sanaladi. Chunki tildan beriladigan bilimlarning nazariy asoslari, 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari tilshunoslik fanida o‘z ifodasini 
topgan. Ammo tilshunoslik fani «Tilni qanday o‘qitish kerak?», 
«Tildan o‘zlashtiriladigan bilimlarning hajmi va mundarijasi qanday 
bo‘ladi?» degan savollarga javob topa olmaydi. Zero, bular 
tilshunoslik fanining vazifasi sanalmaydi. Chunki tilni o‘qitish 
muammolari bilan metodika shug‘ullanadi. Demak, tilni o‘qitishning 
metodik prinsiplari, bir tomondan o‘zbek tilining o‘z xususiyatlaridan 
kelib chiqsa, ikkinchi tomondan, tilni o‘zlashtirish psixologiyasiga 
ko‘ra belgilanadi. Biz quyida ona tilining o‘ziga xos prinsiplariga 
alohida-alohida to‘xtalamiz: 
«Til-me’yor-nutq mutanosibligi» prinsipi. 
Ma’lumki, ona tili 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘p hollarda tilga oid nazariy bilimlarni 
egallash bilan o‘ralashib qolib, til me’yorlaridan unumli foydalanish
nutqni takomillashtirish ustida kam ishlaydilar. Bu hol, shubhasiz, ona 
tili darslarida o‘quvchilarning zerikishiga, zo‘rma-zo‘raki 
«o‘rganilgan» til hodisalarining tezda unutilishiga sabab bo‘lmoqda. 


61
Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini 
tarbiyalash, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, «til-me’yor-
nutq mutanosibligi» prinsipiga qat’iy amal qilmay turib, unga erishib 
bo‘lmaydi. 
Til nima? «Til deganda,–deb ta’rif beradi H.Ne’matov, –
jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar 
tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan,hamma uchun umumiy, 
ya’ni qabul qilinishi va qo‘llanilishi majburiy, fikrni shakllantirish, 
ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda 
bu birliklarning o‘zaro birikishi va bog‘lanishini belgilovchi qonun-
qoidalar yig‘indisi tushuniladi». Demak, til fikrni shakllantirish va uni 
yuzaga chiqarish, birovga yetkazish uchun imkoniyat sifatida 
o‘quvchining ongida mavjud. 
Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari, 
qo‘shimchalar, so‘zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini 
o‘quvchi jamiyatdan tayyor holda oladi, hali ona tilini maxsus o‘quv 
fani sifatida o‘rganmagan shaxs ham so‘zlarni o‘zaro biriktirib, gap 
qura oladi. U o‘z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o‘zgalar fikrini 
tushunadi. 
Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko‘nikmalar 
o‘quvchining o‘zida mavjud bo‘lgan ana shu imkoniyatlarni 
kengaytiradi; ya’ni uni o‘zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib 
kirish orqali fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon 
ifodalashga erishtiradi. 
Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va 
vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad 
ko‘p va xilma-xildir. 
Me’yor nima? Me’yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini 
o‘quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, 
me’yor nutqni ro‘yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun ko‘rsatkichlar majmuasi sanaladi. Me’yorning oliy 
ko‘rinishi milliy, adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til 
me’yorlaridan xabardor o‘quvchigina ona tili ta’limining so‘nggi 
natijasi - matn yaratishga qodirdir. 


62
Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, 
voqelanishidir. Tilning boy ichki imkoniyatlaridan xabardor shaxs o‘z 
fikrini og‘zaki va yozma shaklda bemalol bayon qila oladi. 
Ona tili ta’limida «til - me’yor - nutq» o‘zaro chambarchas 
bog‘langan bo‘lib, birini ikkinchisisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dars 
mashg‘ulotlarida ular o‘rtasida mutanosiblik o‘rnatilmasa, ona tili 
ta’limining asosiy maqsadi– nutqiy taraqqiyot ortda qoladi.

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish