Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

O‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv 
imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. 
Ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o‘quv 
imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim prinsiplaridan 
biri bo‘lib, u ona tili o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim 


58
ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal qilmay turib, til hodisalarini 
puxta va ongli o‘zlashtirishga erishib bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, ona tilining izchil kursini o‘rganish, asosan, o‘rta 
maktab yoshi–o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda 
o‘quvchilarda topshiriqni o‘z vaqtida aniq va yaxshi bajarishga 
harakat rivojlanadi. O‘smirlik davrida qayta xotiralashga oid 
topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga ishtiyoq 
kuchayadi. Agar boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar ko‘proq ko‘rgan 
yoki kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda 
o‘zlari shaxsan kuzatmagan, ko‘rmagan, ammo boshqalardan eshitgan 
voqea-hodisalarni qo‘shib uni bayon qilishga urinadilar. O‘quvchilar 
bu yoshda rasmda aks ettirilgan voqealar haqida fikr yuritish bilan 
cheklanmay, rasmda ko‘zga tashlanmayotgan, ammo mavzuga 
bevosita aloqador bo‘lgan fikrlarni ham qo‘shib, uni bayon eta 
oladilar. 
К
ichik yoshdagi o‘quvchilarda ijodiy fikr ko‘proq aniq 
voqea-hodisalar natijasida hosil bo‘lsa, o‘smirlik davriga o‘tgan sari 
bu xususiyat o‘z ko‘lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan 
narsalarni tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni 
tahlil qiladi; o‘zaro taqqoslaydi, ularning muhim o‘xshash va farqli 
belgilarini izlaydi hamda hukm va xulosalar chiqaradi. 
Ona tili darslarida o‘smirlarning real o‘quv imkoniyati hisobga 
olingan taqdirdagina ta’lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali 
o‘quvchi layoqatiga muvofiq kelgan taqdirda u
 
faollik ko‘rsatishi 
mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining shaxsiy 
qobiliyatini aniqlashi va ta’lim jarayonida uni hisobga olishi zarur. 
Ma’lumki, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, 
qiziqish va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. 
O‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan, ijodiy fikrlay oladigan o‘quvchi 
rasm asosida insho yozish kerak bo‘lganda nafaqat rasmda 
ko‘rayotgan narsalarini, balki o‘zining hayotiy taassurotlarini qo‘shib 
insho yoza oladi. O‘zlashtirish darajasi va fikrlash qobiliyati bo‘sh 
bo‘lgan, til sezgirligi talab darajasida bo‘lmagan o‘quvchi xuddi shu 
inshoda hatto rasmda ko‘rayotganlarini ham to‘laligicha bayon qilib 


59
bera olmaydi. Demak, o‘quvchilarda o‘quv imkoniyati har xil bo‘lib, 
bu ularning bilish faoliyatiga ta’sir yetmay iloji yo‘q. 
O‘quvchilarning o‘quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi 
asoslarga ega. 
O‘quv imkoniyatining ichki asoslariga o‘quvchilarda nutq 
malakalarining shakllanganlik darajasi,fikrlash va esda saqlab qolish 
qobiliyati, tafakkur usullarini bilishi va uni zarur o‘rinlarda to‘g‘ri 
ishga sola olishi, tez o‘qish va yozish malakalarining mavjudligi, til 
materiallarini o‘rganishga munosabati kabilarni kiritish mumkin. 
Tashqi omillarga ona tili ta’limining mazmuni, o‘quvchilarning til 
muhiti (uyda ham, maktabda ham o‘zbek tilida so‘zlashadigan 
o‘quvchilarning o‘quv imkoniyati turli tilda so‘zlashadigan 
o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatidan farq qiladi), ularga qo‘yilgan 
yagona imloviy va nutqiy talab, o‘qituvchining nutqi, maktabning 
moddiy texnikaviy ta’minoti kabilar kiradi. 
Ona tili darslarida o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari 
hamda real o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipiga qat’iy amal 
qilish quyidagi afzalliklarga ega: 
1. O‘qituvchi tomonidan tanlanadigan o‘quv topshiriqlarini 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati 
vujudga keladi. O‘qituvchi o‘quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda 
darslik va qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanadi. 
2. O‘quv imkoniyatini aniqlash ona tili o‘qitishning shakl, metod 
va usullarini to‘g‘ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars 
turini tanlashga imkon beradi. 
3. 
O‘quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta’limdan 
foydalanish imkoniyatini beradi. Chunki har bir o‘quvchining o‘quv 
imkoniyatini bilmasdan turib, o‘quv topshiriqlarini tabaqalashtirish 
mumkin emas. Bolaning o‘quv imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq 
esa uni bajarishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi; bilishga bo‘lgan 
ishonchni orttiradi; sinfdagi barcha o‘quvchilarning faollik 
ko‘rsatishlarini ta’minlaydi; vaqtni tejash va barcha o‘quvchilarning 
deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit yaratadi. 


60
4. O‘quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani 
tarbiyalash va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga 
muvofiq keladigan topshiriq shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, 
qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni tarbiyalaydi. Ona tili darslarini 
o‘quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil etish ularning o‘z 
kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlaydi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish