304
o‘zlashtirib
olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan
foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish
bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish
me’yorlarini ham o‘rgatadi.
Modomiki, ona tilining o‘qitilishi bolalarda nutqiy me’yorlarni
tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish yo‘llarini o‘rgatish ekan, demak,
«til», «me’yor», «nutq» tushunchalari ayni bir narsa emas.
Til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga
yetkazish uchun imkoniyat sifatida o‘quvchining ongida mavjud. U
ma’lum bir so‘zlar, qo‘shimchalar, ulaning o‘zaro birika olish
imkoniyatlari va birikish natijalari
haqidagi qonun-qoidalar
majmuasidir. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq
tovushlari, qo‘shimchalar, so‘zlar), ularning birikish qonun-qoidalarini
o‘quvchi jamiyatdan tayyor holda qabul qiladi. Ularni o‘rganish uchun
maktabda o‘qish zarur emas. Umrida maktab ko‘rmagan odamlar ham
tilni hayot, turmush, jamiyat talablari asosida o‘zlashtiradilar.
Lekin til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va
vositalar yordamida yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning
bunday imkoniyatlari behad xilma xildir. Me’yor
mana shu
imkoniyatlarni g‘alvirdan o‘tkazuvchi omildir.
Me’yor jamiyatda ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda til
imkoniyatlaridan foqdalanish uchun ko‘rsatkichlar majmuasidir.
Me’yorning oliy ko‘rinishi milliy-adabiy til uslublari, mezonlarida o‘z
aksini topadi. Milliy adabiy til esa faqat ma’lum bir uslubiy
ko‘rinishdagina yuzaga chiqadi.
Nutq til imkoniyatlarining me’yor g‘alviridan o‘tkazilgan holda
yuzaga chiqishi, voqe bo‘lishidir. Nutq
–
tafakkur mahsuli. Shuning
uchun ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab
o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdir. Fikrni
bayon qilish tafakkur
va til orqali amalga oshadi. Ularning o‘zaro munosabati juda
murakkab jarayondir. Tafakkur tashqi olamning kishi miyasida aks
etishining oliy shakli bo‘lsa, til tafakkurni ma’lum shaklga solib,
so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar bilan ifodalash vositasidir. Tafakkur
305
qancha rivojlantirilsa, o‘quvchining fikr bayon qilish mahorati ham
shuncha yuqori bo‘ladi.
Ona tili mashg‘ulotlari faqat nutqni egallash yo‘llarini emasalan,
balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq
madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib,
u bolaning kundalik oddiy
salom-aligidan tortib, kimga, nimani, qachon, qayerda va qanday
so‘zlashgacha bo‘lgan barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu
madaniyat sirlari ham avvalo ona tili mashg‘ulotlarida
–
til
hodisalarini o‘rgatish jarayonida singdiriladi.
Xullas, ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil
fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki,
yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish, til sezgirligini tarbiyalashga xizmat
qilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: