«ona tili o`qitish metodikasi» fani


-MA`RUZA: “SINTAKSIS” BO`LIMINI O`QITISH METODIKASI



Download 2,01 Mb.
bet162/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

11-MA`RUZA: “SINTAKSIS” BO`LIMINI O`QITISH METODIKASI

(2 soat)

Reja:

    1. “Sintaksis” bo`limining boshqa bo`limlar bilan aloqadorligi

    2. Maktabda “Sintaksis” Bo`limini o`qitishning maqsad va vazifalari.

    3. So`z birikmasini o`qitish metodikasi

    4. Sodda gap sintaksisini o`qitish

    5. Qo`shma gap sitksisini o`qitish

Sintaksisning o`rganish ob`ekti so`z birikmasi va gapdir. Bu bo`lim oldin o`rganilgan bo`limlar: fonetika, so`zshunoslik, so`zlarning lug`aviy shakllari va ma`noviy guruhlari, so`zlarning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog`langan. Chunonchi, gap bo`laklari o`rganilar ekan, so`z turkumlaridan egallangan bilimlarga tayanishga to`g`ri keladi.

“Sintaksis” bo`limini o`qitishda so`zning moddiy va ma`naviy qirrasini chetlab o`tib bo`lmaydi.

Mazkur bo`lim “Fonetika” va “Morfologiya” bo`limlari bilan ham uzviy bog`langan. Chunki “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`qitishda tovushlarning so`z ma`nosiga ta`siri, so`zlarning imlo qoidaliriga muvofiq to`g`ri yozish; so`zning lug`aviy ma`nolari, ma`nodosh, uyadosh, shakldosh so`zlar, atamalar va shevaga xos so`zlar, tasviriy ifoda va iboralar; so`z turkumlari ustida ishlash davom ettiriladi.

Sintaksisning ohang va tinish belgilari bilan aloqadorligi xususida gap bo`lishi mumkin emas. Zero, ifodali o`qish malakalari ham shu bo`limni o`qitishda maromiga etadi.

Mazkur bo`lim o`quvchining gap ohangi xususida bilim, malaka va ko`nikmalarni kengaytiradi. “Men keldim”, “Men keldim!”, “Men keldim?” tipidagi gaplarning uch xil ohangi bilan o`qituvchi va uch xil ma`noga egaligi shu bo`lim orqali o`quvchi ongiga singdiriladi.

“Sintaksis”ni o`rganish jarayonida o`quvchining punktucion malakalari to`la shakllanadi. U qaysi tinish belgidan qanday sharoitda foydalanish kerakligini shu bo`lim orqali mukammal egallaydi.

Maktabda “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`qitishning maqsad va vazifalari.

Maktabda “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`qitishning maqsad va vazifalari ona tili ta`limining maqsad va vazifalari bilan uyg`undir. Modomiki, “Ona tili o`qitish koncepciyasi”da ona tili ta`limining asosiy maqsadi “Ta`lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish” deb belgilangan ekan, demak, mazkur bo`limni o`qitish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. O`quvchilar “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`rganish orqali eng so`nggi natija-sodda va qo`shma gaplardan nutqiy faoliyatda (og`zaki va yozma) foydalanish malaka va ko`nikmalarni egallaydilar. Demak, mazkur bo`limni o`qitishda o`qituvchining diqqat markazida sodda va qo`shma gaplardan iborat matnni maqsadga muvofiq ravishda to`g`ri o`qish, mazmunini tushunish, o`quvchilarning matn yaratish mahoratini kengaytirib turishi lozim.

Belgilangan maqsadga erishish uchun “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limi oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:


    1. So`zlarning sintaktik munosabatga kirishish yo`llari (moslashuv, boshqaruv, bitishuv), so`z birikmalarida hokim so`z va tobe so`z, so`z birikmasi va so`z, ibora va gap orasidagi farq xususida o`quvchilarga puxta nazariy bilim hamda amaliy malaka va ko`nikmalar hosil qilish.

    2. Sodda gap, kesim va uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar, ifodalangan egali va yashiringan egali gaplar egasiz gaplarning turlari; yoyiq gaplar (hol, uning ma`no turlari va ifodalanishi; to`ldiriuvchi va uning ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so`z-gaplar; uyushiq bo`laklar; ularning ohangi va tinish belgilari; gapda ajratilgan izoh bo`laklar; gapda kiritmalar; gapda undalma; to`liqsiz gap haqida ma`lumot berish hamda ulardan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko`nikmalarni takomillashtirish.

    3. Ikki va undan ortiq soda gaplarni turli vositalar bilan biriktira olish.

    4. Nutqda teng bog`lovchilar vositasida bog`langan qo`shma gaplar, ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo`shma gaplar, yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplar, nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gaplar, faqat ohang, vositasida bog`langan qo`shma gaplardan foydalanish malaka va ko`nikmalarini mukammali egallash.

    5. Sodda va qo`shma gaplarda tinish belgilarini to`g`ri hamda o`rinli qo`llay olish malaka va ko`nikmalarini hosil qilidirish.

    6. Sodda va qo`shma gaplarni to`g`ri o`qish malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish.

    7. Sodda va qo`shma gaplarni mazmunini saqlagan holda shaklini o`zgartirish malaka va ko`nikmalarini singdirish.

    8. Kesimdan savol berish orqali gaplarni hollar, to`ldiruvchilar va aniqlovchilar bilan kengaytirish malkalarini takomillashtirish.

    9. Sodda va qo`shma gap tarkibidagi so`zlarni ularning vazifadoshlari (qiymatdoshlari) bilan almashtirish malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish.

    10. Sodda va qo`shma gaplardagi ma`no nozikliklarini farqlashga o`rgatish.

    11. Sodda va qo`shma gaplarda foydalangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop, publicistik, badiiy va rasmiy-idoraviy uslublarda matn yaratish malaka va ko`nikmalarini kengaytirish.

“Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`qitishda boshqa til sathlarini o`qitishda bo`lgani kabi imloviy, talaffuziy va uslubiy xatolar ustida ishlash davom ettiriladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, 8-9-sinflarda ham rasmiy-idoraviy ish qog`ozlari ustida ishlash davom ettiriladi. “Sitaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini o`qitishda o`quvchilar ish qog`ozlarining: majlis bayonnomasi, shartnoma mantlari tuzish, murakkab ma`lumotnomalar yozish, rasmiy xatlar kabi murakkab ko`nikmalari bilan tanishtiriladi.

Xullas, mazkur bo`lim nafaqat o`quvchilarni sintaksis yuzasidan nazariy ma`lumotlar bilan qurollantiradi, balki sintaksisni boy, rang-barang imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko`nikmalarini hosil qildiradi.

Dastur talabiga ko`ra, 8-sinfda sodda gap sintaksisi, 9-sinfda qo`shma gap sintaksisi o`rganiladi.

8-sinfda dastlab “Sintaksis. Og`ang va tinsh belgilari” bo`limi haqida umumiy ma`lumot beriladi. O`quvchilar tilning ijtimoiy vazifasi, fikrni shakllantirishda tilning qaysi birliklari xizmat qilishi, so`zshunoslik (leksika), morfologiya va sintaksisning nimani o`rganishi va o`rgatishi xususida bahs-munozara yuritadilar.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish