Chi 19- guruh talabasi Subxonova Sitorabonuning Ingliz va o’zbek tillarida sodda gaplarning ifodalanishi mavzusidagi kurs ishi



Download 80,79 Kb.
bet1/9
Sana21.07.2022
Hajmi80,79 Kb.
#833113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
S. SITORABONU


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI


11-13 CHI - 19- guruh talabasi


Subxonova Sitorabonuning
Ingliz va o’zbek tillarida sodda gaplarning ifodalanishi
mavzusidagi
KURS ISHI
5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Abdullayeva G. G.
Buxoro 2022


MUNDARIJA:



  1. INGLIZ VA O’ZBEK TILI GRAMMATIKASIDA GAPLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI……………………………………3

  2. INGLIZ TILIDA SODDA GAP VA UNING IFODALANISHI………10

  3. O’ZBEK TILIDA SODDA GAPNING YASALISHI………………..16

  4. INGLIZ VA O’ZBEK GRAMMATIKASIDA SODDA GAPLARNI IFODALASHNING O’XSHASH TOMONLARI……………………19

  5. INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLAR TUZISHNING FARQLI TOMONLARI………………………………………………26

  6. XULOSA………………………………………………………………30


I.INGLIZ VA O’ZBEK TILI GRAMMATIKASIDA GAPLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI
Ingliz tilida sodda gaplar o’zbek tilidagi sodda gaplar tizimiga mos keladi.
She works. I write a letter.
U ishlaydi. Men hat yozaman.
Biz hozirgi paytdagi qo’shma gaplarni o’rganib ularni qiyoslashga harakat qilamiz. Tilshunoslikda bu turdagi gaplar ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganib kelinayotgan hodisalardan biridir. Qo’shma gaplar va ularga ta’riflar ko’plab olimlar tomonidan ancha yillardan beri talqin qilib kelinayotgan bo’lsada, hozirgi kunda ham bu masala muhokamali mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. XIX asrning o’rtalarida gaplar tuzilishiga ko’ra tasniflangan va ular murakkab gaplarni tashkil etgan bo’laklar ―Clause‖ lar ega va kesimdan iborat ekanligini ko’rsatganlar. Bu masala bilan HUZ, FRUZ kabi olimlar ham shug’ullanganlar. Bizga ma’lumki, bizgacha qo’shma gaplar har ikki tilda ham mukammal o’rganilgan. Qo’shma gaplarni ko’plab olimlar o’rganib, bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar kabi turlarga ajratganlar. Rus olimi Kaushanskaya bog’langan qo’shma gapni quyidagicha ta’riflagan:‖ A Compound sentence is a sentence which consists of two or more clauses coordinated each other.‖
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gaplar gaplar qo’shma gaplar deyiladi. Sodda gaplarda monopredikativ munosabat mavjud bo’lsa, qo’shma gaplarda esa polipredikativ munosabatlar mavjud. Ya’ni G.G. Pocheptsovning ta’kidlashicha, ―Sodda gaplarda monopredikativlik, qo’shma gap tarkibida esa polipredikativlik xususiyatlari namoyon bo’ladi‖.
Qo’shma gap qismlarining ikki xil birikish usullari mavjud:
A) Parataksis (parataxis)
B) Gipotaksis (hypotaxis)
Parataksis – grekcha so’z bo’lib,bog’lanish,qator tizish degan ma’noni ifodalaydi.1 Bunday qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro munosabati , ayrim leksik tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo’llanilishi, gaplarning intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o’ynaydi. Kecha o’zining qora pardasini yig’ishtira boshladi va ufq oqara boshladi The door of Henry’s lunch-room opened and three men came in. Gipotaksis so’zi ham grekcha bo’lib, gaplarning o’zaro ergashtiruvchi vositalar yordamida tobelashishini anglatadi. Ergash gap bosh gap izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo’lgan qismdir. Ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog’lanadi. Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko’zni quvontiradi. I have come to you, because I knew from reading your accounts that you are Mr. Sherlock Holmes’s most Intimate acquaintance. Ingliz tilida qo’shma gaplar atamasi ilk bor Poutsma tomonidan bog’langan (compound) va ergash gapli qo’shma gaplarning (composite) har ikkalasi uchun ham qo’llanilgan va buning natijasida sodda (simple), bog’langan (compound) va ergash gapli (composite) qo’shma gaplar klassifikatsiyasi vujudga kelgan. Bu klassifikatsiya ingliz grammatikasida XIX asrning o’rtalarida paydo bo’ldi. Lekin an’anaviy til vakillari boshidanoq bu tasnifda bog’langan qo’shma gapga berilgan ta’rifning to’g’ri emasligini anglab yetishgan. Ularning fikricha bog’langan qo’shma gaplar sintaktik jihatdan mustaqil bo’lgan, teng bog’langan gaplardan tashkil topadi. Bizga ma’lumki, hozirda bog’langan qo’shma gap yaxlit sintaktik butunlikdir. The story was amusing but nobody laughed. Ingliz tili qo’shma gaplarini tasniflashda barcha tilshunoslarning qarashlari mavjud.Jumladan,N. A. Kobrina, E. A. Korneyevalar qo’shma gaplarning quyidagi turlari mavjudligini ko’rsatadilar.
1. The Compound Sentences
2. Linked Independent Sentences
3. The Complex Sentence.
4. Structural Patterns of the Complex Sentence.
5. The Complex Sentence with Substantive Clauses.
6. The Complex Sentence with a Subject Clause.
7. The Complex Sentence with a Predicative Clause.
8. The Complex Sentence with an Object Clause.
9. The Complex Sentence with a Complement Clause.
10. The Complex Sentence with an Attribute Clause.
11. The Complex Sentence with an Adverbial Clause.
12. Cases of Structural Arrangements Intermediate between Coordination and Subordination.
13. Inserted Clauses Modelled on the Pattern of Subordinate Clauses. G.Svit qo’shma gaplarni bog’langan va ergash gapli qo’shma gap turlarini farqlaydi. U sodda gaplar ikki xil bo’ladi deb hisoblaydi.
A) independent (hokim)
B) dependent (tobe)
When I came back, I found no one at home When I came back - dependent, I found no one at home - independent
Kaushanskaya ta’kidlaydiki, bir va undan ortiq tobe gap, hamda bosh gapdan tashkil topgan gaplar ergash gapli qo’shma gaplar deyiladi. U ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlarini farqlagan. Har ikkala tilda ham yana shunday gaplar borki, ularning tarkibida ham teng, ham tobe munosabat mavjuddir. Bu gaplarni G’.M. Hoshimov The Mixed Sentences (aralash qo’shma gaplar) deb atagan bo’lsa, Kaushanskaya The compound- complex sentence (bog’langan ergash gapli qo’shma gaplar) deb ataydi. Hamroyev: ―Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo`shma gap deyiladi‖,- deya ta’kidlagan. Dekabr boshlanib, qish o`z hukmini o`tkaza boshladi. Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi (ya’ni grammatik asos) qatnashadi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lovchi vositalar quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin:
1) bog’lovchilar (teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar);
2) bog’lovchi vazifasidagi vositalar (yuklamalar, bo’lsa, esa, deb so’zlari, nisbiy so’zlar, ko’makchili qurilmalar, fe’l shakllari);
3) ohang.
Mazmun munosabati va bog`lovchi vositalarining qo`llanishiga ko`ra qo`shma gaplar 3xil bo`ladi:
1) bog`langan qo`shma gaplar;
2) ergash gapli qo`shma gaplar;
3) bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
Bog`langan qo`shma gaplar va ularning turlari. Teng munosabatdagi sodda gaplarning o`zaro teng bog`lovchilar yoki shu bog`lovchilar vazifasidagi vositalar yordamida bog`lanishidan tuzilgan qo`shma gap bog`langan qo`shma gap
deyiladi: Kechasi qalin qor yog`di, lekin havo sovimadi. Tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro mazmun munosabatiga ko`ra bog`langan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Biriktiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: Bunday qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro va, hamda bog`lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog`lanib, payt, sabab–natija munosabatlarini ifodalaydi, shuning uchun ikkinchi qism oldidan ―natijada‖ so’zini keltirish mumkin: Mashg`ulotlar tugadi va hamma o`z uyiga tarqaldi.
(Mashg’ulotlar tugadi, natijada hamma o’z uyiga tarqaldi)
Odam qo`li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo`ldi.
(Odam qo’li tegdi, natijada tashlandiq yerlar obod bo’ldi.)
Qattiq izg`irin ko`tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo`ydi.
2. Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gaplar:
Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro ammo, lekin, biroq, bog`lovchilari, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog`lanadi:Yurtimizning buguni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo`ladi.
3.Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: Bunday gaplardagi sodda gaplar o`zaro ayiruv bog`lovchilari (goh…goh, yo…yo, yoki….yoki, ba`zan…ba`zan, dam…dam, yoxud…yoxud) yordamida bog`lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea – hodisalarning galma – gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerda garmon tovushi eshitilib qolar edi.
4.Inkor munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: Bunday gaplar qismlari o`zaro na inkor yuklamasi yordamida bog`lanadi va orasiga vergul qo`yiladi:
Na suv bor, na biron yemish qolibdi.
5. Bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. Bunday qo’shma gaplar qismlari o’rtasida zidlash yoki qiyoslash munosabatlari ifodalanadi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi so’zdan keyin keladi: Ertoyev qo’llarini siltab va’z aytmoqda, ular esa, ichki bir tug’yondan qaltirab, cho’yan haykalday qotib turishardi. (O.Y.)

Download 80,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish