Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
354. Harakatning holatini bildiruvchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) ot B) sifat С) fe’l D) ravish
355. Ravish asosan qaysi so‘z turkumiga bog‘lanadi? A) sifatga B) olmoshga С) fe’lga D) otga
356. Ravish gapda qaysi gap bo‘lagi bo‘la oladi?
A) hol, kesim (otlashsa qaratqich aniqlovchi, to‘ldiruvchi) B) hol, kesim, izohlovchi
С) kesim, ega, otlashsa izohlovchi D) faqat kesim bo‘la oladi
357. Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Ushbu gapda ravish qaysi gap bo‘lagi vazifasida
kelgan? A) kesim B) to‘ldiruvchi С) hol D) aniqlovchi
358. Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerga qayg‘u yaqin kelolmaydi. Ushbu gapda ravish qanday ma’noni bildirgan?
A) payt B) holat С) miqdor-daraja D) o‘rin
359. Yordamchi so‘z turkumlariga qaysilar kiradi?
A) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama B) ko‘makchi, bog‘lovchi, so‘z-gaplar
С) bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar D) so‘z-gap, atov gap, modal so‘z
360. Uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan
so‘zlar qanday ataladi? A) ko‘makchilar B) bog‘lovchilar С) yuklamalar D) modal so‘zlar 361. Bog‘lovchilar qaysi
gap bo‘lagi vazifasida keladi?
A) kesim B) bog‘lovchilar gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi С) faqat to‘ldiruvchi D) aniqlovchi
362. Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o‘tgan sari bargchalar
kattalashib, ko‘proq suv, ko‘proq oziq-ovqat so‘ray boshlashdi. Ushbu gapdagi bog‘lovchilarni toping.
A) bu gapda bog‘lovchi mavjud emas B) bilan, ammo D) ammo С) sari, bilan
363. Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o‘tgan sari bargchalar
kattalashib, ko‘proq suv, ko‘proq oziq-ovqat so‘ray boshlashdi. Ushbu gapdagi ko’makchilarni toping.
A) sari B) bilan, ammo C) ammo, sari D) sari, bilan
364. Tobelantiruvchi yordamchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) ko‘makchi B)
bog‘lovchi D) yuklama С) modal so‘z
365. Ko‘makchilar ko‘pincha otlarni nimaga bog‘lab keladi?
A) otga B) fe’lga С) ravishga D) olmoshga
366. Ko‘makchi otni qaysi so‘zlarga tobelantirish imkoniga ega?
A) ravishga, sifatga B) otga, sifatga, olmoshga С) son, fe’l, ravishga D) otga, sifatga, ravishga
367. Ona kabi mehribon. Ushbu gapda ko‘makchi nimani nimaga tobelantirgan?
A) otni fe’lga B) otni sifatga С) otni ravishga D) egani kesimga
368. Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi
yordamchi so‘zlar qanday ataladi? A) yuklama B) bog‘lovchi С) ko‘makchi D) modal so‘z
369. Qaysi yordamchi so‘zlarning ikki xil shakli mavjud? A) modal so‘z B) bog‘lovchi С) ko‘makchi D)
yuklama 370. Yuklama qanday shakllarda bo‘ladi?
A) so‘z holida B) faqat qo‘shimcha holida C) so‘z holida, qo‘shimcha
holida D) so‘z holida, qo‘shimcha holida, so‘z birikmasi holida 371. So‘z-
yuklamalarga qaysi yuklamalar kiradi?
A) mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, sari B) hatto, faqat, atigi, xuddi, naq, hech,
sira С) sari, sayin, kabi, singari D) xuddi, hatto, chunki, ammo 372.
Qo‘shimcha-yuklamalarga qaysi yuklamalar kiradi?
A) mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, sari B) hatto, faqat, atigi, xuddi, naq, hech, sira
С) sari, sayin, kabi, singari D) xuddi, hatto, chunki, ammo
373. Qo‘shimcha-yuklamalarning qaysilari so‘zga qo‘shib yoziladi?
A) -chi, -a, -ya, -da, B) u, -yu, -a, -ya С) -mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, -yoq, -gina D) -mi, -oq, -yoq, -gina
374. Qo‘shimcha-yuklamalarning qaysilari so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi?
A) -chi, -da, -u, -yu, -a, -ya B) -oq, -yoq, -gina C) -chi, -a, -ya, -da, -mi D) -mi, -oq, -yoq, -gina
375. So‘zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon, parrandalarni biror harakatga undashni ifodalovchi
so‘zlarga qanday so‘zlar deyiladi? A) taqlid so‘z B) modal so‘z С) kirish so‘z D) undov so‘zlar 376. Ura, ey, eh,
voy, obbo, hoy, oh kabi so‘zlar qanday so‘zlar?
A) taqlid so‘z B) modal so‘z С) undov so‘z D) kirish so‘z
377. Hayvon, inson va narsalarning tovushi, holatiga taqlid so‘zlar qanday ataladi?
A) taqlidiy so‘z B) modal so‘z С) undov so‘z D) kirish so‘z
378. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 3 turga B) 4 turga С) 2 turga D) 6 turga
379. Qanday so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi?
A) ikki yoki undan ortiq asosdan tashkil topib, bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |