“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


  bob  Aqli  zaif o‘quvchilarning  bog‘langan  og‘zaki  va  yozma  nutqini  o‘stirish



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

5  bob  Aqli  zaif o‘quvchilarning  bog‘langan  og‘zaki  va  yozma  nutqini  o‘stirish 
metodikasi 
5.1.Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. 
Reja: 
 1. Bog‘lanishli nutq xaqida tushuncha. 
2.
 
Aqli zaif o‘quvchilar bog‘lanishli nutqini rivojlanish xususiyatlari. 
3.
 
Yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabida  bog‘langan  nutqni  rivojlantirish  yuzasidan 
olib boriladigan ishlar. 
4.
 
Dialogik nutqni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan ishlar. 
5.
 
Nutqning motivaqion tomonini kuchaytirish. 
6.
 
Monologik nutqni rivojlantirish. 
  
Nutq  faoliyatining  eng  murakkab  shakllaridan  biri-bog‘lanishli  nutq. 
O‘qilgan    matn      mazmunini    og‘zaki    yoki    yozma    xolda    bayon    etish  – 
bog‘lanishli nutqning asosiy ko‘rinishidir. 
  
Insho  esa  bog‘lanishli  nutqning  yozma  ijodiy  shaklidir.  Bog‘lanishli 
nutqning  bu  ikki  shakli  ham  nutq  o‘stirish,  nutqni  adabiy  so‘zlar  bilan  boyitish, 
hamda bolalarning tafakkurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
  
O‘quvchilar  o‘qilgan  asar  yoki  kuzatilgan  narsa  hamda  voqea  xodisalar 
yuzasidan  berilgan  savollarga  kengaytirib  tuliq  javob  berishga,  javoblarning 
mantiqiy  tomoniga  ahamiyat  berib,  uni  kichik  xikoya  tarzida  ifodalashga,  o‘qilgan 
asar, kuzatilgan buyumlardagi asosiy tomonlarni ajrata bilish va ularni aniq gapirib 


 
127 
bera  olishga  o‘rgangan  bo‘lishlari  kerak.  Bola  aynan  shu  fikrning  o‘zini  boshqa 
so‘zlar  bilan  gapirib  bera  bilish  va  uni  aniq  ifoda  qilish  uchun  zarur  so‘z  va  so‘z 
birikmalari hamda gan tanlash lozimligini tushunishi ona tili dasturining bog‘lanishli 
nutq bo‘limidagi asosiy talablardan biridir. 
  
Birinchi  sinf  o‘quvchilari  dastlab  unchalik  qiyin  bo‘lmagan  matnlarni 
mustaqil  qayta  xikoya  qilish,  rasmlar  seriyasi  yuzasidan  3-4  gapli  xikoya  tuzish, 
keyinroq borib, bir mavzuga qaratilgan mazmunli sujet rasmdagi voqea yuzasidan 3-
4  gap  ishtirokida  xikoya  tuzishga  o‘rganadilar.  Bunday  mashqlar  tobora 
murakkablashib,  bolalarda  asta-sekin  ko‘rganlari  va  o‘z  shaxsiy  xayotiy 
kechinmalari yuzasidan mustaqil gaplar tuzish malakasi shakllantiriladi. 
  
Bunday  mashqlar  vositasida  bolalar  gap  tuzish  va  bayon,  insho  yozishda 
zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni  puxta egallab oladilar. 
Dialogik va monologik nutq. 
  
Kishilarniig  nutqiy  muloqati  ikki  shaklda  amalga  oshiriladi:  dialog-
so‘zlashish  (di-ikki,logos-gapirish),  ya’ni  ikki  va  undan  ortiq  kishilarning  o‘zaro 
suxbati, savol-javob almashishi (savollarga javob berish) va monolog-xikoya,  ya’ni 
tinglovchilarga  bir  kishi(mono-bir,  logos-gapirish)    batavsil  boshidan  oxirigacha  
ma’lumot beradi, gapiradi. 
        Dasturning  so‘zlashuv  nutqiga    va  gapirib  berishga o‘rgatish soxasidagi,  ya’ni 
bog‘lanishli og‘zaki nutkni o‘stirishga qo‘yilgan   talabi,  asosan ukuvchilarni  savol-
javob, qisqa ma’lumotlar berish, kengaytirib gapirib berish, ya’ni dialog va monolog 
monolog  kabi  og‘zakn  nutqning  har  xil  kerakli  shakllaridan  foydalana  olishga 
o‘qrgatishdir.  Dastur  o‘quvchilar  oldiga  "bolalarnn  har  xil    shakldagi  nutqiy 
muloqatga:  kattalar  va  bolalar  bilan  so‘zlashish,  o‘qituvchining  savollariga  javob 
berish,  atrofdagilarga  savol  berish  va  ular  bilan  so‘zlashishga  jalb  qilish  vazifasini 
qo‘yadi.  Keyinchalik  o‘qituvchining  gaplarini  tinglash  va  tushunish,  butun  sinf 
uchun berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, 
suxbatda qatnashishga, o‘rtoqlarining javobini qunt bilan tinglash va savol berishga 
o‘rgatiladi. 


 
128 
  
So‘zlashuv  nutqining  o‘sishida  "Oila",  "Maktab"  "O‘quv  qurollari", 
"Transport" kabi va boshqa dasturda berilgan mavzu buyicha suxbatlarsuxbatlarrolli 
o‘yinlar katta ahamiyatga ega. Bunda suxbatlar, didaktik o‘yinlar,rasm ustida ishlash 
katta ahamiyatga ega. 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish