“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

Kontrol diktant
  
O‘qituvchi  yo‘qlama  qilib  o‘quvchilarning  darsga  xozirligini  ko‘zdan 
kechirgandan  keyin  diktant  o‘tkazishni  eslatadi.  O‘quvchilarning  diqqatini  o‘ziga 
to‘la  jalb  etib,  diktant  uchun  tanlangan  matnni  shoshmasdan,  gaplarning  oxangiga 
kat’iy  rioya  qilgan  holda  bir  marta  o‘qib  beradi.  Matn  o‘qilayotganida 
o‘quvchilarning turli ishlar bilan shug‘ullanishlariga mutlaqo yul qo‘ymasligi shart. 
Matnda ma’no jixatdan qiyin so‘zlar uchrasa, o‘qituvchi bu so‘zlarni doskaga yozadi 
va  ularning  ma’nosini  tushuntiradi  yoki  yozilishiga  qisqacha  izoh  beradi.  Shundan 
keyin  diktantning  sarlavxasi  va  sanani  doskaga  yozadi.  Bu  ishlarning  hammasi 
uchun  taxminan  10-12  minut  vaqt  sarf  etilishi  kerak.  O‘qituvchi  diktovka  kilib 
turadi,  o‘quvchilar  esa  o‘z  daftarlariga  yoki  berilgan  qog‘ozga  yozadilar.  Diktovka 
vaqtida  har  bir  gapning  intonaqiyasiga  to‘liq  rioya  qilishi  zarur.  Lekin  o‘qituvchi 
hech vaqt so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib yoki so‘zma-so‘z diktovka qilmasligi zarur. Har 
bir  gan  yoki  so‘z  birikmasi  ikki-uch  martadan  ortiq  takrorlanmasligi  lozim. 
O‘qituvchining  diktovka  qilish  sur’ati  esa  sinf  o‘quvchilarining  matnni  me’yorda  
yozib  ulgura  olishlarini  hisobga  olgan  holda  bo‘lishi  kerak.  Shuning  uchun 
o‘qituvchi  ma’lum  materialni  o‘tib  bo‘lganidan  keyin,  shy  mavzu  usgida 
o‘quvchilarni  mashq  qildirish  maqsadida  eshitish  diktantidan  foydalansa  (faqat  o‘z 
vaqtida), o‘quvchilarning yozma nutqi yanada rivojlanadi.  
 
  
Kontrol  diktant  o‘quvchilarning  o‘tilgan  mavzularini  qay  darajada 
qzlashtirganliklarini,  orfografiya  qoidalariga  qay  darajada  rioya  qilishini  nazorat 
qilish, tekshirish, sinash hamda ularning savodxon bo‘lishini  ta’minlash maqsadida 
o‘tkaziladi.  Kontrol  diktantni    har    uch    turt    xaftada  bir    marta    dasturdagi  biror 
bulim yoki  katta mavzu   utib bulingandan keyin utkazish ma’kuldir. 


 
114 
  
O‘qituvchi  kontrol  diktant  utkazishdan  bir  necha  kun  avval  matn  tanlaydi, 
tanlangan  matn  o‘quvchilarni  tarbiyalash  uchun  xizmat  qiladigan,  ularni 
qiziktiradigan,  ruhiy  oziq  beradigan  bo‘lishi  kerak.  Tanlangan      matnning    
mazmuni,    so‘z    boyligi    va    xajmi, sintaktik tuzilishi  diktant     o‘tkaziladigan 
sinf     o‘quvchilariniig    bilim saviyasiga qiziqishiga mos    bo‘lishi l ozim.  Bundan 
tashqari,  tanlangan  matn  o‘tilgan  qoida      va      orfrgrammalarni  ,  tinish      belgilarini   
mumkin   qadar  o‘z   ichiga ko‘proq olgan bo‘liish kerak. 
   
O‘tilgan  qoidalarni  uz  ichiga  qamrab  olgan  aloxida-aloxida  gaplar  tanlash 
mumkin.  Lekin  ularda  orfografnyasi  o‘tilmagan  va  notanish  so‘zlar  bo‘lmasligi 
kerak. 
 
O‘quvchilar  kontrol  diktant  yozganda,  ularning  butun  diqqati  har  bir 
qoidaga  jalb  etiladi.  Kontrol  diktantni  o‘tkazishdan  avval  o‘tilgan  materiallarni 
takrorlab  olish  haqida  o‘quvchilarni  ogoxlantirib  qo‘ygan  yaxshi.  Bu 
topshiriq har bir o‘quvchini o‘tilgan qoidalarni qayta-kayta o‘qib chiqishga majbur 
etadi. Kontrol diktantda ta’limiy diktantdagi kabi, so‘zlar soni asta-sekin ko‘payib 
boradi.  Yil boshida o‘tkaziladigan diktantdagi so‘zlar soni oldingi sinf  yil oxirida 
o‘tkazilgan  diktantdagi  so‘zlar  soniga  barobar  bo‘lishi  kerak.  1  va  2  chorak 
boshiga  kelib  matndagi  so‘zlar  soni  shu  sinf  uchun  belgilangan  miqdorga  yetishi 
zarur.            Davlat  ta’lim  standartlari  talablaridan  kelib  chiqqan  xolda  yordamchi 
mehnat  ta’limi  maktabida  o‘quv  yili  oxirida  1-9  sinflarda  har  bir  kontrol 
diktantdagi so‘zlarning soni taxminan quyidagicha bo‘lishi kerak:  
1-sinfda 
savod 
urgatishning 
2-bosqichida 
6-12 
so‘z;  4-bosqchning oxirida 10-14 so‘z. 
 2-sinfda 
o‘quv 
yilining 
birinchi 
yarmida 10-14 so‘z. O‘quv yilining ikkinchi yarmida 17-20 so‘z; 
 3-sinfda 
O‘quv 
yilining 
ikkinchi 
yarmida 
 
20-30 
so‘z
4- sinfning ikkinchi yarmida 30-40 so‘z; 
 4- sinfda 40-50 so‘z va x.k. 


 
115 
  
O‘quvchilar  diktant  yozayotgan  vaktda  o‘qituvchining  sinfda  noo‘rin 
harakat  qilishi  man  etiladi.  Bolalarni  bir-biri  bilan  gaplashishga  yo‘l  qo‘ymaslik 
kerak.  Kontrol  diktant  yozib  bulingach,  o‘qituvchi  1-2  minutdan  so‘ng  matnni 
shoshilmasdan  boshidan  bir  marta  o‘qiydi.  Hamma  o‘quvchilar  o‘z  yozganlarini 
tekshiradi.  O‘qituvchi  matnni  o‘qib  bo‘lganidan  keyin  o‘quvchilarga      uz    ishlarini   
mustaqil    tekshirishlariga    ham      imkon      berish  kerak  va  bunga  3-5    minut  vaqt 
ajratish  kifoyadir.    O‘quvchilar  diktantni  tekshirib  bo‘lganlaridan  so‘ng  o‘qituvchi 
daftarlarni yig‘ib olishi zarur. 
  
Kontrol  dnktantni  oxirgi  soatda,  fizkultura  va  mehnat  darslaridan  keyin 
o‘tkazish tavsiya etilmaydi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish