Qo'shma so'zlar imlosi. Qo'shma fe'l va qo'shma sonlar ajratib yoziladi. Qo'shma so'zlar yozilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) qo'shib yoziladigan qo'shma so'zlar; 2) ajartib yoziladigan qo'shma so'zlar. Birinchi so'zi bir, har, hech olmoshlari bo'lgan qo'shma sonlar doimo ajratib yoziladi. Birpas, biroz kabi ayrim so'zlar bundan mustasno. Qo'shma so'zlarning katta qismi qo'shib yoziladi.
63. Juft so'zlar va ularning imlosi. Ma'nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli ikki asosning qo'shiluvidan tashkil topgan so'zlarga juft so'zlar deyiladi. Juft so'zlar asoslari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Agar juft so'zlar -u, -yu yuklamari bilan bog'lansa, birinchi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: kecha-yu kunduz, past-u baland, osh-u non.
64.
Do'stlaringiz bilan baham: |