Takror so'zlar va ularning imlosi. Bir asosning ikki marta takrorlanishidan hosil bo'lgan so'zlarga takroriy so'zlar deyiladi: gurs-gurs, tez-tez, uzun-uzun, katta-katta.
65. Tilshunoslik va uning bo'limlari. Til o'z ichki tuzilishiga ega. Tilning shu ichki tuzilishidan qaysisini o'rganishga ko'ra tilshunoslik fani ham bir necha bo'limlarga bo'linadi. Tilning tovush tuzilishi fonetika bo'limida, harflar tizimi esa grafika bo'limida o'rganiladi. So'z va uning ma'nolari leksikologiya bo'limida, so'z turkumlari morfologiya bo'limida, gap va gapda so'zlarning bog'lanishi sintaksis bo'limida o'rganiladi. Shunday qilib, tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo'limlarining uzviy bog'liqligidan iboratdir.
66.
Do'stlaringiz bilan baham: |