Undosh tovushlar. O'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ining ma'lum bir joyida yoki bo'g'zida to'siqqa uchrashidan hosil bo'lgan tovushlar undosh tovushlar sanaladi. Tilimizda 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h, ng.
70. Nutq a'zolari. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a'zolariga nutq a'zolari deyiladi. Nutq a'zolariga o'pka, bo'g'iz, tovush paychalari, og'iz bo'shlig'i, til, lablar, tishlar va burun bo'shlig'i kiradi. Qaysi nutq a'zosi ishtirok etishiga ko'ra nutq tovushlari: lab (b, p, m, v, f), til (t, l, s, z, d, sh, j, dj, n, r), til o'rta (y), til orqa (g, k, ng), chuqur til orqa (q, g', x) tovushlari va bo'g'iz (h) tovushi singari guruhlarga bo'linadi.
71.
Do'stlaringiz bilan baham: |