A va o unlilari talaffuzi va imlosi. A, a harfi savob, zamon singari so'zlarda o kabi aytilsa ham, a yoziladi. O, o harfi tonna, noyabr kabi so'zlarda o' kabi aytilsa ham, o yoziladi.
81. Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Adabiy talaffuz va imlo me'yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Qator kelgan unlili so'zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday so'zlardagi qator unlilarni og'zaki nutqda yo bir cho'ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim) yoki qator kelgan unlilar o'rtasiga ayrim undoshlarni qo'shish yo'li bilan tilimizga moshlashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so'zi Farg'onada sohat, Toshkentda sog'at tarzida talaffuz qilinadi.
82.
Do'stlaringiz bilan baham: |