166
Aziz Nesin
o‘qituvchimizga bularning hech qaysisi ma’qul
bo‘lmadi. O‘zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yan
gi pyesa ham tayyor bo‘ldi. Juda ayanchli chiqibdi.
Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini
aytib bera qolay. Xulqi yomon bir bola bo‘ladi. Ota
onasini juda bezor qilib yuboradi. Bola maktab
dan qochadi, ishdan quviladi va yomon yo‘lga
kirib
ketadi. Bu sharmandalikka chiday olmagan ona
olamdan o‘tadi. O‘g‘il otasini qiynab, pul olib yura
di. Bermaydigan bo‘lsa, do‘pposlaydi. Kunlardan
birida u jinoyat ustida qo‘lga tushib, qamalib keta
di. Qamoqdan ancha tuzalib chiqadi. Butun qil
mishlari uchun kechirim so‘ragani to‘g‘ri
otasining
oldiga boradi. «Otajon, meni kechiring, gaplaringiz
ga kirmadim, nasihatlaringizga quloq solmadim,
mana, oqibatda sharmanda bo‘ldim. Endi hamma
siga tushundim. O‘tinaman, meni kechiring!» deb
yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota degan
hamisha o‘g‘ilning gunohidan o‘tadi. Men ham seni
kechirdim, o‘g‘lim.
Parvardigorga iltijo qil, o‘z dar
gohida kechirsin», deb ho‘ngrab yig‘lab yuboradi.
Ammo yuragi buni ko‘tarolmay, yerga yiqiladida,
joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg‘uli edi. Uni o‘qi
yotganimizda sinfda hamma birbir yig‘lab oldi.
– Boshqa biror yengilroq pyesa qo‘yganimiz
ma’qul emasmi, afandim? – deb so‘radim.
O‘qituvchimiz meni qattiq jerkib:
– Bu nima qiliq, Ahmad?! Yana mahmadanalik
qilyapsanmi? – dedi.
Holbuki buni men butunlay boshqa maqsadda
so‘ragandim. Betimizga soqolmo‘ylov
yopishtirib,
katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko‘ra mak
tab hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o‘zimiz
167
«Ona tarbiyasi»
ga mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi,
deb aytmoqchi edim. Ammo maqsadimni tushun
tirolmadim.
Sahnaga soqolmo‘ylov yopishtirib chiqqan bo
lalar xuddi sirkdagi liliputlarga o‘xshab qoladi.
Buni ilgari ham ko‘p ko‘rganman. Katta odamning
rolida chiqqan bola qanchalik yaxshi o‘ynamasin,
baribir zalga kulgi bo‘ladi. U qanchalik jiddiy ga
pirsa, tomoshabinlar shunchalik ko‘p kuladi. Bas,
shunday ekan, birato‘la kulgili asarni ko‘rsatib
qo‘ya qolsak bo‘lmaydimi? Men shuni aytmoqchiy
dim. O‘qituvchimiz koyib bergach, indamay qo‘ya
qoldim. Pyesa besh kishiga mo‘ljallab
yozilgan
ekan.
– Noqobil o‘g‘il rolini sen o‘ynaysan, Ahmad.
O‘ziyam senbop, qotirasan, – dedi o‘qituvchi.
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi.
Hamma o‘z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch
to‘rt marta repetitsiya ham qilib ko‘rdik. So‘nggi
repetitsiya kuni rosa yomg‘ir quydi. O‘zing bilasan,
maktab tomidan yomon chakka o‘tadi. Yomg‘ir naq
sahnaning tepasidan chelaklab quygandek bo‘ldi.
Hamma yoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak,
tog‘ora va kastryullar qo‘yib chiqdik.
Konsert dasturiga bitta xitoycha raqs ham kiri
tishibdi. O‘yinchilar gruppasida men ham bor
ekanman.
Musiqa muallimimiz allaqay
si mak
tabda xitoycha raqsni ko‘rib, diliga tugib qo‘ygan
ekan, shuni o‘ynaydigan bo‘ldik.
– O‘zimizning «Zaybek»ni o‘ynasak bo‘lmaydimi?
– deb so‘radim o‘qituvchidan.
«Qachon konsert bo‘ladigan bo‘lsa nuqul «Zay
bek»ni o‘ynaysizlar, biror yangi narsa ko‘rsatish
ham kerak axir», degan javobni oldim.