YOLG‘ON GAPIRMA
Ahmad!
26fevralda yuborgan xatingga kechikib javob
qaytarayotganim uchun uzr. Bilasanmi, biz hozir
23aprelda bo‘ladigan kechaga tayyorgarlik ko‘ryap
miz. Menga ko‘p narsani yuklab qo‘yishgan. Bir to
mondan, shu kechaning tashvishi, ikkinchi tomon
dan, darslar ham ko‘payib ketdi. Xullas, senga o‘z
vaqtida javob yozolmadim. Lekin Husaynga ikki
enlik xat yubordim. Husaynning boshiga tushgan
kulfatni eshitib, qattiq qayg‘urdim, buni sen orqali
bilganimni aytmasdan, ko‘nglini ko‘tarib qo‘ydim.
162
Aziz Nesin
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan kez
larim qiziqqiziq gaplar bo‘lib o‘tdi. Shulardan biri ni
senga gapirib beray. O‘zi Metinga taalluqli narsa.
Metinning gohgohda dadamga yolg‘on gapirib
qo‘yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda
jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, nasi
hat qiladi.
– Nima qilsang qilginu, lekin yolg‘on gapirmagin,
o‘g‘lim, – deydi dadam bunday paytlarda. – Yolg‘on
ning urug‘i serob bo‘ladi. Arzimagan narsada al
dasang, buni yashirish uchun kattaroq yolg‘on
ni o‘ylab topishga majbur bo‘lasan. Innaykeyin,
sirim oshkor bo‘lmasin deb bundan ham kattaroq
yolg‘onni ishlatasan. Mayda yolg‘ondan hamisha
katta yolg‘on kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor
yolg‘on gapirma, hamisha rostgo‘y bo‘l!
Dadam shunday deb aytadiyu, lekin Metinni
yolg‘on gapirishga o‘zi majbur qiladi. Nega deganda
Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek
bo‘lib ko‘rinadi. Ukam bechora keyin rosa so‘kish
eshitadi. Shuning uchun ham u yolg‘on ishlatib,
dadamning do‘qpo‘pisasidan qutulsam deydi. Le
kin baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadida...
– Dadamga nima deb bahona qilsamikin? – deb
qoldi bir kuni Metin menga termilib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam
Me tinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb
ta yinlaydi. Metin bo‘lsa o‘yin bilan ovora bo‘lib,
nuqul buni esidan chiqaradi. O‘sha kuni ertalab
ishga ketayotib, dadam:
– Ishdan qaytgunimcha sochingni oldirib kel,
bo‘lmasa xafa qilaman, – deb Metinni qattiq koyib
bergan edi.
– To‘g‘risini ayt, vaqtim bo‘lmadi, de. Yolg‘on gapir
sang, baribir mising chiqadi, – deb maslahat berdim.
163
«Ona tarbiyasi»
– To‘g‘risini aytsam, dadam urishib beradilar...
Bergan pulingizni yo‘qotib qo‘ydim, deb aytaymia?
– Esing bormi o‘zi? Bir martayam shunaqa deb
qo‘lga tushgan edingku. Yo‘qotdim degan puling
yoningdan chiquvdi.
– Kitob oldim, desammikana?
– Rostini aytaver yaxshisi.
– Yoki sartaroshxonada odam ko‘p ekan, navbat
tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o‘zining ham ko‘ngli to‘l
madi.
Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. O‘sha
kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga
kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko‘rmagan
ekan, sog‘inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong‘i
tushdi hamki, dadamdan darak bo‘lmadi.
– Birpas o‘tiringlar, hali zamon kelib qoladi, –
deb oyim mehmonlarni gapga solib o‘tirdi. Ammo
dadamdan darak bo‘lavermagach, oyimning o‘zi
xavotirga tushdi.
– Bunaqa odati yo‘q edi. Namuncha kech qoldiy
kina?
– Kim biladi, balki ishpishi chiqib qolgandir, –
dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
– Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt
o‘tdi. Metin ham o‘rniga kirib yotdi. Mehmon
lar endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik
taqillab qoldi.
– Ana, keldi! – dedi oyim sapchib o‘rnidan turib.
– Biz bekinib olamiz, ko‘rib hayron bo‘ladi, – de
ganicha mehmonlar yugurib narigi xonaga kirib
olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
– Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o‘zi? Rosa
xavotir oldikku.
164
Aziz Nesin
– Ziyobey kasal ekan. Ko‘rib kelyapman, – dedi
dabdurustdan dadam.
– Shundaymi? Namuncha qolib ketding bo‘lmasa?
– Og‘ir yotgan ekan. Oldida birpas o‘tirdim.
– Voy boyoqishey! Ishqilib sog‘ayib ketsinda!
Dadam yana bir nima demoqchi bo‘lib endi og‘iz
juftlagan ham ediki, qo‘shni xonadan chiqib ke
layotgan Ziyobey bilan xotiniga ko‘zi tushdi. Da
dam nima deyishini bilolmay qoldi. Oxiri:
– Iyaiyaiya... O‘zlari ham shu yerda ekanlarda!
– deb yubordi.
– Senga bir kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ymoq
chi bo‘luvdik!
– Chindan ham bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, –
dedi oyim jilmayib.
Hammalari dasturxonga o‘tirishdi.
– Metin uxlab qoldimi? – so‘radi dadam saldan
keyin.
– Ha, uxlab qoldi, – dedim shoshapisha. – O‘zi
yam bahona topaman deb rosa charchadi. Sochini
bugun ham oldirgani yo‘q. Esidan chiqibdi. To‘g‘ri-
sini aytsam, urushib beradilar, deb sizga yolg‘on
gapirmoqchi bo‘lib turgan edi.
Dadam o‘shqirib berdi.
– Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutulib qoldi. Ah
mad, teztez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni qa
bul qilgaysan.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 16-mart, 1964-yil
165
«Ona tarbiyasi»
Do'stlaringiz bilan baham: |