169
«Ona tarbiyasi»
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz ta
kapuka bo‘lib, parda orqasidan zalga mo‘ralaymiz.
Tumonat odam yig‘ilgan. Biz sahnada saf tortib tu
ribmiz. Hammasi bo‘lib ellik bolamiz. Sinflarimiz
ham har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik
marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga
o‘tdi. Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari «Bugun
– yigirma uchinchi aprel» degan qo‘shiqni bosh
lab yuborishdi. Qo‘shiq tugagach, zalda qarsaklar
yangrab ketdi.
Keyingi aytilgan qo‘shiq musiqa o‘qituvchisiga
sira ma’qul bo‘lmadi.
– Bu qanday o‘zboshimchalik?
Nima qilib
qo‘ydinglar?! Qo‘shiqni ikki kishi ijro etishi kerak,
deb aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaringku!
– deb koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko‘ta
rib sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor
yubka bilan kalta ko‘ylak. Biz ham qizlar bilan
oldinmaketin sahnaga chiqdik. Qoshko‘zimiz
ga qozonkuya surtib, labimizning tepasiga qora
mo‘ylov qo‘ndirib olganmiz.
Musiqa o‘qituvchimiz pianinoni boshlab yubor
di. Likopcha
ushlagan qizlar goh egilib, goh turib
oramizdan o‘tib yurishibdi. Shu o‘rtada to‘sat
dan bir falokat yuz berdi. O‘qituvchining pandu
nasihatlari paqqos yodimdan ko‘tarilib, sakrab
yuboribman shekilli, chirigan pol taxtasining ora
si ochilib, o‘yinchi qizlardan
birining etagini qisib
oldi. Biz o‘libqutulib muqom qilyapmizu, u bo‘lsa
etagini tortish bilan ovora. Yana bir sakrab ko‘ray
chi zora boyoqishning etagi chiqsa, degan xa
yolda oldiga kelib bir irg‘ib tushdim. Polning og‘zi
170
Aziz Nesin
och ilishga ochildiyu, ammo raqqosamiz yubkasini
tortib ololmadi. Bechora jonjahdi bilan bir silkin
gan edi, shir etib yubkasi tushib ketdi. Bo‘ldi kulgi,
bo‘ldi kulgi.
– Parda! Pardani yopinglar! – deb qichqirdi mu
siqa o‘qituvchimiz sahna ortidan turib.
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi.
Shundan keyin turli raqslar o‘ynaldi, qo‘shiqlar
aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi.
O‘qituvchilarimizning o‘zi bizni grim qilib chiqdi.
Mine oyisining eski kiyimboshini kiyib olgan edi,
naq liliput kampirning o‘zi bo‘ldiqoldi. O‘qituvchi
burnimning tagiga quyuq
qilib yelim yopishtirgach,
ketmonning sopidek yo‘g‘on mo‘ylovni qo‘ndirib
qo‘ydi. Yelimning kuchi yetmay mo‘ylov tushib ketdi.
Ustoz yana bir enlik yelim surtib qo‘ygan edi,
mo‘ylovim joyiga tushdi. Damirning ikki betini
yelimlab, ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida
chiqqanidan keyin sochsoqoli oppoq bo‘lishi ke
rak edida. Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt
o‘qituvchimiz to‘satdan:
– Damir juda yosh ko‘rinyapti. Ko‘zoynak
taqib
olmasa bo‘lmaydi, – deb qoldi.
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo‘lgani
yo‘q edi. Shu tobda qayoqdan ko‘zoynak topib
bo‘ladi? Xayriyat, direktor jonimizga ora kirdi.
Ko‘zoynagini olib, Damirga berdi.
– Lekin ehtiyot bo‘l, tag‘in sindiribnetib qo‘yma.
Agar shu bo‘lmasa, hech narsani ko‘zim ko‘rmaydi,
– dedi u Damirni ogohlantirib.
Ko‘zoynak Damirni xuddi mitti cholning o‘zi qilib
qo‘ydi.
– Voybo‘, ko‘zim qamashib ketyaptiku, hech
narsani ko‘rmayapman, – nolib qoldi Damir.