YOMON ODAT
Qadrdon do‘stim Ahmad!
Xatga qo‘shib yuborgan rasmingni oldim.
Qan
chalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh
o‘rtoqlarimning hammasini yana bir ko‘rganday
bo‘ldim.
Suratda yoningda turgan qiz Mine bo‘lsa kerak.
Husayn uni to‘sib olibdi, zo‘rg‘a tanidim. Yashar
bo‘lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o‘tib
olibdi. Shu suratni yuborib, zap ish qilibsanda.
Juda xursand bo‘ldim. Ammo rasmdan Damirni
topolmadim. Har holda suratga tushmagan bo‘lsa
kerak, yangi o‘qituvchingiz ancha yoshga borib
qolgan odam ekan, ko‘rinib turibdi.
Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bi
lan birga tushganmiz. Qo‘shni bola o‘zining appa
ratida olgan edi.
150
Aziz Nesin
Mana shu hafta men uchun og‘ir keldi – quruq
tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo‘lmagan
holda badnom bo‘ldim. Aslidaku, mendan ham
o‘tgan joyi bora, lekin...
Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit.
O‘qituvchimiz birovdan yozma ishni ko‘chirib
olgan yoki shpargalka ishlatgan bolalarni juda
yomon ko‘radi. Ko‘chirmachilik – yaxshi o‘qiyot
gan o‘rtoqqa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi
butun odam bu ishni qilmasligi kerak, ko‘chir
machilik mug‘ambirlarga xos narsa ekan.
Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko‘chirib
yozish yomon odat, bu bilan o‘qituvchini emas,
o‘zingni aldaysan, deydilar.
Dadam jo‘ralari bilan yig‘ilib qolishsa, nuqul
maktab yillarini eslab o‘tirishadi. Yaqinda yana
shunday bo‘ldi. O‘sha kuni buvam ham biznikida
edilar. Ulfatlar o‘qish yillarini eslab o‘tirishgan edi,
Nurton baqaloqning dadasi to‘satdan:
– Hov, esingizdami, algebra o‘qituvchisi Sabribey
bo‘lardi. O‘shaning etagiga boplab shpargalka osib
qo‘yuvdika? – deb qoldi.
– Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, –
yalindi xotini.
– Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirar
di. O‘zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Im
tihonda yuragimizni hovuchlab o‘tirardik. Juda jo
hil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda
hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mar
di hali tug‘ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Biz
ga imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda
o‘tirmas, nuqul oldimizda o‘ralashib yurardi. Bir
kuni imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola...
– Najdod so‘takmidi o‘sha? – uning gapini bo‘ldi
dadam.
151
«Ona tarbiyasi»
– Balli, Najdod so‘tak qiluvdi bu ishni. Hozir qa
yergayam elchi bo‘lib ketgan. O‘sha Najdod ma
salaning tayyor javobini kitobdan ko‘chirib, kal
Sabrining orqa etagiga qadab qo‘ydi. Orqasida
bir parcha qog‘oz osilib yotganidan kal Sabrining
mutlaqo xabari yo‘q. Bolalarning hammasi ishga
tushib ketdi.
Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasi
ga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi.
Shuning uchun orqasidagi qog‘ozdan bor narsani
ko‘chirib olish xiyla mushkul bo‘ldi. Buning ham
yo‘lini topdik, birortamiz uni gapga chalg‘itib tura
mizda, boshqalar ko‘chirib oladi. Mening ishim
yurishmay qoldi – endi ko‘chira boshlaganim
da qimirlab qoladi. Oxiri uyoqbuyoqqa jilpang
lab, Sabribeyda shubha tug‘dirdim. Meni qo‘lga
tushirmoqchi bo‘ldi shekilli, tepamga kelib, hech
narsa bilmagan kishiday orqasini o‘girib turaverdi.
Men ham boplab ko‘chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog‘ozini topshirib, birinke
tin chiqib ketishdi. Qo‘ng‘iroq chalingach, qolgan
lar ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sab
ribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo‘yish hech
qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma
ishlarni yig‘ishtirib olgach, orqasidagi qog‘ozni li
killatib to‘g‘ri o‘qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq
ko‘ngil odam ekan, ko‘p yalinishganidan keyin bo
lalardan qayta imtihon olibdi.
– Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab
qo‘lga tushirgan edika? – dedi ulfatlardan yana biri.
Usmon qassob deganlari tarix o‘qituvchisi ekan.
Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o‘tirar
kanu, ammo ko‘zi xuddi o‘tkir projektorga o‘xshar
152
Do'stlaringiz bilan baham: |