Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

«Ona tarbiyasi»
Sal o‘tmay dadamning:
– Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir 
qildingiz­da, taqsir... Qani, qani, ichkariga marha­
mat qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, – 
degan ovozi keldi.
Yo‘lakka chiqdim. Dadam mehmonning palto 
bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo‘ydi. Bundoq qa­
rasam, dadamning xo‘jayini sirayam men o‘ylagan 
devga o‘xshamas ekan. Kichkinagina, xushtabi­
at odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay 
yurganiga, hozir bo‘lsa atrofida bunchalik ayla nib-
o‘rgilishiga tushunolmay hayron bo‘ldim.
Fato‘sh mehmonning qo‘lidan o‘pib salomlashdi. 
Men u bilan qo‘l berib so‘rashgan edim, dadam:
– Amakingning qo‘lini o‘pmaysanmi, o‘g‘lim, – 
deb qoldi. Noiloj o‘pishga majbur bo‘ldim.
Dadam xo‘jayini bilan gapga tushib ketishdi. 
Saldan keyin oyim ularni dasturxonga taklif qildi.
– Yo‘q, ovora bo‘lmang, ovqatga turmayman, – 
deb mehmon uzr so‘radi.
Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri 
tipirchilab yurgan bo‘lsa­yu, bu kishi ketaman deb 
turib olsa! Lekin dadam bo‘sh kelmadi – xo‘jayinini 
bilagidan tortib, zo‘rlab dasturxonga o‘tqazdi.
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men 
ham o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Yuragim po‘killab 
ura boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlar­
ga suv quyib uzat, deb buyurgan edi, qo‘limdagi 
 grafinni dasturxonga to‘kib yubordim. Dadam:
– Kap­katta yigit bo‘lib qolgan bo‘lsang ham, 
haligacha suv quyishni bilmaysan­a, – deb koyib 
berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo‘lib, o‘ziyam 
salat to‘la laganchani ag‘darib yubordi.
– Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? – mehmon­
dan so‘radi oyim shosha­pisha uning oldiga kelib.


146
Aziz Nesin
Tarki odat – amrimahol, degandek Fato‘sh yana 
sho‘rvasini to‘kib yubordi. Oyim uni urishib ber­
gan edi, bechora:
– Axir o‘zingiz turtib yubordingiz­ku, – deb uv­
vos tortdi.
– Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber, 
deb aytdim­ku senga, – jerkib tashladi dadam.
– Yum og‘zingni, mehmonning oldida yig‘lasa 
ayb bo‘ladi.
Oyim buni sekin gapirgan bo‘lsayam, ham­
mamiz eshitdik. Fato‘sh mehmon oldida yig‘lab 
bo‘lmasligini tushunib, darrov jim bo‘ldi­yu, ammo 
anchagacha o‘pkasini bosolmay hiqillab o‘tirdi.
Oyim hammaning likopchasiga go‘sht solib ber­
moqchi bo‘ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo 
o‘zi dadamga o‘girilib, nimanidir tushuntirayotgan 
edi. Oyim katta qoshiqdagi bir bo‘lak go‘shtni endi 
solaman deganida u likopchani toprib oldi. Go‘sht 
shalop etib stoldagi murabboga tushdi.
– Voy sho‘rim, nima qilib qo‘ydim! – chinqirib 
yubordi oyim.
Hammamiz esankirab qolganimizdan stol 
ayqash­uyqash bo‘lib ketdi.
Dadam boyadan beri tuzning o‘rniga ovqatiga 
qalampir sepib o‘tirgan ekan, birdan buni payqab 
qolib, fig‘oni oshdi:
– Tuzliq qani? Qirg‘in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning 
o‘rniga dadamga gorchitsani uzatib yubordi. Dar­
hol stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib 
qattiq silkitib yuborgan edi, qopqog‘i bilan ichidagi 
hamma tuzi oshga tushdi.
Bora­bora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir 
payt u hech narsadan hech narsa yo‘q, mehmonga 
qarab:


147
«Ona tarbiyasi»
– Qalay yuribsiz, afandim?– deb qolsa bo‘ladimi!
– Labbay, xonim? – hayron bo‘ldi mehmon. Oyim 
sal o‘ziga keldi.
– Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga?
– Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, juda shirin bo‘pti. 
To‘satdan Fato‘sh:
– Oyi, tomog‘imga bir nima tiqilib qoldi, – deb 
yubordi.
Oyim bir qo‘li bilan uni orqasiga urib, ikkinchisi­
da suv uzatdi.
Dadam bizga pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi esa 
chap qo‘lda turishi kerak, deb tayinlab qo‘ygan edi. 
Lekin nechog‘lik harakat qilmay, hecham uddasi­
dan chiqolmadim. Oxiri o‘zimga o‘ng‘ayini qildim 
– sanchqini o‘ng qo‘lga olib, ovqatimni yeyaverdim. 
Dadam o‘zi aytganday qilib pichoqni o‘ng, sanchqi 
esa chap qo‘lda tutgan holda likopchasidagi go‘sht­
ni kesmoqchi bo‘ldi. Go‘sht pichoqdan qochdi she­
killi, bir sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib 
oldi. Lekin haliyam o‘zim durust ekanman – ovqat 
paytida ko‘pam xijolat bo‘lganim yo‘q. Dastur xondan 
turayotib, bu mashmashaning tugaganiga xursand 
bo‘lganimdan chuqur uh tortib qo‘ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o‘tirgan 
edi, to‘satdan menga o‘girilib:
– Nechanchi sinfda o‘qiysan, jiyan? – deb so‘rab 
qoldi.
– Afandim, beshinchida o‘qiyman, afandim, – 
deb tutilmay javob berdim.
«Afandim» so‘zini tirkab, oyim bilan dadamni 
rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab 
qo‘ydim. Jilmayib o‘tirishgan ekan.
– Xo‘sh, necha yoshdasan?
– Afandim, o‘n birga chiqdim, afandim.


148
Aziz Nesin
– Katta bo‘lganda kim bo‘lmoqchisan?
– Afandim, yozuvchi bo‘laman, afandim.
– Barakallo...
Oyimning labi qimirlagandek bo‘ldi. Rahmat 
aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini 
payqadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan 
edi, shartta gaplarini bo‘ldim.
– Afandim, rahmat, afandim.
Mehmon o‘rinsiz tashakkurning sababini 
 tushunolmadi. Biroz o‘ylanib turgach: «Arzimaydi», 
deb qo‘ydi.
Fato‘shning antiqa ishlari haqida senga ol­
din ham yozgan edim. O‘sha kuni u yana hunar 
ko‘rsatdi.
Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig‘ishtirib 
olayotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi. 
Fato‘sh darrov uni yerdan olib stolga qo‘ydi.
– Yerga tushgan narsani hozir yeb bo‘lmaydi­a, 
oyi? – dedi u oyimga qarab. – Mehmon ketgandan 
keyin o‘zim yeyman.
Fato‘shning bema’ni gapini eshittirmaslik uchun­
mi yoki uning tilini tiyib qo‘ymoqchi bo‘libmi, har 
holda dadam ikki­uch marta qattiq yo‘talib qo‘ydi.
– Mehmonning oldida yo‘talganda og‘izga qo‘l 
tutib turish kerak, dada, – dedi Fato‘sh yana bi­
lag‘onlik qilib.
– Ha, Fato‘sh! Nima deyapsan o‘zing? – arang 
jilmaydi dadam.
Singlim yana aql o‘rgatdi.
– Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo‘lmaydi, 
dada. Ayb bo‘ladi.
Mehmon o‘rnidan turdi. Dadam bilan oyim uni 
mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo‘nab ket­
gach, uyga qaytib kirishdi.


149
«Ona tarbiyasi»
– Uh, meni sharmanda qildilaring! – dedi dadam 
xunobi oshib.
– Men senlarga tayinlab aytgan edim­ku, axir!– 
unga qo‘shildi oyim.
Fato‘sh hayron bo‘ldi.
– Axir men mehmonning oldida nonni butuni­
cha yemadim­ku?
O‘sha kuni kechgacha o‘zimizni qo‘yarga joy to­
polmay yurdik.
Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yubor­
yapman. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan ke­
yin kelgan yangi o‘qituvchi ham shu yerda bor.
Senga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Ahmad Tarbay,  
Istanbul, 10-fevral, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish