177
«Ona tarbiyasi»
Bordiyu, omadimiz kelmasa, u holda yopig‘lik qo
zon yopig‘ligicha qolaveradi. Hech kim buni yuzi
mizga sololmaydi.
Javobingni kutaman.
Hurmat ila sinfdoshing:
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 25-aprel, 1964-yil
MARRA SENIKI
Aziz do‘stim Ahmad!
Hozirgina xatingni oldim. Darhol javob
yozishga
o‘tirdim. Aytganingdek hamma xatlaringni
senga
banderol qilib jo‘nataman.
Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Ro
ziman. Ko‘nglingga kelmasinu, lekin bundan bir ish
chiqishiga ko‘zim yetmay turibdi. Sababini aytay
mi?
Gap shundaki, biz o‘z maktublari mizda katta
odamlarni, otaonalarimiz va o‘qituvchilarimizni bir
g‘alvirdan o‘tkazib ko‘rdik. Endi buyog‘ini so‘rasang,
konkursga kelgan romanlarni o‘qib, hukm chiqa
radigan ham shularning o‘zi. O‘zlari haqida yozilgan
romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay
man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb bizga o‘cha
kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa,
romanni
konkursga yuborayotganingda ism va manzillari
mizni yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun
ismlarimizni o‘zgartirib, xatlarning ostiga bittadan
taxallus qo‘ygan ma’qul. Meniki Zaynab bo‘lsin. Sen
ham birorta ism topib qo‘y.
Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoq
chi emasman. Birbirimizga yozgan xatlarimizni
to‘plasak, bitta roman bo‘lishiga imonim komil.
Mayli, bularni konkursga jo‘nat. G‘olib chiqmasak,
o‘zimizga tan. Biz hech narsa yo‘qotmaymiz.
178
Aziz Nesin
Bundan ikkiuch kun oldin ba’zi
xatlaringni
yana bir o‘qib ko‘rgandim. Bilishimcha, kattalarni
kuzatish bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketib
miz. Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan...
Ehtimol, meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz
yaxlit bir holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat
oshkor bo‘ladi. Ochig‘i, ko‘rgan va eshitgan narsa
larimizni ba’zan oshirib ham yuborgan ekanmiz...
Konkursning jyuri a’zolari katta yoshdagi odam
lardan emas, balki bolalardan iborat bo‘lganida
biz biror mukofotga ilinib qolardik, deb o‘ylayman.
Ammo shunday bo‘lsa ham, bizning bir yutuq to
monimiz bor. Men bolalar uchun yozilgan ba’zi ro
manlarni beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o‘sha
siyqa gaplar: qishloqda tug‘ilgan qashshoq bola qiy
nalib o‘qiydi, sayohatga chiqqan bolalar ajabtovur
savdolarga qoladi yoki kambag‘al
oilaning farzandi
bemor yotgan onasiga qarashish uchun ishga kirib
ketadi. Xullas, pandu nasihat bilan tugaydigan
kitoblar. Bizniki esa bularga sira o‘xshamaydi.
Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga
buning hech ahamiyati yo‘q. Baribir birinchi o‘rin
ni olgan bo‘lasan: zotan, sen ham ota bo‘lganing
da hammaga o‘xshab farzandlaringga shu gapni
aytasan (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni
konkursga yubora ko‘rma).
Senga tasalli berib o‘tirmayman. Roman uchun
mukofot olmasak, ko‘pam qayg‘urib yurma. Katta
bo‘lsam yozuvchi bo‘laman, deb yurarding. Xatlar
ni o‘shanda bir kitob qilib chiqararsan.
Senga chin yurakdan omad tilayman.
Mendan
hamma o‘rtoqlarga salom.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 27-aprel, 1964-yil