162
Aziz Nesin
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan kez
larim qiziqqiziq gaplar bo‘lib o‘tdi.
Shulardan biri ni
senga gapirib beray. O‘zi Metinga taalluqli narsa.
Metinning gohgohda dadamga yolg‘on gapirib
qo‘yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda
jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, nasi
hat qiladi.
– Nima qilsang qilginu, lekin yolg‘on gapirmagin,
o‘g‘lim, – deydi dadam bunday paytlarda. – Yolg‘on
ning urug‘i serob bo‘ladi. Arzimagan narsada al
dasang, buni yashirish uchun kattaroq yolg‘on
ni o‘ylab topishga majbur bo‘lasan. Innaykeyin,
sirim oshkor bo‘lmasin
deb bundan ham kattaroq
yolg‘onni ishlatasan. Mayda yolg‘ondan hamisha
katta yolg‘on kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor
yolg‘on gapirma, hamisha rostgo‘y bo‘l!
Dadam shunday deb aytadiyu, lekin Metinni
yolg‘on gapirishga o‘zi majbur qiladi. Nega deganda
Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek
bo‘lib ko‘rinadi. Ukam bechora keyin rosa so‘kish
eshitadi. Shuning uchun ham u yolg‘on ishlatib,
dadamning do‘qpo‘pisasidan qutulsam deydi. Le
kin
baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadida...
– Dadamga nima deb bahona qilsamikin? – deb
qoldi bir kuni Metin menga termilib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam
Me tinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb
ta yinlaydi. Metin bo‘lsa o‘yin bilan ovora bo‘lib,
nuqul buni esidan chiqaradi. O‘sha kuni ertalab
ishga ketayotib, dadam:
– Ishdan qaytgunimcha
sochingni oldirib kel,
bo‘lmasa xafa qilaman, – deb Metinni qattiq koyib
bergan edi.
– To‘g‘risini ayt, vaqtim bo‘lmadi, de. Yolg‘on gapir
sang, baribir mising chiqadi, – deb maslahat berdim.
163
«Ona tarbiyasi»
– To‘g‘risini aytsam, dadam urishib beradilar...
Bergan pulingizni yo‘qotib qo‘ydim, deb aytaymia?
– Esing bormi o‘zi? Bir martayam shunaqa deb
qo‘lga tushgan edingku. Yo‘qotdim degan puling
yoningdan chiquvdi.
–
Kitob oldim, desammikana?
– Rostini aytaver yaxshisi.
– Yoki sartaroshxonada odam ko‘p ekan, navbat
tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o‘zining ham ko‘ngli to‘l
madi.
Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. O‘sha
kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga
kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko‘rmagan
ekan, sog‘inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong‘i
tushdi hamki, dadamdan darak bo‘lmadi.
– Birpas o‘tiringlar, hali zamon kelib qoladi, –
deb oyim mehmonlarni gapga solib o‘tirdi. Ammo
dadamdan darak bo‘lavermagach, oyimning o‘zi
xavotirga tushdi.
– Bunaqa odati yo‘q edi. Namuncha kech qoldiy
kina?
– Kim biladi, balki ishpishi chiqib qolgandir, –
dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
–
Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt
o‘tdi. Metin ham o‘rniga kirib yotdi. Mehmon
lar endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik
taqillab qoldi.
– Ana, keldi! – dedi oyim sapchib o‘rnidan turib.
– Biz bekinib olamiz, ko‘rib hayron bo‘ladi, – de
ganicha mehmonlar
yugurib narigi xonaga kirib
olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
– Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o‘zi? Rosa
xavotir oldikku.